Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə40/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Sakrash mashqlariKatta maktabgacha yoshida sakrashga oid mashqlar
anchagina ko’payadi. Erdan anchagina kuchli itarilish, ko’lni shiddat bilan silkish, yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida juda yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.Katta guruh bolalari beriladigan yuklamalarni bemalol uddalaydilar, bu o’rinda mashqlar miqdorini ham oshirish mumkin, biroq mashqlarning bajarilish sifatiga e’tiborni ko’proq qaratish lozim. Joyida turib yoki oldinga siljib ikki oyoqda sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, kalta arg’amchadan joyida turib uzunlikka
sakrash ham o’rgatilib boriladi.
Uloqtirish mashqlari. Olti yoshga qadam qo’ygan bolalar harakatlarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladilar, bu turli topshiriqlarni o’zlashtirib olishiga yordam beradi: nishonga aniq tekkiza oladi, qo’lini shiddat bilan harakatlantirib, to’g’ri dastlabki holatni egallab, to’pni uzoqqa ota oladi. To’p tashlab berishda, to’pni olish va ilib olishda fazoda va vaqtda to’g’ri mo’ljal ola ilish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiyachining ko’rsatmalarini to’g’ri idrok etish xosdir va ular mashqlarni o’z imkoniyatlariga mos ravishda bajaradilar to’pni uzoqroqqa tashlab bera oladilar, uchib kelayotgan to’pga tomon gavda holatini o’zgartirib, qo’llarini cho’za oladilar, bular harakatlar muvofiqlashuvining anchagina takomillashganidan dalolat beradi.

12- Mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari.
Mavzu rejasi:
1. Umumrivojlantiruvchi mshqalar va ularning guruhlari.Mashg’ulotlarda umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish.
2. Dastlabki holatlar.


Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog’lomlashishida muhim rol o’yneydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo’g’imlarning harakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.Umumrivojlantiruvchi mashqlarning vazifasi to’g’ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch harakat apparatini mustahkamlanish va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari,asab tizimi faoliyatini yaxshilahdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motorv markazlari ishini faollashtiradi;tezkorlik;chaqqonlik;kuchlar nisbati;chidamlilik;egiluvchanlilik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi,ijobiy-emotsional kayfiyat uyg’otadi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə