Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə11/13
tarix03.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#88583
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ernazarov.Kurs ishi.277

Tayanch iboralar
Soliq- davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Yer soligʻi — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi.
Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza– soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq stavkasi - soliq obʼyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori pul summasi hisobida undiriladi. Mac, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan miqdori, yerning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. Soliq stavkasi qonun yoʻli bilan turli usulda belgilanadi: qatʼiy yoki proporsional belgilangan stavkalar — soliq obʼyekti miqdoriga nisbatan oʻzgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Oʻzbekistonda korxonalar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu Soliq stavkasi obʼyekt qiymati (mol-mulk qiymati)ning maʼlum ulushiga teng (4%) boʻladi
Progressiv soliq stavkasi — soliq obʼyekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar. Oʻzbekistonda soliq qonunchiligiga koʻra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% Soliq stavkasi belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi bilan Soliq stavkasi ham oshib boradi.
 -Regressiv soliq stavkasi — daromadlarning oʻsishi bilan stavkalar miqdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qoʻllanadi
-Nolli soliq stavkasi — eksportga moʻljallangan tovarlar i.cni ragʻbatlantirishda qoʻllaniladi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə