Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo‘linadi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə41/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo‘linadi:

1.Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.


2.Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
3.Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
Ular butun organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muhim rol o‘ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul a’zolarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo‘g‘imlarning harakatchan bo‘lishiga, muskullar taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllantirish, butun tayanch-harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish protsesslari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, kishida ijobiy – emotsional kayfiyat uyg‘otadi. Muayyan izchillikda beriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar butun organizmni asta-sekin faoliyat holatiga jalb etishga, uning umumiy hayotiy faoliyatiga yordam beradigan funksional jarayonlarni kuchaytirishga qaratilgandir. Mashqlarning birinchi guruhi yelka kamari va qo‘l muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Ular ko‘krak qafasining nafas olish ko‘lamani kengaytirish va oshirishga yordam beradi: diafragmani qovurg‘alararo muskullar- 103 ni butun nafas olish muskulaturasini mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, orqa muskullarni mustahkamlaydi, umurtqani rostlaydi, yurak muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, yurak qisqarishlari ritmini optimallashtiradi. Mashqlarning ikkinchi guruhi gavda, orqa muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Bu mashqlar qaddi-qomatning to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o‘ngga, chapga burilishda, shuningdek, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi. So‘nggi mashqning asosiy vazi- fasi o‘tirganda oyoqni chalishtirib, chordana qurib o‘tirib yoki oyoqlarni kerib o‘tirib (harakatsiz holat) gavdani aylantirayot- ganda tos holatini mustahkamlashdan iboratdir. Mashqlarning uchinchi guruhi oyoq va qorin muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangandir. Ular ichki organlarni intensiv harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar va hokazo) paytida chayqalishdan saqlaydigan qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga sha patilash, yarim cho‘qqayish, cho‘qqayish va hokazo). Shunday qilib, foydalaniladigan mashqlar majmuyi bolalar organizmiga har tomonlama mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga aniqlik, zukkolik, muayyan alohidalik va ayni paytda, yaxlitlik talab qiluvchi umumrivojlantiruvchi mashqlar diqqat, iroda, maqsadga yo‘nalganlik, to‘xtab qolish reaksiyalari, o‘z harakatini butun bolalar jamoasi harakati bilan muvofiqlashtira olish, fazoda mo‘ljal ola bilishni tarbiyalaydi. Har bir harakat dastlabki holatdan: gavdaning to‘g‘ri holati (tik turgan), o‘tirgan, yotgan holatlardan hamda oyoq va qo‘llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi. Tik turgan holatda oyoqlar uchun dastlabki holat: asosiy tik turish – tovonlar birlashtiriladi, oyoq uchlari keriladi (katta guruhlar). Bu holatdan quyidagi paytlarda foydalaniladi: mashq oldidan va oxirida (ba’zan oyoq uchlarida ko‘tarilib); yarim cho‘qqayishda va to‘la cho‘qqayishda (orqa rostlanadi, tizzalar yon tomonlarga keriladi, tovonlar biroz ko‘tariladi); oyoqlarni ko‘tarish va tizzadan bukishda: oyoqlarni oldinga, chapga, o‘ngga, orqaga uzatishda. Oyoqlarni biroz kerib turish – oyoqlar keriladi (oyoq yuzasi, qadam kengligida), oyoq uchlari biroz yoyilgan; oyoqlarni kerib turish (yelka kengligida) oyoq uchlari biroz kerilgan; oyoqlarni juftlab turish oyoq uchlari va tovonlar birga qo‘yiladi. Bu holatdan cho‘qqayib o‘tirishda foydalaniladi; oyoqlarni chalishtirib turish – birinchi oyoq ikkinchisining oldida, tovonlar parallel qo‘yiladi; tizzalarda turish – tizzalar, boldirlar, oyoq uchlari polga tayanib turadi, oyoq uchlari yoziladi – bu holatdan burilishlar, tovonga o‘tirishda foydalaniladi; oyoql arni biroz kerib oyoq yuzasi kengligida qo‘yib, oyoq yuzasi biroz yon tomonlarga, biroq ichkariga qaratmasdan turish. Bu holatdan kichik guruhlarda foydalaniladi. Tik turganda qo‘llarning dastlabki holatlari; qo‘llar pastga, gavda yonlariga tushuriladi, kaftlar gavdaga qarab turadi; qo‘llar oldinga yuqoriga ko‘tarilgan, barmoqlar musht qilingan, kaftlar bir-biriga qaratilgan; qo‘llar yon tomonlarga uzatilgan, kaftlar pastga yoki oldinga qaratilgan; qo‘llar belda to‘rt barmoq oldinga, pastga, tirsak va yelkalar orqaga tortilgan; qo‘llar ko‘proq oldinga – tirsaklar yelka balandligida, kaftlar pastga qaragan; qo‘llar bosh orqasida – tirsaklar orqaga olingan, barmoqlar ensaga tekkizilgan holda oldinga qaratilgan; qo‘llar oldinda, panjalar musht qilingan, bir qo‘l ikkinchisi ustiga qo‘yilgan; qo‘llar orqada, orqaga tekkan holda, bukilgan qo‘llar bilaklarga chirmashgan; qo‘llar orqada, panjalar “qulf” holida chalishtirilgan yoki biri ikkinchisi ustiga qo‘yilgan. O‘tirgandagi dastlabki holatlar: oyoqlar oldinda, juftlashtirilgan, oyoq uchlari biroz kerilgan, oyoqlar kerilgan holda to‘g‘ri qo‘yilgan; oyoqlar tizzalarda bukilgan, oyoq kafti polga qo‘yilgan; oyoqlar chalishtirilgan, qo‘llar holati mashqlar mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Yotgandagi dastlabki holatlar: chalqancha yotiladi – rostlangan oyoqlar bukiladi, oyoq uchlari biroz kerilib, uzatiladi, qo‘llar gavda yonida, kaftlar pastga qaragan bo‘ladi; qorin bilan yotganda – rostlangan oyoqlar bukiladi, tirsakdan 105 bukilgan qo‘llar polga tayanadi, kaftlar oldinda (biri ikkinchisi ustida) yoki kaftlarga tayanib gavda biroz ko‘tariladi; o‘ng yoki chap tomon bilan yotgan holda bir tomonga tayanib rostlangan oyoqlar yig‘iladi, qo‘llar yuqoriga uzatiladi. Nafas olish. Bolada ko‘krak qafasi tuzilishidagi mavjud yosh xususiyatlari asorati (qovurg‘aning biroz og‘ishi yuqorida turuv- chi diafragma) tufayli nafas olish chuqur bo‘lmaydi. Jismoniy mashqlar ko‘krak qafasi harakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o‘pkaning hayotiy ko‘lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan to‘yinishiga yordam beradi. Ular yurak-qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtiradi, organizmning energiya bilan ta’minlanishini kuchaytiradi va shu asnoda uning ish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun bolaning to‘g‘ri nafas olishi barcha mashqlarni bajarishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalarni harakat fazasini nafas olish fazasi bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borish va shu asnoda nafas olish apparati ishini takomillashtirishga o‘rgatish lozim. Bolalar bog‘chasi tarbiyachisi turli mashqlardagi to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarish paytlarini aniq tasavvur qilishi shart. Yelka kamari muskullarini rivojlantirish mashqlaridagi nafas olish qo‘llarini yon tomonga, orqaga uzatgan, yelkadan kengroq qilib yuqoriga ko‘targan chog‘dagi ko‘krak qafasining kengayishiga to‘g‘ri keladi; nafas chiqarish esa ko‘krak qafasining qo‘llarni pastga tushirgan, oldinga o‘tkazib chapak chalgan holdagi qisqarishi bilan bog‘liqdar. Oyoq va qorin muskullarini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish – oyoqlarni rostlash, nafas chiqarish esa ularni tizzadan bukish, cho‘qqayish paytida kechadi. Gavdaga mo‘ljallangan, orqa muskullarini va umurtqa egiluvchanligini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish oldinga engashib, rostlangan choqqa to‘g‘ri keladi, nafas chiqarish esa gavdani oldinga-pastga engashtirishga to‘g‘ri keladi; yon tomonlarga engashishlarda nafas olish bir tomonga, masalan, o‘ngga engashganda, boshqa tomonga (chapga) 106 engashganda nafas chiqarishga to‘g‘ri keladi yoki bir tomonga engashganda nafas chiqariladi, rostlanganda nafas olinadi. Gavdani to‘la burganda bir tomonga burilish chog‘ida nafas olinadi, ikkinchi tomonga burilib, nafas chiqariladi (navbati bilan har tomonga). Yarim burilishlarda nafas olish bir tomonga burilgan paytga to‘g‘ri keladi, nafas chiqarish esa tik to‘g‘ri turgan holatga to‘g‘ri keladi, xuddi shuning o‘zi boshqa tomonga burilganda amalga oshiriladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarni burundan nafas olishga o‘rgatish lozim. Bu o‘pkaga havoning bir tekis kirib turishini ta’minlaydi, bundan tashqari havo burundan o‘tayotganda iliydi va tozalanadi. Jismoniy mashqlarni muntazam qo‘llash zarur shartli reflektorli aloqalarning hosil qilinishiga yordam beradi va bolalarda asta-sekin ritmik nafas olish stereotipi tarkib topadi. Bolalarga qo‘yiladigan talablarni murakkablashtirish. Ikki yoshli bolalarni harakatlarga o‘rgatishda murakkab bo‘lmagan mashqlardan foydalaniladi. Bunda kichkintoylarda harakat koordinatsiyasining yetarlicha rivojlanmaganligi va ularning harakat aktini bo‘la olmasliklari hisobga olinadi. O‘yin usullari, emotsional-obrazli mashqlarni qo‘llash, bolalarning “Qushcha”, “Shaqildoq” va shu tipdagi harakatlarni tarbiyachi bilan bir vaqtda bajarishlari juda samarali bo‘ladi. 3 yoshli bolalar bir qadar harakat tajribasiga ega bo‘ladilar, tushuntirishlarni tinglay oladilar, harakatlarni kuzata oladilar, ularni yetarlicha to‘g‘ri idrok qila oladilar. Bu esa mashqlar hajmini oshirishga, ularni xilma-xilligiga, mashqlarni aniq bajarishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishga imkon beradi. 4 yoshli bola yetarli barqaror diqqatga ega bo‘ladi, harakatlarni bajarishga oid talablarni tushunadi, mustaqillikka intiladi, o‘z harakatlarining natijalari bilan qiziqadi. Ana shu o‘zgarishlarni hisobga olib, mashqlarni murakkablashtirish, yuklamani oshirish, qaddi-qomatni tutishga katta talablar qo‘yish, ta’limning ko‘rgazmali va og‘zaki usullaridan foydalanish to‘la mustaqil harakat qilishga imkon berish mumkin. 5 yoshli bolalarda aniqlik, koordinatsiya, harakatlarda ishonchlilik hosil qilingan bo‘ladi. O‘quv vazifalarini tushunish, harakatlarni yaxshi sifat bilan bajarishga intilish qaddiqomatga aniqlik, harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga, mustaqillikka qo‘yiladigan talablarni oshirish imkonini beradi. 6 yoshli bolalar yaxshi qaddiqomatga, harakat ko‘nikmalarining katta zaxirasiga, o‘z-o‘zini nazorat qilish va harakat sifatini baholash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ular og‘zaki ko‘rsatmaga to‘g‘ri amal qiladilar, harakatlarni aniq, ishonch bilan bajaradilar, bajarish jarayonini fazo atamalaridan foydalangan holda tushuntiradilar (“Bayroqchalarni yuqoriga ko‘tarish, shundan so‘ng ularni o‘ngga, pastga uzatish, yana yuqoriga ko‘tarish va chapga, pastga uzatish kerak”). Bolalar ijodiy topshiriqlarni emotsional idrok etadilar: harakatlarni o‘zgartiradilar, turlicha kombinatsiyalaydilar, yangilarini o‘ylab topadilar. Umumrivojlantiruvchi mashqlar nihoyatda xilma-xil. Ular bolalar tomonidan buyumlar yordamida va buyumlarsiz ham ba jariladi. Bunday mashqlar faqat poldagina emas, balki maxsus gimnastik asboblarda ham bajariladi (masalan, yerdagi va devor narvonchalarida, taxtalar ustida).

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə