Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə25/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Yurak-tomir tizimi boshqa tizimlarga nisbatan oldinroq faollik ko’rsata boshlaydi. Bola tug’ulishda yurak-tomir tizimi ancha yetuk bo’ladi. Bolalarda qon-tomirlari kattalarnikiga qaraganda ancha kengroq. Shu munosabat bilan qon bosim kamroq, lekin u yurak qisqarish chastotasi bilan moslashib boradi. Yurak qisqarish ritmi oson buziladi. Yurak kuchlanishi ishdan tez charchaydi va tez o’zgaruvchan faoliyatga birdan moslasha olmaydi. Kichkina bolalarda puls juda tez daqiqasiga 140-160 marta uradi. Asta-sekin u kamayib boradi, 7 yoshga to’lganda daqiqasiga 95-85 zarbaga yetadi. Bularni hisobga olgan holda yurak mushaklarini, shuningdek butun tomirlar, jumladan, miya tomirini ham mustahkamlashga harakat qilish kerak. Yurakka qon oqishini kuchaytirib, uning qisqarish ritmini yaxshilash, birdan o’zgarib qoluvchi jismoniy yuklanishga tezda moslashuv qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Nafas olish tizimi. Bolalarda yuqori nafas olish yo’llari nisbatan tor, uning shilimshiq qobig’i limfatik va qon tomirlariga boy, noqulay sharoitlarda shishib, nafas olishni keskin buzadi. O’pka hujayralari juda nozik. Ko’krak qafasining harakatchanligi cheklangan. Qovurg’alarning gorizontal joylashuvi va nafas olish muskullari sust rivojlangan (chaqqaloq bolalar daqiqasiga 40-35 marta, 7 yoshlilar yesa 24-22 marta nafas oladilar). Sayoz nafas olishda o’pkaning yaxshi havo almashtirib bo’lmaydigan qismida havo turib qolishi ro’y beradi.
Ko’rsatilgan xususiyatlarga bog’liq holda ko’krak qafasi chuqur nafas olishi, nafas olish ritmini muqarrar yetishi, o’pkaning hayotiy sig’imini oshirish zarur bo’lib qoladi. Undan tashqari bolalarni burin orqali nafas olishga o’rgatish zarur. Burun orqali nafas olganda havo maxsus asbob nuqtalariga ta’sir yetadi, natijada nafas olish markazi qo’zg’alishi yaxshilanadi, chuqurroq nafas olinadi. Og’iz orqali nafas olganda sovuq havo nafas olishning shilimshiq qobig’i (mindalin)ga ta’sir yetib, uning kasallanishi, natijada organizmga og’riq beruvchi bakteriyalar tushishi mumkin. Agar bola burin orqali nafas olsa, shilimshiq qobiqdagi qilchalar xavodagi changni ushlab qoladi, shunday qilib havo tozalanadi. Bolalarda, ayniqsa yosh bolalarda ovqat hazm qilish organlari yetarlicha rivojlanmagan. Muskul qobig’ining kuchsizligi natijasida ichak harakat faoliyati kichkina va tez buziladi. Ichakning tekis muskul to’qimalarini mustahkamlash, uning to’g’ri ishlashini ta’minlash zarur.Teri ichki organlarini va to’qimalarni ularga mikroorganizlar kirishidan saqlaydi va ter chiqarish organi hisoblanadi, issiqni boshqarish va nafas olishda qatnashadi. Bolalar terisi juda nozik va tez yaralanadi. Shu munosabat bilan bola terisini jarohatlanishdan saqlash va uning (issiq almashinuvchi va himoyachi) funksiyasini to’g’ri rivojlantirishga imkon berish zarur.Bola tug’ilishda uning asab tizimi o’zining bir qancha funksiyalarini bajarishga tayyor yemas. Vegitativ asab tizimi ancha rivojlangan. Bolalar ko’zg’alish va tormozlanish uchun tekis bo’lmagan jarayonlari, kam harakatchanlik tormozlanish ishga ko’ra qo’zg’alish yuqoriroq yekanligiga hosdir. Shu munosabat bilan maktabgacha yoshda asab jarayonini takomillashtirishga, faol tormozlanishini, shuningdek harakat analizatorlari, sezgi organlarini rivojlantirishga imkon berish zarur. Maktabgacha yoshdagi o’quvchilarda issiqni boshqarish kam rivojlangan bo’lgani uchun organizmni tashqi muhitni noqulay sharoitlarga (suv, havoning past va harorati, quyosh nuri ta’siriga), ya’ni chiniqishini tavsiya yetadi. O’zbekiston o’quvchi yoshlarni tarbiya konsepsiyasida ko’rsatilganiga ko’ra maktabgacha tarbiya maqsadi bolani shaxs sifatida oyoqqa turg’azishdir, oldindan tuzilgan dasturga asosan qayta qurish yemas. Jamoa maktabgacha tarbiya tizimi oilaviy tarbiya bilan bog’liq holda olib borilganidagina, uni to’ldiruvchi bo’lgandagina, oiladan ajratilmagan holdagina bolalarga yordam berish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda etnik va etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Bolaning psixik va shaxsiy rivojlanishida oiladagi tarbiya o’zining ahamiyati jihatidan yuqori bo’lishi kerak. Oilada bola birinchi marta o’z halqining madaniyati va turmushi bilan to’qnashadi, milliy odatlarini o’zlashtira boradi. Oiladagi tarbiya bola himoyasini amalga oshiradi, va jismoniy va hissiy qulayliklar yaratadi. Shu narsani ta’kidlash kerakki, umumittifoq dasturi O’zbekiston sharoitida oqlanmadi. Mintaљa xususiyati (jug’rofiyasi, yil fasllarining davomiyligi), jismoniy tarbiya tizimiga original yondashishni talab etadi, uning muvaffaqiyati bo’lishiga o’quvchining psixologiyasi va sog’ligi ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Iqlim sharoiti o’quvchilar faoliyatining ko’p qismini ochiq havoda tashkil yetishga imkoniyat yaratadi (bunga hamma amaliy mashg’ulotlar kiradi).
O’quvchilar faoliyatini mumkin qadar tabiiy shakllarga yaqinlashtirish bolaning harakatga bo’lgan talabini hisobga olishdir. O’quvchining o’z kuchiga qarab ishga jalb yetish har doim ham yemosional hissiyotini hosil qiladi hamda faollikdagi bolalar talabini amalga oshiradi. Tarbiya muassasalarida yoshlikdan boshlab sog’liqni saqlashni odatga kirita borish kerak. Bolani sog’lom, chaqqon, mard, kuchli bo’lishi kun tartibiga rioya qilish, harakatli halq o’yinlarini sevib bajarishi uchun sharoit yaratish kerakki, unda irodalilikni namoyon yetishga, jismoniy va psixologik xarakterdagi qiyinchilikni yengishga intilish zarur. Bunda qiz va o’g’il bolalarni jismoniy tarbiya asosida kelajakdagi qiz va yigitlarning sifatlarini tarbiyalab, o’ziga hos xususiyatlarni hisobga olish zarur. Juda kichik yoshdan boshlab bolalarda sog’liq uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirib borish darkor. Gigiyenik tarbiyalarda kelajakdagi sog’lom turmush kechishi uchun qo’yilgan yo’riqlarni shakllantirish uchun zarur bo’lgan ozodalik madaniyati asosdir.Gigiyenik va jismoniy salomatlik ko’p jihatdan sog’liqni saqlash va halq ta’limining birgalikda olib boriladigan ishlariga bog’liqdir. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya oliygohi ilmiy-metodik laboratoriyasi Farzandingiz sog’lom bo’lishini istasangiz deb nomlangan, 3-6 yoshli bolalarga mo’lljalangan, oilada o’tkaziladigan jismoniy mashqlar qo’shimcha mashg’ulotlari haqida metodik tavsiyanomalar shuningdek, bolalarda jismoniy madaniyat va sport, mustaqillikni tarbiyalash sohasidagi bilimlarni shakllantirish bo’yicha o’quv qo’llanmasini ishlab chiqdilar.
2. Ta’limiy vazifalari – o’quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni: harakat ko’nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, to’g’ri qaddi-qomat, gigiyena qo’nikmalarini singdirib borish, maxsus bilimlarni yegallash, mustaqillik ko’nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib borish zarur.Ko’pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko’p foydalaniladi, bu yesa atrof-muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Yemaklay boshlagan bolaning o’zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola yesa suv hossalarini yaxshi bilib oladilar. Mustahkam harakat ko’nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo’lmagan holda bajaradi hamda mashq bajarishga asab-mushak energiyasini kam sarflaydi.
Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko’nikmalaridan foydalanish harakat jarayonida, ayniqsa o’yin faoliyatida ko’nikmagan holatlarda vujudga keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi. Masalan: yugurib kelib uzunlikka sakrashni o’rganib olgan bola Fovurdagi Bo’ri o’yinida chuqur ustida qanday sakrash haqida o’ylamasdan, balki Bo’ridan qanday qutilish kerakligini o’ylaydi.
7 yoshgacha bolalarda shakllanib olingan harakat malaka va ko’nikmalari maktabda uni takomillishtirib borish uchun fundament bo’ladi, murakkabroq harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq natijaga yerishishga imkon beradi.
O’quvchilarda shakllantirib borish zarur bo’lgan harakat malaka va ko’nikmalarni hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya muassasalaridagi sharoit, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar tajribalari va bilimlarini hisobga olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda jimoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezkorlik, yegiluvchanlik, kuch, chidamlilik, harakat koordinatsiyasi, ko’z bilan chamalash va shu kabi) rivojlantirib borish zarur. Agar bolada u yoki bu asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo’lsa, u hatto oddiy mashqlar ham bajara olmas yedi. O’quvchilarda o’tirgan, turgan va yugurgan vaqtda tanani to’g’ri shakllantirib borish juda muhimdir. To’g’ri qaddi-qomat butun ichki organlar va o’quvchi organizmi tizimining bir me’yordagi faoliyati uchun katta ahamiyatga ega.
Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigiyenasi malaka va odatlarini (qo’llarni yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq kiyim, o’yinchoq, jihozlar, xona va h.k. tozaligi haqida g’amho’rlik qilish) singdirib borishga katta e’tibor berish zarur. Yoshlarning sog’ligi ko’p jihatdan shularga ham bog’liq. O’quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog’liq bilimlarni (mashg’ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy tarbiya sifatlarini ahamiyati va h.k.) berish va singdirib borish muhimdir. O’quvchi tana qismlarining nomlarini, harakat yo’nalishlarini (yuqori, pastga, oldinga, o’ngga, chapga), jihozlarining nomlarini bilishlari zarur.
3. Tarbiyaviy vazifalar - erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat’iy rioya qilish odatini,
, nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko’pgina imkoniyatlar mavjud. kundalik jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish odatlarini tarbiyalash muassasalarda va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarning o’z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu jumladan, harakatli o’yinlarni tashkil yetish va o’tkazishni o’rgatib borish muhimdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy
Jismoniy mashqlar mashg’ulotlari to’g’ri tashkil yetilganda ijobiy xususiyatlarini (tashkilotchilikni, intizomlikni, mustaqillikni, faollikni) tarbiyalash uchun, axloqiy sifatlarni (rostgo’ylik, adolatlilik, dњstlik hissi, o’zaro yordam, jamoada shug’ullanish malakasi, jihozlariga yaxshi munosabat, topshiriqni bajarishga javobgarli), shuningdek, irodaviy sifatlarni (mardlik, hal qiluvchanlik, qiyinchiliklarni yegnishda qat’iylik, o’z kuchiga ishonish, chidamlilik va boshqalar) namoyon yetishda qulay sharoitlar yaratiladi. Yaxshi qo’yilgan jismoniy tarbiya ko’p jihatdan o’quvchilarni aqliy rivojlanishiga, nutqini rivojlantirishga imkon beradi.
Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarida bolalarda hamma psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash, yeslab qolish, tasavvur yetish va h.k), shuningdek, fikrlash jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va h.k.) rivojlanib boradi. O’quvchilar o’zlari egallagan bilimlari va ko’nikmalarini faoliyati, mustaqillik, fikr yurituvchanlik, topqirliklarini namoyon etgan holda ijodiy foydalana olishlariga intilishlari zarur.Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtid a go’zallikni, qaddi-qomatni, harakat ifodasini, kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muxit holatini qabul qilishga, sezish, tushunish va to’g’ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, nafis intizomga intilish, harakat va so’zlarda uchrab qoladigan qo’pol holatga qarshi kurashni rivojlantirish zarur.
Jismoniy tarbiya jarayonida mehnatga tayyorlash amalga oshiriladi: bolalarda sog’liq mustahkamlanadi, harakat ko’nikmalari shakllanadi, mehnat uchun zarur jismoniy sifatlar, harakat ko’nikmalarini va mehnat jarayonlarini tezda yegallash qobiliyati rivojlanadi. Undan tashqari, xona va maydonni jihozlash (sakrash uchun qumli chuqurchalarni qurush va h.k.) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash, (irg’itish uchun haltachalar tikish, irg’itish uchun nishonlar tayyorlash va h.k.) bilan ularni tozalikda saqlash (bolalar gimnastik devor, to’plar, tayyoqchalar, gardishlar, velosipedlar, gimnastik tushaklar va h.k. changini artishlari) bilan bog’langan holda mehnat ko’nikmalarini yegallaydilar, bolalarda kattalar mehnatiga hurmat xususiyatlari oshib boradi.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g’oyaviylik, xalqchillik va ilmiylilik. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviyligi bu uning yo’nalishligidir (vatanparvarlik, o’z vatanini sevish, boy yetish va h.k). Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib boradi hamda jamiyat a’zolarining ahloqiy kodeksi ruhida ahloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bizning jismoniy tarbiya tizimining mustaqil O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining har tomonlama jismonan va ruhan qobiliyatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyasi uning vazifalari, prinsiplari, metodlari, shuningdek tashkiliy asoslarida o’z ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya tizimining mostligi, yo’nalishi: mamlakatimizda butun fuqarolar uchun yagona bo’lgan jismoniy tarbiya tizimi tuzilgan. Halqning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik borasidagi muvaffaqiyatlari ishlab chiqarish masuldorligining o’sishiga, demak halq faravonligiga ta’sir yetadi. Shuning uchun har bir shaxsni jismoniy tarbiyalash davlat uchun muhim ishdir. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish uchun hamma zarur sharoitlar yaratilmoqda: o’yingohlar, suv havzalari qurilmoqda, gimnastika honalari, maydonchalar jihozlanmoqda, sport anjomlari, kiyimlari, poyafzallar tayyorlanmoљda va h.k. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy qabul qilingan vositalar bilan bir qatorda jismoniy mashqlar va sportning milliy turlari qo’llanmoqda, tiklanmoqda va rivojlanmoqda.
Ilmiylilik - jismoniy tarbiya tizimining xarakterli belgilaridan biridir. Mamlakatimizda tadqiqotlar asosida yagona davlat dasturlari, o’quv qo’llanmalar, darsliklar va boshqalari yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda, har bir yosh davri uchun jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari me’yorlari ishlab chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari va buyumlarida bo’lgan talablar aniqlanmoqda.
Ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot oliygohlari bilan bir qatorda o’quv oliygohlarda (o’qituvchilar, tibbiyot, jismoniy tarbiya oliygohlarida) olib borilmoqda.
Tadqiqotlar natijasida yerishilgan hamma yangiliklar amalda qo’llanmoqda. Shu munosabat bilan davlat muassasalarida, jamiyat tashkilotlarida va oilada jismoniy tarbiyaning qo’yilishi yaxshilanmoqda.
Pedogogika mutaxassislarining malakasini oshirish borasida ko’pgina ishlar olib borilmoqda.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə