Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi 
keng ommalashgan davri haqida gapirib bering. 
2. Maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog‘iga ajratilishiga 
ko‘maklashgan jahon olimlari kimlar? 
3. Fridrix Frebelning tuhfalariga nimalar kiradi? 
4. Fridrix Frebelning hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering. 
5. Birinchi bolalar bog‘chasi qayerda va qachon vujudga kelgan? 
6. XIX, XX asrlarda maktabgacha pedagogika sohasi bo‘yicha olib 
borilgan ilmiy - tadqiqotlar haqida ma’lumot bering. 
7. Uchinchi ming yilikning bolasi dasturi haqida gapirib bering. 
8. XIX-XX asrlarda yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasining rivoj-
lanishi haqida gapirib bering. 


50 
9. Yurtimizda birinchi maktabgacha ta’lim tashkiloti qayerda va 
qachon tashkil etilgan. 
10. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi uchun olib 
borilgan islohotlarga misollar keltiring. 
III. MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI 
BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA’LIM TARBIYASI 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: s
haxs, rivojlantirish, bolani 
tarbiyalash, ta’lim, tarbiya, rivojlanish, rivojlanish xususiyatlari, 
irsiyat, muhit, shaxs 
III. 1. Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha 
“Shaxs” - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, 
ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni nalga 
oshiruvchidir. Shaxs - muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxsning 
kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik nillarning ta’sir 
kuchi hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi. Chunki uning xulqiga
munosabatlariga vaziyat ham ta’sir etadi.
Shaxsning kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-
tarbiya muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda ishasa, o‘sha 
jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir 
odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘’ladi. U o‘zining xarakteri, 
qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat 
faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Rivojlanish kishidagi 
jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va 
egallangan miqdor va sifat zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish bo‘yicha o‘sishi vaznning ortishi, sezgi 
a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to‘g‘ri boshqara bilish 
bilan bog‘liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik 
sifatlar belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish 
jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy 
rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida
tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan 
ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali 
amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi . Bolalar 
egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning tanlab olishiga 


51 
rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga 
oshiriladi. 
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning 
rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi, jumladan, kichik 
yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga 
butunlay aralashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarda 
maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib 
boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, 
mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning 
oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan 
ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-
tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonini beradi. Faollik bolaga 
xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonida- faollik asosida faoliyatning har 
xil turlari shakllanadi. 
Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni 
maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilaг, 
ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab oladilar. 
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy lari 
undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrof ma’lum bir 
munosabatning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, kattalarning hissiy-predmetli munosabatlaridanoq 
bolada dastlabki ijtimoiy talab vujudga keladi, dastlabki harakat va 
tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini 
egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə