IX BOB. AGROBIZNESDA ISHLAB CHIQARISHNI
JOYLASHTIRISH, IXTISOSLASHTIRISH VA
INTEGRATSIYA JARAYONLARI
181
ifodalanadi. Ayni paytda ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga
xos tabiiy va iqtisodiy omillar eng yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi.
Chunki bu hisob-kitoblar natijasida mehnat samaradorligining yuqori
darajasi va xarajatlarning qisqarti-rilishiga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar
chuqurlashuvi davrida tovar mahsulot-lari ishlab chiqarishning turli
ko’rinishlariga ixtisoslashgan yirik hududlar tashkil topdi. Bu eng
avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla, chorva, sabzavot va meva
mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud qishloq xo’jaligi
korxonalarining qayta to’zilishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan
xarakterlanadi.
Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi
ishlab chiqarishining o’zoq muddatli rejalashtirishini nazarda to’tadi. Bu
rejaning maqsad va vazifalari hududning, tumanning, viloyatning tabiiy
va iqtisodiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Shu narsani hisobga olish
kerakki, hududiy ixtisoslashuvda zaruriy shart-sharoitlar mavjud
bo’lganda ham bu hududlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva
mahsulotlarini sanoat tarzida qayta ishlab chiqarishning imkoniyati
borligi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda
mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga
erishib bo’lmaydi.
Hududiy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish o’zoq muddatli reja
asosida olib boriladi. Uning mazmuni joy yoki hududning tabiiy hamda
iqtisodiy shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Mazkur joy uchun qulay
bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva turlari, sanoat qayta ishlab
chiqarishi tabiiyki rivojlanadi.
Umumxo’jalik ixtisoslashuvi
.
Ixtisoslashuvning bu shakli tovar
mahsulotlari ishlab chiqarishda ayrim qishloq xo’jaligi korxonalari
o’rtasida mehnat taqsimotini anglatadi. Uning asosiy tamoyili tovar
ishlab chiqarish tar-moqlarining eng kam miqdorida eng ko’p mahsulot
etishtirishga erishishdir. Bir tarmoq bilan ishlab chiqarishni tashkil qilish
mumkin bo’lgan erda ikki, ikki tarmoq etarli bo’lganda uch tarmoqni
tashkil etish xo’jalik uchun ortiqcha qiyinchiliklarni tug’dirib, uning
182
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish imkoniyatlarini
qisqartiradi.
Ba’zi qishloq xo’jaligi korxonalarida hududiy va umumxo’jalik
ixtisoslashuvi o’zaro bog’liqdir. Hududiy ixtisoslashuv qancha
rivojlangan bo’lsa, umumxo’jalik ixtisoslashuvi uchun shuncha qulay
shart-sharoitlar yaratiladi. Ikkinchi tomondan, alohida xo’jaliklar qancha
ko’p ixtisoslashsa, u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi
shunchalik kengayadi.
Alohida qishloq xo’jaligi korxonalarida, mehnatning hududiy
taqsimoti va hududiy ixtisoslashuvga asoslanishi maqsadga muvofiqdir.
Hududiy va umumxo’jalik ixtisoslashuvi istisno tarzida tovar ishlab
chiqarishga mansubdir, ya’ni bunga tegishli korxonalar faqat o’z
hududlaridan tashqarida sotishga mo’ljallangan mahsulotlar turlarini
ishlab chiqaradilar. Ammo deyarli barcha qishloq xo’jaligi
korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sezilarli qismi ularning
o’z ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Shu sababli yalpi mah-sulot tovar
mahsulotiga nisbatan ancha ko’p ishlab chiqariladi.
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvi tovar ishlab chiqarishiga ham, tovar
bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ham taalluqlidir.
Bu ixtisoslashuvning hududiy va umumxo’jalik shakllaridan farqi
ham ana shunda. Ixtisoslashuvning bu shakli ishlab chiqarishni
xo’jalikning bo’linmalari va tarmoqlari bo’yicha oqilona joylashtirishga
qaratilgan.
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvining asosiy maqsadi - ma’lum bir tur
mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoki bo’lin-malarning eng kam miqdorini
joylashuvidan iboratdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ixtisoslashuv shakllari hudu-diy (hudud,
xo’jalik, bo’linma) belgilar bo’yicha farqlangan.
Ichki xo’jalik
ixtisoslashuvi mehnatning texnologik taqsimotiga asoslanadi. Bunday
holatlarda bir necha mustaqil korxona yoki bo’linmalar mahsulotning
qandaydir bir to’rini ishlab chiqaruvchi koopertsiyalarga birlashadi. Har
bir ishtirokchi texnologik jarayonning ma’lum bir qismini bajarib,
ikkinchisiga yarim fabrikatlarni etkazib beradi. Chorvachilikda, masalan
bir xo’jalik g’una-jinlar yoki bo’zoqlar etkazib berishga, ikkinchisi sut
183
ishlab chiqarishga, uchinchi biri ozuqa mahsulotlari etishtirishga
ixtisoslashuvi mumkin. Natijada yirik ixtisoslashgan ishlab chiqarish
tashkil topadi.
O’zbekiston qishloq xo’jaligida parrandachilik, yirik shoxli mollarni
ozuqlantirish, sabzavot mahsulotlari etishtirish va boshqa qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning
samarali faoliyatiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ichki xo’jalik
ixtisoslashuvini chuqurlashtirish qisqa muddatlarda katta samara berishi
mumkin.
Xo’jalik faoliyatini samarali yuritish, ishlab chiqarishni tashkil
etishdagi ko’pgina muammolarni to’g’ri hal qilishda ilmiy asoslangan
rejalashtirish,
moddiy-texnik
ta’minot,
ishlovchilarni
moddiy
rag’batlantirishda qishloq xo’jaligi korxonasi va bo’linmalarining
ixtisoslashuvi, ya’ni ishlab chiqarish yo’nalishini to’g’ri belgilash katta
ahamiyatga ega.
Shakllangan ixtisoslashuvni to’g’ri aniqlash uchun ma’lum
ko’rsatkichlar va mezonlardan oqilona foydalanish zarur. Ixtisoslashuv
joriy va qiyosiy baholarda hisobla-nadigan tovar mahsuloti ishlab
chiqarish samarasini belgilaydigan hodisadir.
Amaliyotda shakllangan ishlab chiqarish yo’nalishini asosiy qishloq
xo’jaligi mahsulotlarining umumiy daromadda so’nggi uch yil
davomidagi mahsulot realizatsiyasidagi ulushi bo’yicha aniqlash tavsiya
etiladi.
Ixtisoslashgan xo’jaliklar deb mahsulot realizatsiyasidan bosh
tarmoqda umumiy foydaning 50 % dan kam bo’lmagan hissasiga ega
bo’lgan korxonalarni hisoblash mumkin. Masalan, agar xo’jalikda paxta
yoki g’alla hissasi 50% yoki undan ortiqni tashkil etsa, bunday korxona
paxtachilik yoki g’allachilik yo’nalishidagi xo’jalik hisoblanadi. Agar
qishloq xo’jaligi korxonasida ikki sohadan har birining hissasi 25 %dan
kam bo’lmasa, bunday xo’jalik ham ixtisoslashgan korxona hisoblanadi
va uning ishlab chiqarish yo’nalishi bosh tarmoq, ya’ni qishloq xo’jaligi
mahsu-lotlari realizatsiyasidan tushgan umumiy foydaning nisbatan ko’p
qismini tashkil etgan sohaning ulushiga qarab aniqlanadi.
184
Uch yoki undan ziyod asosiy sohalarga ega bo’lgan qishloq
xo’jaligi korxonalari ixtisoslashgan xo’jaliklar tarkibiga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasida ixtisoslashuv yo’nalishi bo’yicha qishloq
xo’jaligi korxonalari asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-o’simlikchilik:
g’allachilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik,
sholikorlik, mevachilik, poliz mahsulotlari va h.z. ishlab chiqaruvchilar;
-chorvachilik:
sut mahsulotlari, go’sht mahsulotlari, yilqichilik,
qo’ychilik va parranda mahsulotlari etkazuvchilar.
Ixtisoslashuv darajasini xarakterlovchi va loyiha qarorlarini
baholashga imkon beruvchi - umumiy ko’rsatkich bu qishloq xo’jaligi
korxonasining
ixtisoslashuvi koeffitsientidir.
Ixtisoslashuv koeffitsienti
(K) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
K=100 / U(2N-1) (6.1)
bunda: U - tovar mahsulotida alohida tarmoq ulushi;
N - har bir mahsulot turida ulush bo’yicha tartib raqami.
Agar ixtisoslashuv koeffitsienti 0,2 dan kam bo’lsa bu past daraja, 0,2
dan 0,4 gacha, o’rtacha, 0,4dan 0,6 gacha yuksak, 0,6dan yuqorisi juda
yuksak daraja hisoblanadi. Bir tur tovar mahsuloti ishlab chiqaradigan
korxonaning ixtisoslashuv koeffitsienti 1,0 ga. teng. Qishloq xo’jaligi
korxonalarining ixtisoslashuvini aniqlash uchun boshqacha yondashuvlar va
mezonlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |