Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti


-bob O’zbekistondagi soliq tizimi va rivojlanish istiqbollari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə9/13
tarix03.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#88583
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ernazarov.Kurs ishi.277



2-bob O’zbekistondagi soliq tizimi va rivojlanish istiqbollari
2.1 O’zbekistonda soliq tizimining hozirgi holati tahlili.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko‘rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1991-1994-yillar O‘zbekistonning o‘z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. Respublikamizning o‘z soliq tizimini yaratishda 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi qonun birinchi qonun bo‘ldi. U o‘zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o‘rnatdi. 1992 -yil 9-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bo‘lmaganlardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi qonunga bir qancha o‘zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan, soliq ob’ekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig‘ini jamoa xo‘jaligi orqali to‘lab yurgan jamoa a’zolari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlari to‘laydigan bo‘ldilar. 1993-yil 7-mayda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig‘i, yer solig‘i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob’ektlari qurilish solig‘i, reklama solig‘i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig‘i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har xil yig‘imlar kiritildi. Korxonalar soliqlari to‘g‘risidagi qonunga 1993-yil 7-mayda o‘zgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning xazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga oshirildi, O‘zbekistonning o‘z soliq tizimi joriy etildi. Korxonalardan undiriladigan o‘rmondan olinadigan daromad solig‘i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi. Daromad (foyda) solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aktsiz solig‘i; mol-mulk solig‘i; respublikadan tashqariga olib chiqiladigan mahsulotlar va xom ashyo resurslariga soliq joriy etildi. 1993-yilda ishlab chiqilgan tartibga ko‘ra asosiy vositalar hisoblangan amortizatsiyaning 30 foizi byudjetga o‘tkazildi. Xazinani to‘ldirish, shuningdek resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig‘i joriy etildi. Shuningddek, 1991-yil 15-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida»gi qonunga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. 1993-yil 7-may kuni «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va ushbu qonunda ularga ta’rif berildi. Jismoniy shaxslar molmulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i, kurort zonalaridagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga solinadigan soliq, reklama solig‘i, avtotransport vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga solinadigan soliq-jami 19 turdagi har xil soliqlar va yig‘imlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi. 1993-yilning 7-mayida «Korxonalar, birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi. Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995-1997-yillar to‘g‘ri keladi. Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga ta’sirini kuchaytirishga bag‘ishlandi. Ularga soliqlardan xilma-xil imtiyozlar berildi. Ayniqsa, yuridik shaxslarning foydaga (daromad) solig‘idan imtiyozlar ko‘p edi, 1995-yildan boshlab korxonalar har bir foiz maxsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgani uchun 0,3% dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi. Xalq xo‘jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko‘plab korxonalar va tashkilotlarning foyda solig‘ini daromad solig‘i to‘lashga o‘tishi amalga oshirildi. Uning o‘rtacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi. Soliq to‘lovchilar uchun imtiyozlar ko‘zda tutildi. 1995-yildan boshlab soliq tizimini birxillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa xo‘jaligi a’zolari va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o‘rnatildi. Ya’ni, jamoa xo‘jaligi a’zolari mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad solig‘i to‘g‘risidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o‘zgartirildi. Sarmoyadorlar uchun rag‘batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko‘mak beradi. 1996-yilning 1-yanvarigacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi taqdim etildi, boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar esa, daromad solig‘iga o‘tkazilgan. Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997-yil 24-aprelda qabul qilindi. Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina kolmay, soliqlarni mahsulotlarni eksportini, import tovarlar o‘rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni rag‘batlantirish vazifasini kuchaytirdi. Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish kontseptsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin.Bu bosqichda soliq to‘lovchi yuridik shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, ixchamlashgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlarini, soliq tulash muddatlarini ixchamlashtirildi. Ixchamlashtirilgan soliq to‘lashga o‘tishning huquqiy asoslari qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmoni bilan 1999-yildan boshlab, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorga asosan (1998-yil 15-aprel 159-son) 1998-yildan boshlab va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (1153-son 10-aprel 1998-yil) bilan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 1998-yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk solig‘ini to‘laydigan bo‘ldi. Soliq tizimini ixchamlashtirish soliq hisoblovchi xodimlar, davlat soliq idoralari va bank xodimlarining ko‘p minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga, ularni korxonalar foaliyati tahliliga bag‘ishlashga imkoniyat yaratmoqda. Mustaqillik yillarida soliq tizimini rivojlantirish o‘zining natijasini asta-sekin berib bormoqda. Kichik korxonalarning mamlakat ichki mahsuloti ishlab chiqarishdagi salmog‘i ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining mustaqil soliq tizimiga ega bo‘ldi va uni takomillashtirish borasida yangi izlanishlar davom etmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Respublika iqtisodiyotida soliqlarning tutgan muhim o‘rni borligini nazarga olgan xolda Respublikada olib borilayotgan soliq islohotlariga katta e’tibor berish lozim. Toki bu islohotlar Respublikamiz iqtisodini ravnaq topishiga, aholi turmush darajasini ko‘tarishga doimo xizmat qilsin. 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tasdiqlanishi soliq tizimini isloh qilishning hozirga qadar amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichining boshlanishi ifodasi ekanligi tamoman qonuniy holdir. Soliq kodeksi amalga kiritilishi bilan soliqqa tortishning barcha asos bo‘luvchi me’yorlarini yagona hujjatga jamlash; soliq imtiyozlarini tizimlashtirish; foyda, mol-mulk, qo‘shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa tortishning xalqaro tizimini joriy etishga imkon yaratildi. Uchinchi bosqichda yuridik shaxslarga, birinchi navbatda kichik va o‘rta korxonalar uchun soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar jamlanmasi o‘rniga yagona soliq to‘lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi tasdiqlandi.
2005-yil 15-iyundan kichik korhonalar yagona soliq to’lovini to’lashga o’tkazildi. PQ-2455ga asosan 2016-yil uchun yagona soliqning soliqqa tortiladigan oborotlarga nisbatan foizlarda quyidagi stavkalari belgilandi: Yagona soliq to’lovining umumiy stavkasi- 5 foiz; Agar ilgari aktsizlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi kirmagan bo‘lsa, 1999-yilning 1-oktyabridan boshlab ular aktsiz solig‘ini to‘lash sharti bilan mazkur tizimni qo‘llashlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 10-apreldagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tartibiga muvofiq yalpi daromad savdo korxonalari uchun yagona soliqqa tortish ob’ekti bo‘ldi. 1999-yildan boshlab qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlari), fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari Prezidentning «Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini amalga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarori asosida ishlab chiqilgan byudjet bilan hisob-kitoblar mexanizmiga ko‘ra yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘ldilar. U amaldagi barcha umumdavlat (alkogolli mahsulotlarga aktsiz solig‘idan tashqari) hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar jamini to‘lash o‘rniga amalga kiritildi. Shuningdek, ushbu soliq turiga doir imtiyozlar ham belgilandi. Bu qishloq mehnatkashlariga hisobot hujjatlarini qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana bir yorqin misoldir.
2002-yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan soliq og‘irligini yanada kamaytira borish, chetga qat’iy almashtiriladigan valyutada mahsulotlarni eksport qilganlarga ham daromadga (foydaga) soliqdan, ham mol-mulk solig‘idan pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qo‘llash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi. Soliqlar tizimida to‘g‘ri soliqlar salmog‘ini kamaytira borish va egri soliqlar salmog‘ini oshirishga mo‘ljallangan siyosat yuritish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga soliq qonunchiligi takomillashtirila borildi, hamma soliqlar bo‘yicha yo‘riqnoma va nizomlar qaytadan ishlab chiqildi. 2003 -yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar va to‘lovlar bekor qilindi. Bular: reklama solig‘i, avtotransport vositalarini olib sotish solig‘i, me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor maxsulot qoldig‘i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlardir. 2003-yildan boshlab 2002-yilda joriy etilgan chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan daromaddan yagona soliq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushumdan yagona soliq solish davom ettirildi. Soliq bazalari va stavkalariga ham o‘zgartishlar kiritilgan. 2004-yilda ham qator soliq islohotlari amalga oshirilib, bunda, yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i va jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari bir necha darajaga kamaytirilgan bo‘lsa, resurs soliqlari stavkalari oshirildi. Yagona soliq tizimiga o‘tgan mikrofirma va kichik korxonalar foydali qazilmalar qazib olganida yagona soliq bilan birgalikda yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni ham to‘laydigan bo‘ldilar. Shuningdek, ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi. Soliq tizimidagi islohotlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion faolligini oshirishga, ularning import o‘rnini bosuvchi va eksport faoliyatini rag‘batlantirishga, shuningdek, ularning resurslardan samarali va oqilona foydalanishini rag‘batlantirishga qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22- dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 2455-sonli qarori bilan 2016-yilgi parametrlari tasdiqlandi va Respublikamiz soliq qonunchiligiga bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Ushbu o’zgarishlar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan eng muhim asosiy ustuvor vazifalar: Soliq yukini kamaytirish; Soliq ma’murchiligini takomillashtirish; Soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini oshirish; Soliqqa tortishning soddalashtirilgan hisobiga tadbirkorlik sub’ektlarining real daromadlarini oshirish, ularning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va rag’batlantirishga qaratilgan. Jumladan, Yuridik shaxslarning foyda solig’i bo’yicha, soliq solishning amaldagi tartibida asosiy soliq stavkasi 7,5 foiz, lekin tijorat banklarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash va ularning investitsiya jarayonida ishtirokining kengaytirish maqsadida, ular foydasidan olinadigan foyda solig’ining amaldagi stavkasi 15 foizli stavka saqlab qolindi; Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo’yicha, amaldagi soliq stavkalari minimal stavkasi 7,5 foiz, maksimal stavka 23 foiz qilib belgilangan holda, minimal stavka bo’yicha soliqqa tortiladigan baza 0 foiz stavkada soliqqa tortilishi belgilangan; Yagona soliq to’lovi bo’yicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish asosida aholini ish bilan bandligini ta’minlash va faravonligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan amaldagi soliq stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirildi. Ulgurji savdo korxonalari uchun yagona soliq to’lovining tabaqalashtirilgan stavkalari bekor qilinib (ulgurji dorixonalardan tashqari), ularning ulgurji bazasining joylashgan joyidan qat’iy nazar 5 foiz stavkada soliq to’lash tartibi belgilandi; Chakana savdo korxonalari zimmasiga soliq yukini kamaytirish hisobiga moliyaviy faolligini oshirish maqsadida, ularni joylashgan joyiga qarab: - aholini soni 100 ming kishi va undan ortiq bo’lgan shaharlarda 3 foiz; - boshqa aholi punktlarida 2 foiz qilib belgilandi. - borishi qiyin bo’lgan tog’li tumanlar uchun belgilangan amaldagi 1 foizlik soliq stavkasi o’zgarishsiz qoldi. Aktsiz solig’i bo’yicha respublikamizda ishlab chiqarilgan mebellar, billurdan tayyorlanadigan buyumlar, video va audio uskunalariga aktsiz solig’i bekor qilingan edi bu yil aksizosti tovarlar ro’yhatida deyarli o’zgarish bo’lmagan holda tovarlarga belgilangan stavkalar mos ravishda oshirilgan ; Alkogol va tamaki mahsulotlari bo’yicha aktsiz solig’i stavkalari birxillashtirildi. Yer-suv resurslaridan tejamli va samarali foydalanish maqsadida yer solig’ini, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yagona yer solig’ining amaldagi stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilindi. 2008-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Toshkent shahar qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig’ini qishloq xo’jaligi yerlarining me’yoriy qiymatidan hisoblash va to’lash tartibi belgilandi. Prezidentimiz mazkur qarori bilan soliq to’lovchilar xo’jalik sub’ektlari va xususiy tadbirkorlarga soliq va bojxona bojlarini to’lash bo’yicha bir qator imtiyozlar va qulayliklar berildi. Jumladan, barcha xo’jalik sub’ektlari – tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona to’lovlarini to’lashni soddalashtirish va uning yagona tartibini joriy etish maqsadida, tashqi iqtisodiy faoliyatning qatnashchilari bilan jismoniy shaxslar uchun belgilangan yagona bojxona to’lovini to’lash tartibi bekor qilinib, 2008-yil 1-yanvardan boshlab ularga yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan bojxona to’lovlari to’lash tartibi joriy qilindi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartibtaomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni bilan respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish maqsadida moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish tadbirlari belgilanib, unga ko’ra soliq organlariga taqdim etiladigan 2 ta moliyaviy hisobot shakllari bekor qilindi, 11 turdagi soliq hisobotlari va boshqa ma’lumotlarni birlashtirib 5 taga tushirildi, 12 turdagi soliq hisobotlarini taqdim etish davriyligi qisqartirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-4725-sonli Farmoniga binoan, xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o’rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo’lidagi mavjud to’siq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va rag’batlar yaratishga qaratildi. Xususan, 2015-yilning 1-iyulidan boshlab:
 mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar boshlab nodavlat bolalar maktabgacha muassasalari asosiy faoliyatdan turi bo’yicha bo’shaydigan mablag’larni ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga, asbob-uskunalar, inventar, bolalar o’yinchoqlari va adabiyotlar sotib olish maqsadli yo’naltirilgan holda uch yil muddatga barcha turdagi soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod qilindi (yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno). Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 414-sonli qarori bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan byudjet tashkilotlarining faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik (beg’araz) yordami berilishidan oldin qo’shimcha daromadlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar va yig’imlarining barcha turlaridan ozod qilingan edi. Mazkur qaror bilan byudjet tashkilotlari uchun belgilangan imtiyoz 2008 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya, Respublika yo’l va Maktab ta’limi jamg’armalariga o’tkaziladigan majburiy to’lovlarni to’lashga ham tatbiq etildi. Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oliy ta’lim muasasasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi “2001-2002 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi 250-sonli qarori bilan oliy ta’lim muasasalarining to’lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash tushgan mablag’lari, ulardan moddiy- texnika bazani mustahkamlash, o’quv jarayonini o’qitishning yangi vositalari bilan ta’minlash, oliy ta’lim muasasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish uchun maqsadli foydalanilgan taqdirda, soliqlar va byudjetdan tashqari majburiy to’lovlardan berilgan imtiyoz muddati 2017-yil 1- yanvargacha uzaytirildi.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag’batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartibtaomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni bilan respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish maqsadida moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish tadbirlari belgilanib, unga ko’ra soliq organlariga taqdim etiladigan 2 ta moliyaviy hisobot shakllari bekor qilindi, 11 turdagi soliq hisobotlari va boshqa ma’lumotlarni birlashtirib 5 taga tushirildi, 12 turdagi soliq hisobotlarini taqdim etish davriyligi qisqartirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-4725-sonli Farmoniga binoan, xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o’rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo’lidagi mavjud to’siq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va rag’batlar yaratishga qaratildi. Xususan, 2015-yilning 1-iyulidan boshlab:
 mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi;
 moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;
 tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;
 qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar ishtirokida amalga oshiriladi;
 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga etkazilgan zararni to’liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanktsiyalarni to’lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi;
 2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug’urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to’lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab o’n ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etildi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona soliq siyosati natijasida ilgari faqat fiskal vazifalarni bajargan davlat soliq xizmati organlari bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan ko’p funktsiyali davlat boshqaruvi organiga aylantirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan "Elektron hukumat" tizimi tarkibiga kiruvchi Davlat soliq qo’mitasining "My.soliq.uz" rasmiy sayti soliq ma’murchiligini takomillashtirishda aholining yanada faol qatnashishini va davlat soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.


Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 414-sonli qarori bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan byudjet tashkilotlarining faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik (beg’araz) yordami berilishidan oldin qo’shimcha daromadlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar va yig’imlarining barcha turlaridan ozod qilingan edi. Mazkur qaror bilan byudjet tashkilotlari uchun belgilangan imtiyoz 2008 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya, Respublika yo’l va Maktab ta’limi jamg’armalariga o’tkaziladigan majburiy to’lovlarni to’lashga ham tatbiq etildi.


Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oliy ta’lim muasasasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi “2001-2002 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi 250-sonli qarori bilan oliy ta’lim muasasalarining to’lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash tushgan mablag’lari, ulardan moddiy- texnika bazani mustahkamlash, o’quv jarayonini o’qitishning yangi vositalari bilan ta’minlash, oliy ta’lim muasasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish uchun maqsadli foydalanilgan taqdirda, soliqlar va byudjetdan tashqari majburiy to’lovlardan berilgan imtiyoz muddati 2017-yil 1- yanvargacha uzaytirildi.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag’batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartibtaomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni bilan respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish maqsadida moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish tadbirlari belgilanib, unga ko’ra soliq organlariga taqdim etiladigan 2 ta moliyaviy hisobot shakllari bekor qilindi, 11 turdagi soliq hisobotlari va boshqa ma’lumotlarni birlashtirib 5 taga tushirildi, 12 turdagi soliq hisobotlarini taqdim etish davriyligi qisqartirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-4725-sonli Farmoniga binoan, xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o’rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo’lidagi mavjud to’siq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va rag’batlar yaratishga qaratildi. Xususan, 2015-yilning 1-iyulidan boshlab:
 mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi;
 moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;
 tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;
 qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar ishtirokida amalga oshiriladi;
 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga etkazilgan zararni to’liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanktsiyalarni to’lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi;
 2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug’urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to’lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab o’n ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etildi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona soliq siyosati natijasida ilgari faqat fiskal vazifalarni bajargan davlat soliq xizmati organlari bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan ko’p funktsiyali davlat boshqaruvi organiga aylantirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan "Elektron hukumat" tizimi tarkibiga kiruvchi Davlat soliq qo’mitasining "My.soliq.uz" rasmiy sayti soliq ma’murchiligini takomillashtirishda aholining yanada faol qatnashishini va davlat soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə