185
ijtimoiy muammolarni hal qilishni ta’minlovchi tashkiliy omil sifatida
yuzaga chiqadi.
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli bo’lgan - ixtisoslashuv
ishlab chiqarishning tovar formasi bilan birga paydo bo’lgan. U tovar
ishlab chiqarish rivoji, tashkilotlar hamda tovar ishlab chiqaruvchilararo
mahsulot va xizmat ayirboshlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy
jarayon sifatida ko’pincha qarama-qarshi yo’nalishlarda, ya’ni goh
tezlashtiruvchi, goh sekinlashtiruvchi ko’pgina omillarning ta’sirida
rivojlanadi. Har qanday sharoitda ham u ishlab chiqarishni
tashkillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xo’jaliklarda ixtisoslashuvning
tezlashuvi, xususan qishloq xo’jaligi mashinasozligida
ilmiy-texnik
taraqqiyotga imkon yaratadi. Qishloq xo’jaligini yirik mashinali ishlab
chiqarish tarmog’iga aylantirish, asosiy texnologik jarayonlarni
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish,
tizimga mashinalarni
kiritishga imkon beradi.
U yoki bu tarmoqda, masalan g’alla yig’imi, paxta yig’imi va
h.z.larda nisbatan mahsuldor va tor ixtisosdagi ishlab chiqarish
texnikasini
yaratish
tarmoq
ixtisoslashuvini
talab
qiladi.
Sermashaqqat mehnat talab qiladigan sohalar-ni mexanizatsiyalash
bir operatsiyali mashinalar, shunindek aniq bir mahsulot uchun bir necha
texnologik operatsiyalarni uyg’unlashtirgan mashinalar majmuasini,
namunali binolarni talab qiladi.
Ixtisoslashuv jarayoni tezlashuviga tabiiy sharoitlar (tuproq, iqlim,
joy rel’efi) ham ta’sir ko’rsatadi. Bu va shu kabi boshqa omillarni,
alohida nazarda tutish lozim. Yaxshi yo’llar
va etarlicha transport
vositalarining mavjudligida yuksak tabiiy unumdor joylarda qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarishi kontsentratsiyasi keskin kuchayadi.
Yirik industrial markazlarni yaratish, sotuv bozorining mavjudligi,
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining amaldagi baholari ham qishloq
xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuvini tezlashtiradi. Ixtisoslashuvga
imkon yaratadigan omillarning harakati birgalikda, har
bir korxonaning
ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida o’z vazifasi bo’lishiga olib keladi.
186
Qarama-qarshi yo’nalishda o’z-o’zini ta’minlash, yil davomida
ishning bir tekis taqsimlanishi, qo’shimcha mahsulotdan foydalanish
kabi ixtisoslashuvga to’siq bo’ladigan omillar amal qiladi. Universalligi
bilan farqlanadigan ko’p tarmoqli xo’jaligi bo’lgan tumanlarda shunday
holatlar mavjud bo’ladi. Ular bir xil nisbatlarda bir xil mahsulotlarga
ishlov
beradilar, almashlab ekishda bir xillikga egalar, bir xil turdagi
jonivorlarni boqadilar. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi turli tarmoq-lar
va ishlab chiqarishda universal ishlab chiqarish kuchlarining
yaratilishidan foydalanishga to’sqinlik qiladi.
Zamonaviy shudgorlash
traktori, traktorchiga paxta, kartoshka, ozuqa mahsulotlariga ishlov
berish imkonini beradi. Xo’jalikda bir necha tarmoqlarning mavjudligida
tuproq unumdorligini oshirishning vositasi sifatida almashlab ekish juda
muhim ahamiyatga ega. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi bilan bir
xo’jalik doirasidagi turli tarmoqlarning o’zaro
aloqasi barcha
qo’shimcha mahsulotdan foydalanish hisobiga kuchsizlanib boradi.
Mehnat taqsi-moti darajasiga qarab sohalararo muvozanat bir-birini
to’ldiruvchi ixtisoslashgan xo’jalik tizimiga yaqinlashadi.
Dostları ilə paylaş: