161
Agrar tarmoqda kooperatsiya umumiy mohiyati shundan iboratki,
bunda eng avvalo kuchli
bozor raqobatiga bardosh berib, o’z oldiga
iqtisodiy va ijtimoiy holatini yaxshilashni maqsad qilib qo’ygan bozor
sub’ektlarining erkin tadbirkorlik va biznes bilan shug’ullanishida
ma’lum sohalarda faoliyatini birlashtirishi
va kooperastiya jarayoni
ishtirokchilarini bozordagi turli monopolist tashkilotlar va tuzilmalar
faoliyatidan himoya qilish ko’zda tutiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kooperatsiya samarali tadbirkorlik
faoliyati yo’li bilan o’z a’zolari
va aholining mahsulot, ishlar va
xizmatlarga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriy
ravishda birlashgan jismoniy yoki yuridik
shaxslarning mulkiga
asoslangan ijtimoiy xo’jalik yuritish shaklini o’zida namoyon etadi.
Amerikalik olimlar R.Fabio va Maykl L. Kuk
28
kooperativlarni
mulkchilik huquqida kelib chiqib bir nechta modelini keltirib o’tadi:
1.
An’anaviy kooperativlar. A’zolar chegaralangan, kiritgan mulkini
qaytarib olishi mumkin bo’lgan, foyda a’zolarga taqsimlanishi ko’zda
tutilgan, proporstional a’zo investorlar bo’lmagan kooperativlardir.
2.
Proporstional investistiya kooperativlari: kapital rejalashtirish
asosida tashkil etiladi. Bu keng qamrovli teng boshqaruv texnikasi
bo’lib, o’z ichiga egalik qilishni (sotib olishni) va keyinchalik qaytarib
olish evaziga pul kiritishni oladi.
3.
Investor-a’zo kooperativlar: bunda a’zolar
soni cheklangan,
o’tkazilmaydigan va mulkini qaytarib olish mumkin, lekin homiylarga
nisbatan ko’proq kooperativ a’zolariga ulushiga
qarab sof daromadni
taqsimlaydi.
28
Fabio R., M.L.Cook. Understanding new cooperative models: an ownership-control rights typology//Review of
Agricultural Economics. №3. Pg 348-360. Электрон ресурс.