Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti


O’zbekistonda soliq tizimi rivojlanish istiqbollari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/13
tarix03.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#88583
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ernazarov.Kurs ishi.277

2.2 O’zbekistonda soliq tizimi rivojlanish istiqbollari
Maʼlumotlarga qaraganda, 2016 yilda yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyotning ulushi 59 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 11 foiz punktga pasaytirildi yoki 48 foizga tushirildi. Bu, o‘z navbatida, soliq tushumlarining oshishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, 2016 yilga nisbatan 2020 yilda tushumlar 3,3 barobar o‘sdi (2021 yilning birinchi yarim yilligida pandemiyadan oldingi 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 marta ortdi).
Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan o‘zini o‘zi ish bilan band qilish instituti orqali qariyb 1 millionta yashirin sektordagi odamlar faoliyatini legallashtirishga erishildi.
So‘nggi yillarda soliq tizimida uchta bo‘g‘in – Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq boshqarmasi va Davlat soliq inspeksiyalari vazifalarining chegarasi aniq belgilab olindi. Avvallari qo‘mita va boshqarmalar umumiy nazorat olib borish va soliqlarni yig‘ish bilan shug‘ullanmas edi. Buning uchun davlat soliq inspeksiyalari masʼul edi.
Endilikda inspeksiyalar zimmasida umumiy miqdori 16,6 foizga teng bo‘lgan mahalliy soliqlarni yig‘ish (yer, mol-mulk, suv, daromad va aylanmadan soliqlar) vazifasi qoldi, xolos.
Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish inspeksiyasi tashkil etildi va 2020 yil iyun oyidan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vazifasi davlat soliq boshqarmalariga o‘tkazilib, byudjet tushumlarining mos ravishda 66,2 foizi va 17,2 foizi yoki jami 83,4 foizi qo‘mita va boshqarmalar tomonidan amalga oshirib kelinyapti. Bu masʼuliyat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari chiqarildi.

– Mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan ezgu g‘oya, tashabbuslar ko‘p. Ular orasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!” tamoyilining o‘rni juda katta. Nazarimizda, tizimga transformatsiya qilinayotgan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili ham ana shunday maqsadning uzviy qismi hisoblanadi.


– Ushbu g‘oyani hayotga tatbiq qilish maqsadida Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan soliq idoralarining tarkibiy tuzilmasi tubdan qayta isloh qilindi. Soha tarixida birinchi marotaba Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etildi. Pirovardida oldimizga qo‘yilgan eng muhim vazifa, yaʼni fuqarolarimizning soliqdan qochishiga emas, balki uni ixtiyoriy to‘lashga o‘tishiga, tushumlarning kamayishiga emas, aksincha, o‘sishiga erishilyapti. Birgina raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman, tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida, yil boshidan bugungi kungacha 9 trillion so‘m QQS manfiy ortiqcha to‘lovlari qaytarildi.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda Prezidentimizning yana bir o‘ziga xos ezgu tashabbusi – “Mahallabay” ishlash tizimi bizga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda. U aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkor hal etishning eng maqbul yo‘lidir.
Binobarin, Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektorlarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uch pog‘onali “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika miqyosida 4-sektor hududlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning 157 mingdan ortig‘i ish bilan taʼminlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 956 ta MFYning har birida 2 tadan, jami 3 912 ta inkubator tashkil etildi.
– Sohada teng va keng raqobat sharoitini yaratish ustuvor vazifalar sirasiga kirishini qayd etgan edingiz. Bu borada va ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad nimaligini tushuntirib o‘tsangiz.
– Prezidentimiz yaqinda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xususida so‘z yuritar ekan, “Biznes ahli haqida faqat soliqlarni to‘lash va tekshirishlar paytida eslaydigan zamonlar o‘tib bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, soliq qonunchiligini maqbullashtirish borasida biz ancha ish qildik, lekin hali oldimizda yana-da katta vazifalar turibdi va biz ularni albatta amalga oshiramiz”, deya taʼkidladi.
Chindan ham, bugun O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati, jozibador investitsiya muhiti vujudga kelmoqda. Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yana-da yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni taʼminlash hamda soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida 45 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, 10 ta o‘z kuchini yo‘qotgan, deb eʼtirof etilgan qonun hujjati orqali qator soliq va bojxona imtiyozlari amaliyotdan chiqarildi. Natijada 84 ta turli soliq imtiyozlari bekor qilindi. Individual imtiyozlar berish amaliyotidan voz kechildi. Xorijiy sarmoyadorlar ulushida tashkil etilgan korxonalar soni 4 yilda 2,6 barobarga ko‘paydi va 13,2 mingtaga yetdi.
Sohada teng raqobat sharoitini yaratish va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad turli rejimlardagi soliq to‘lovchilar uchun mavjud imkoniyatlarni tenglashtirish hamda insofli soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish jarayoni uchun talab qilinadigan vaqtni minimallashtirishdir.
Mazkur tadbirni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi qarori bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanib, QQS summasini tezlashtirilgan tartibda faqat ishonchli soliq to‘lovchilarga qaytarish belgilab qo‘yildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasini qaytarish haqida gap ketar ekan, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham bu masala ko‘tarilganini, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga doir muhim yo‘nalishlar belgilanganini taʼkidlash joiz. Uchrashuvda ilgari surilgan har bir g‘oya, taklif va tashabbus majoziy maʼnoda aytganda, “siyohi qurimasdan” amalga oshib, yechimini topmoqda. Bunga Prezidentimiz tomonidan muloqot o‘tgan kunlariyoq imzolangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Umumiy ovqatlanish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlaridagi imtiyoz va yengilliklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Xususan, 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi, 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
– Mamlakatda yaratilgan biznes sharoitlari takomillashib borgani sari salohiyatli kadrlarga ehtiyoj ortib boraveradi. Tizimda mazkur muammoni hal etish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti? Joriy etilgan komplayens-nazorat tizimi qanday masalalarni hal etishda yaqin ko‘makchiga aylanishi kutilyapti?
– Mamlakatimiz iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda tizim uchun bugungi kun talabiga javob beradigan, yosh, yangi avlod kadrlarini tanlash, tarbiyalash va malakali etib tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda, Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi va joriy yildan ilk bor qabul jarayonlari olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari nufuzli oliy taʼlim institutlari va xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan tamoyillarga muvofiq ishlab chiqildi.
Bugungi kunda tizimdagi o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 2516 nafar xodim oliy maʼlumotga ega bo‘lish istagida Fiskal institutga hujjat topshirdi. Shuningdek, tizimda ishlovchi xodimlarning malaka va kasbiy bilimini oshirish maqsadida 2021 yilning o‘tgan davrida 3 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil qilindi va jami 2 984 nafar xodim o‘qitildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan "Elektron hukumat" tizimi tarkibiga kiruvchi Davlat soliq qo’mitasining "My.soliq.uz" rasmiy sayti soliq ma’murchiligini takomillashtirishda aholining yanada faol qatnashishini va davlat soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo‘lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda kamarbasta bo‘lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi.Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan mazkur konsepsiyadan oldingi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to‘lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo‘g‘i 9,2 foizga teng bo‘lgan. Umumbelgilangan soliq to‘lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atigi 3 foizni tashkil etgan. Yaqingacha pensiya, maktab taʼlimi va yo‘l jamg‘armalariga soliq to‘lash, sug‘urta badali, mol-mulk, QQS stavkalarining yuqoriligi tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o‘zlari istamagan holda, soliqdan qochish sxemasini tanlashga yoki soddalashtirilgan rejimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga to‘laydigan ish haqini sunʼiy yashirishga hamda “konvert” orqali to‘lashga majbur bo‘lardi.
Bugun esa, biznesda tamomila boshqacha muhit. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo‘ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida butunlay yangi soliq maʼmurchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi. Prezidentimiz joriy yil 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan tarixiy muloqotida soliq sohasidagi ko‘pchilikning esidan ko‘tarilgan holatlarni yodga solgani bejiz emas. Chunki, yaqingacha tadbirkorlarga og‘ir yuk bo‘lib kelgan pensiya, maktab va yo‘l jamg‘armalariga 3,2 foizli yig‘imlar bekor qilindi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga mazkur yig‘imlarni bekor qilish hisobiga har yili qariyb 6 trillion so‘m mablag‘ qoladigan bo‘ldi.
Mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, pandemiyadan ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, tadbirkorlarga ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m mablag‘ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini yaratdi.
– Odamlar kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarni, jumladan, soliq yukidagi yengilliklarni sezar ekan, avvalambor, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va rag‘bati ortadi. Ilg‘or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borishni taʼminlaydi. Keyingi paytda tizimda bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?
– Qisqa vaqtda sohani raqamlashtirish, jumladan, Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, o‘z navbatida, soliq to‘lovchilarga ro‘yxatdan o‘tish, soliq rejimini tanlash, byudjet bilan munosabatlarini onlayn kuzatish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, shaxsiy kabineti orqali dunyoning istalgan burchagidan soliq majburiyatlarini elektron tarzda bajarish imkoniyatini berdi. Umumiy hisobda soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – my.soliq.uz da 50 ga yaqin shu kabi masofaviy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Bularsiz bugungi soliq maʼmuriyatchiligini va umuman, bugungi tizim faoliyatini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, yangi vositalar – elektron hisobvaraq-faktura, elektron shartnoma, onlayn nazorat kassa texnikalari, raqamli markirovka, mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi joriy etildi. Har qanday soliq nazorati tadbirlari oldindan ogohlantirish va inson omilisiz “Tahlika-tahlil” dasturi orqali 76 ta mezonni qamrab olgan segmentlash asosida amalga oshirilmoqda.
Joriy etilayotgan raqamlashtirish jarayonida, jumladan, Prezidentimizning 2019-yil 6- sentyabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari bosqichma-bosqich onlayn va virtual kassalardan foydalanishga o‘tkazilyapti. Bugungi kunda 149,3 mingta xo‘jalik yurituvchi subyekt 182,8 mingdan ortiq onlayn va virtual kassalar bilan taʼminlandi. Mazkur qurilmalarni sotib olishda tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kamaytirish maqsadida birinchi bosqichda (2021-yil 1yanvarga qadar) hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda yoki yagona soliq to‘lovi yoxud qatʼiy belgilangan soliq summasini onlayn-NKMni o‘rnatish uchun tegishli xarajatlar summasiga kamaytirish tarzidagi imtiyoz taqdim etildi. Natijada tadbirkorlik subyektlari 22,7 milliard so‘m miqdoridagi byudjetga to‘lashi kerak bo‘lgan soliqlar hisobidan xarajatlarini qopladi.
– Tabiiyki, ko‘rilgan chora-tadbirlar, sarflangan xarajatlar soliq to‘lovchilar va soha faoliyatiga qanday samaralar keltirdi, degan savol tug‘iladi.
– Raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi odamlar hayotida, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaning kamaygani, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tezlashganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu vazifalar ijrosi har bir tarmoq yoki soha idoralari tomonidan taʼminlanadi.
Maʼlumotlarga qaraganda, 2016-yilda yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyotning ulushi 59 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib 11 foiz punktga pasaytirildi yoki 48 foizga tushirildi. Bu, o‘z navbatida, soliq tushumlarining oshishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, 2016-yilga nisbatan 2020-yilda tushumlar 3,3 barobar o‘sdi (2021yilning birinchi yarim yilligida pandemiyadan oldingi 2019-yilning mos davriga nisbatan 1,6 marta ortdi). Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan o‘zini o‘zi ish bilan band qilish instituti orqali qariyb 1 millionta yashirin sektordagi odamlar faoliyatini legallashtirishga erishildi.
So‘nggi yillarda soliq tizimida uchta bo‘g‘in-Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq boshqarmasi va Davlat soliq inspeksiyalari vazifalarining chegarasi aniq belgilab olindi. Avvallari qo‘mita va boshqarmalar umumiy nazorat olib borish va soliqlarni yig‘ish bilan shug‘ullanmas edi. Buning uchun davlat soliq inspeksiyalari masʼul edi.
Endilikda inspeksiyalar zimmasida umumiy miqdori 16,6 foizga teng bo‘lgan mahalliy soliqlarni yig‘ish (yer, mol-mulk, suv, daromad va aylanmadan soliqlar) vazifasi qoldi, xolos.
Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish inspeksiyasi tashkil etildi va 2020-yil iyun oyidan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vazifasi davlat soliq boshqarmalariga o‘tkazilib, byudjet tushumlarining mos ravishda 66,2 foizi va 17,2 foizi yoki jami 83,4 foizi qo‘mita va boshqarmalar tomonidan amalga oshirib kelinyapti.
– Mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan ezgu g‘oya, tashabbuslar ko‘p. Ular orasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!” tamoyilining o‘rni juda katta. Nazarimizda, tizimga transformatsiya qilinayotgan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili ham ana shunday maqsadning uzviy qismi hisoblanadi.
– Ushbu g‘oyani hayotga tatbiq qilish maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 30- oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan soliq idoralarining tarkibiy tuzilmasi tubdan qayta isloh qilindi. Soha tarixida birinchi marotaba Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etildi. Pirovardida oldimizga qo‘yilgan eng muhim vazifa, yaʼni fuqarolarimizning soliqdan qochishiga emas, balki uni ixtiyoriy to‘lashga o‘tishiga, tushumlarning kamayishiga emas, aksincha, o‘sishiga erishilyapti. Birgina raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman, tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida, yil boshidan bugungi kungacha 9 trillion so‘m QQS manfiy ortiqcha to‘lovlari qaytarildi.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda Prezidentimizning yana bir o‘ziga xos ezgu tashabbusi – “Mahallabay” ishlash tizimi bizga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda. U aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkor hal etishning eng maqbul yo‘lidir.
Binobarin, Davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektorlarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uch pog‘onali “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika miqyosida 4-sektor hududlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning 157 mingdan ortig‘i ish bilan taʼminlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 956 ta MFYning har birida 2 tadan, jami 3 912 ta inkubator tashkil etildi.
– Sohada teng va keng raqobat sharoitini yaratish ustuvor vazifalar sirasiga kirishini qayd etgan edingiz. Bu borada va ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad nimaligini tushuntirib o‘tsangiz.
– Prezidentimiz yaqinda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xususida so‘z yuritar ekan, “Biznes ahli haqida faqat soliqlarni to‘lash va tekshirishlar paytida eslaydigan zamonlar o‘tib bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, soliq qonunchiligini maqbullashtirish borasida biz ancha ish qildik, lekin hali oldimizda yana-da katta vazifalar turibdi va biz ularni albatta amalga oshiramiz”, deya taʼkidladi. Chindan ham, bugun O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati, jozibador investitsiya muhiti vujudga kelmoqda. Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yana-da yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni taʼminlash hamda soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida 45 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, 10 ta o‘z kuchini yo‘qotgan, deb eʼtirof etilgan qonun hujjati orqali qator soliq va bojxona imtiyozlari amaliyotdan chiqarildi. Natijada 84 ta turli soliq imtiyozlari bekor qilindi. Individual imtiyozlar berish amaliyotidan voz kechildi. Xorijiy sarmoyadorlar ulushida tashkil etilgan korxonalar soni 4 yilda 2,6 barobarga ko‘paydi va 13,2 mingtaga yetdi. Sohada teng raqobat sharoitini yaratish va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad turli rejimlardagi soliq to‘lovchilar uchun mavjud imkoniyatlarni tenglashtirish hamda insofli soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish jarayoni uchun talab qilinadigan vaqtni minimallashtirishdir. Mazkur tadbirni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi qarori bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanib, QQS summasini tezlashtirilgan tartibda faqat ishonchli soliq to‘lovchilarga qaytarish belgilab qo‘yildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasini qaytarish haqida gap ketar ekan, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham bu masala ko‘tarilganini, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga doir muhim yo‘nalishlar belgilanganini taʼkidlash joiz. Uchrashuvda ilgari surilgan har bir g‘oya, taklif va tashabbus majoziy maʼnoda aytganda, “siyohi qurimasdan” amalga oshib, yechimini topmoqda. Bunga Prezidentimiz tomonidan muloqot o‘tgan kunlariyoq imzolangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Umumiy ovqatlanish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlaridagi imtiyoz va yengilliklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Xususan, 2021yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi, 2023-yil 1-sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
– Mamlakatda yaratilgan biznes sharoitlari takomillashib borgani sari salohiyatli kadrlarga ehtiyoj ortib boraveradi. Tizimda mazkur muammoni hal etish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti? Joriy etilgan komplayens-nazorat tizimi qanday masalalarni hal etishda yaqin ko‘makchiga aylanishi kutilyapti?
– Mamlakatimiz iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda tizim uchun bugungi kun talabiga javob beradigan, yosh, yangi avlod kadrlarini tanlash, tarbiyalash va malakali etib tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi va joriy yildan ilk bor qabul jarayonlari olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari nufuzli oliy taʼlim institutlari va xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan tamoyillarga muvofiq ishlab chiqildi.
Bugungi kunda tizimdagi o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 2516 nafar xodim oliy maʼlumotga ega bo‘lish istagida Fiskal institutga hujjat topshirdi. Shuningdek, tizimda ishlovchi xodimlarning malaka va kasbiy bilimini oshirish maqsadida 2021 yilning o‘tgan davrida 3 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil qilindi va jami 2 984 nafar xodim o‘qitildi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning qatʼiy pozitsiyasi mavjud. Bu borada komplayens-nazorat tizimi joriy etilgan. Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va faoliyat shaffofligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti auditorlari xulosasida ham qayd etildi. Shu yil 23 avgust kuni ushbu tashkilotning Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikati topshirildi.
Hali oldinda o‘zaro munosabatlarda inson omilini keskin kamaytirib, sohaga raqamli texnologiyalarni yana-da keng joriy etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, umumbelgilangan deklaratsiya tizimiga o‘tish, xalqaro andozalardagi xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish, halol tadbirkorlik subyektlarini yana-da qo‘llab-quvvatlash, yer va ko‘chmas mulklarni elektron ruyxatga olish va baholash kabi qator strategik vazifalar ijrosini taʼminlash masʼuliyati turibdi va biz ularni hal etishga qatʼiy bel bog‘lab kirishganmiz.
2.3 Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar.

Soliq munosabatlari mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi bo‘lsa, ikkinchi sharti bo‘lib soliqlarni to‘lashga qobil bo‘lgan soliq to‘lovchilarning mavjudligidir. O‘zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.


Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalar ham tushuniladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, yer qaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar, mol-mulk solig‘i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni (QQS, aktsiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham to‘laydilar. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarga daromadga soliq, yer, mol-mulk soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko‘chirib qo‘yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to‘lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari, va qator yig‘imlar kiradi. Soliq yig‘ish xarajati ko‘payib ketadi. Chunki, bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo‘lgan inspektorlar shug‘ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) ko‘p yoziladi. Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi. Yuqorida aytganimizdek, yuridik shaxslarning byudjetlarga to‘laydigan soliqlari to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar foyda soliqlari va resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, bojxona bojidan iboratdir. Yuridik shaxslarning bu soliqlari byudjet daromadlarini asosiy qismini tashkil etadi.
Yuqoridagi ma’lumotlar ko‘rsatadiki, yuridik shaxslar soliqlari ichida egri soliqlar salmog‘i ortib borishi tendentsiyasiga ega, to‘g‘ri soliqlar salmog‘i esa pasayib borish yo‘nalishidadir. Bunday holat mahsulot ishlab chiqaruvchilarning hissasiga tushadigan soliq yukini kamaytirib, ularning ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytiradi. Shu bilan birga to‘g‘ri va egri soliqlar byudjetning mustahkam manbasiga aylanib uning o‘ta ijtimoiy zarur bo‘lgan xarajatlarini o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirish imkonini yaratadi. Bularning ahamiyati beqiyos kattadir. Bu soliqlarsiz byudjetlarni rejali moliyalashtirish iloji yo‘q.
Yuridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo‘ljallangan mablag‘larini qisqartirib muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi. Egri soliqlar esa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) tarkibida bo‘lib, baho hisobiga muomaladagi ortiqcha pullarni muomaladan oladi. Shunday qilib soliqlar pul muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Soliqlarning oshishi tovar (xizmat, ish) taklifini oshiradi, talabni kamaytiradi. Bu esa, pul emissiyasini kamaytiradi. Ammo taklifda real qiymati past bo‘lganligidan inflyatsiyani paydo qilishi mumkin. Yuridik shaxslar o‘zlariga yuklatilgan soliqlarni hisoblash va byudjetga o‘z vaqtida, to‘liq to‘lash javobgarligini olganlar. Ularning to‘laydigan soliqlari asosan naqd pulsiz, ya’ni korxona, tashkilot, birlashmaning bankdagi hisob schyotlaridan mablag‘ni ko‘chirib, respublika yoki mahalliy byudjet schyotlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Qoida bo‘yicha har qanday yuridik shaxs o‘z soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilangan vaqtda byudjetga to‘liq o‘tkazishga majburdirlar. Buning uchun ular soliq va boshqa to‘lovlarning muddati kelgan kungacha pullarni o‘tkazish hujjatlari bo‘lmish to‘lov topshirig‘i, cheklarni yozib banklarga topshirgan bo‘lishlari kerak. Agar to‘lov topshiriqlari o‘z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‘lsa soliq idoralari o‘zlarining inkasso-to‘lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilmagan kun uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan soliq summasi hisobidan 0,033 foiz penya hisoblanib soliqqa qo‘shimcha ravishda byudjetga majburiy undiriladi. Albatta penya summasining ko‘payishi korxonananing moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Penya korxona uchun qo‘shimcha soliqdir.Shuning uchun har qanday xo‘jalik sub’ektlari hisobchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularda belgilangan to‘lov muddatigacha o‘z vaqtida to‘lab borishlari shart. Bunda ayniqsa bo‘nak (avans) to‘lovlarga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim, chunki QQS, daromadga (foydaga) soliq va boshqalarda bo‘nak to‘lovlar soni ko‘p bo‘lganligidan boqimandaning ko‘payishiga olib keladi. Hozirgi kunda bu boqimanda bilan kurash iqtisodiyotni barqarorlashtirishda muhim davlat tadbirlariga aylanmoqda. Yuridik shaxslarning hamma soliqlari naqd pulsiz to‘lanadi. Biroq, ayrim yig‘imlar (davlat va bojxona bojlari) naqd pulli bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxslar soliqlarini naqd pulsiz to‘lanishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o‘tkazishlar tezlashadi, ijtimoiy xarajatlar tejaladi.
Jismoniy shaxslar deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Moliya yilida soliq solinadigan daromad, mol-mulk, yer, maydoni, transport vositalari va shu kabi boshqa predmetlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ularga belgilangan soliqlarni to‘laydilar. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinsa, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.


Xulosa
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai soliq hisoblanadi. Soliq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat tomonidan ajratib olinadigan va o'zlashtirilayotgan pul daromadlarining bir qismi. Majburiy ravishda davlat foydasiga mablag'larni olib qo'yish soliq to'lovlarini majburiy qonuniy ravishda belgilashni o'z ichiga oladi. Soliqlarni qonuniy rasmiylashtirish printsipi ko'plab mamlakatlarning konstitutsiyalarida mavjud.
Birinchidan, ular moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash funktsiyasini bajaradilar va davlat daromadlarini yaratadilar. Soliqlar Yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan (Yaponiya, AQSh) 45 foizgacha (Germaniya) va 60 foiz (Shvetsiya) dan iborat. 2004-yilda Rossiyaning yalpi ichki mahsulotidagi soliqlar ulushi 29,5 foizni tashkil etdi.
Ikkinchidan, soliqlar tartibga solish funktsiyasiga ega. Soliqlar mamlakatda yuz beradigan har qanday iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta'sir qiladi. Ushbu hajmda soliqlar rag'batlantiruvchi, ogohlantiruvchi va cheklovchi rol o'ynashi mumkin. Masalan, yangi tashkil etilgan korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari ularning rivojlanishi va kengayishini rag'batlantiradi. Aksincha, chet eldan tovarlarni olib kirishda bojxona to'lovlarining oshishi importni cheklaydi. Ko'plab rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, soliq tizimi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyatni, ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirishlarini va ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning eng faol vositasi hisoblanadi.
Uchinchidan, soliqlar orqali milliy daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari qayta taqsimlanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlarini o’zgartirish orqali soliqlar talab va taklifda, bozor muvozanatida va narxlarda aks ettiriladi, bu bilvosita ishlab chiqarish va bandlikka va shunga mos ravishda resurslarning taqsimlanishiga ta'sir qiladi. Shunday qilib, soliqlar nafaqat daromadlarning taqsimlanishiga, balki resurslarning taqsimlanishiga ham ta'sir qiladi.
Va nihoyat, soliqlar nazorat qilish funktsiyasiga ega. Soliq to'lovlarining olinadigan daromad miqdoriga qarab majburiyligi, daromadlarni deklaratsiyalash zarurati davlatga soliq solinadigan sub'ektlar faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini tekshirish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiyotda soliqlarning maqsadi va roli iqtisodiy nazariyaning otasi A. Smit tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda dolzarb bo'lib qoladigan soliqning asosiy printsiplarini belgilaydi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, "soliq" tushunchasini ikkita mustaqil pozitsiyadan - tor va keng ma'noda ko'rib chiqish mumkin.
Tor ma'noda soliq - bu to'lovchi tomonidan byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg'armaga belgilangan tartibda amalga oshiriladigan muayyan naqd to'lov.
Keng ma'noda soliq bir qator tarkibiy qismlarni (elementlarni) o'z ichiga olgan murakkab munosabatlar tizimidir. Shunday qilib, soliqlarda iqtisodiy kategoriya sifatida bir qator elementlarni ajratish mumkin, ularsiz soliq belgilanmaydi.
Keling, ushbu elementlarni batafsil ko'rib chiqaylik:
Soliq predmeti yoki soliq to'lovchi. Soliq to'lovchilar - ushbu Kodeksga muvofiq soliqlar va (yoki) yig'imlarni to'lash majburiyati yuklatilgan tashkilotlar va jismoniy shaxslar (Soliq kodeksi, 19-modda). Ba'zi hollarda soliq to'lovchi (soliq sub'ekti) tomonidan soliq to'lovchi bo'lgan boshqa shaxsga yoki soliq to'lovchiga o'tkazilishi mumkin. Bu asosan bilvosita soliqlarni undirishda yuz beradi. Agar soliq o'tkazib bo'lmaydigan bo'lsa, unda soliq sub'ekti va soliq to'lovchi bir shaxsga to'g'ri keladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə