Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv. 
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarga 
ta’lim 
berishda 
kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga 
tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur 
bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar 


66 
bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan 
faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq 
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. 
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari 
majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i 
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 
kompetensiyalari 
Kommunikativ kompetensiya
muloqot vositalaridan turli 
vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. 
O‘yin kompetensiyasi
– bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil 
qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-
tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. 
Ijtimoiy kompetensiya
– hayotiy vaziyatlarda kattalar va 
tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya 
qilgan holda o‘zini tutish mahorati. 
Bilish kompetensiyasi
– atrofdagi olamni ongli ravishda idrok 
qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va 
amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. 
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. 
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida 
belgilanadi:
–jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; 
–ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
–muloqot, o‘qish va yozish malakalari
–bilish jarayonining rivojlanishi; 
–ijodiy rivojlanish. 


Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə