8.3. Kooperatsiyani rivojlantirishning me'yoriy-huquqiy
asoslari.
Iqtisodiyotda olib borilayotgan chuqur islohotlar qishloq
xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish va uning
me'yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish zarurligini taqozo etadi.
Bilimlar
iqtisodiyotiga
o‘tish
sharoitida
va
iqtisodiyotni
modernizasiyalash sharoitida xalqaro kooperativ alyansi tamoyillariga
javob beruvchi xo‘jalik yuritish shaklini har tomonlama rivojlantirish
uchun zarur bo‘lgan me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish zarurdir.
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish va
rivojlantirishning
me'yoriy-huquqiy
bazasini
rivojlantirish
va
takomillashtirish uchun quyidagilar shakllangan bo‘lishi kerak:
1. Qishloq joylarda va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida tadbirkorlik muhitining shakllangan bo‘lishi;
165
2. Qishloq aholisi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari
tomonidan kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning afzalligi va
samaradorligini tushunib yetishi;
3. Qishloq xo‘jaligida kooperatsiyalashgan korxonalar tizimi va
xo‘jalik yuritish ushbu tizimining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish.
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani rivojlantirish uchun huquqiy
asosni yaratuvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini quyidagi asosiy
guruhlargabo‘lishimiz mumkin .
1. Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar
2. Maxsus me'yoriy-huquqiy hujjatlar
Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlarda kooperatsiyani shakllantirish
va rivojlantirishga asos bo‘luvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni kiritish
mumkin.
Bunga birinchi bo‘lib 1990 yil 31 oktyabda qabul kilingan va
keyinchalik (1993 yil 7 mayda, 1994 yil 23 sentyabrda, 1995 yil 6
mayda, 1996 yil 27 dekabrda va 2002 yil 13 dekabrda) qo‘shimchalar
hamda o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
to‘g‘risida”gi Qonunni alohida ta'kidlash mumkin, unda O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilik shakllari belgilab berilgan. Mazkur
qonunning 11-moddasida, kooperativ mulk shakli tushunchasiga aniq
ta'rif berilgan. Unda “Xo‘jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat
bilan shug‘ullanishi uchun a'zolik asosida ixtiyoriy birlashgan
fuqarolarning birgalikdagi mulki - kooperativ mulkdir” deyilgan. Shu
bilan birga bunda mulkni hosil qilish mexanizmi ham belgilangan,
xususan, “kooperativ mulk uning a'zolari bergan pul yoxud boshqa mol-
mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni
sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa
faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va ko‘payib
boradi” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69 moddasida
fuqarorlar shaxsiy ishtiroki bilan ishlab chiqarish kooperativlariga a'zo
bo‘lishlari mumkinligi aytib o‘tilgan. Ushby kodeksning 73 moddasida
esa notijorat tuzilmalari sifatida matlubot kooperativlarining huquqiy
166
maqomi belgilab quyilgan. Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy)
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a'zolikka asoslangan
ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv
uning a'zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Bunda matlubot kooperativlari uchun tijorat
faoliyat bilan shug‘ullanishi imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ishlab
chiqarish kooperativlari uchun notijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi
ko‘zda tutilmagan.
Kooperatsiyaning
shakllanishi
va
rivojlanishining
umumiy
qonunchilik hujjatlari ichida O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon
xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar
to‘plami muhim o‘rin tutadi. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunining
22-moddasida
va “Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasida ularning “ixtiyoriylik asosida,
shu jumladan ulushi (pay) asosda mahsulot yetishtirish, harid qilish, uni
qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta'minoti, qurilish, texnikaviy,
suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘nalishidagi va
boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga),
jamiyatlarga, ittfoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga
birlashish, kirish huquqiga ega”ligi qonun bilan belgilab quyilgan.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida ushbu va boshqa me'yoriy-
huquqiy hujjatlar qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaning barcha turlarini
keng rivojlantirish uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratadi.
Kooperatsiyalashgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini
tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi
“Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi
to‘g‘risida” gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
(45,48, 353-385-moddalar), O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (175,176-1, 176-2,212 va 214-
moddalar), O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (175, 181,
186, 205, 207 va 209 moddalar) muhim o‘rin tutadi.
Kooperatsiya
munosabatlarini xorijiy sarmoya ishtirokidagi
qo‘shma korxonalar shaklida tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishning
167
me'yoriy-huquqiy va qonunchilik bazasi hamda tashqi iqtisodiy faoliyat
tartibi va mexanizmlarini alohida ajratish lozim. Bu kooperatsiyalashgan
xo‘jaliklarga investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish kooperativlari tijorat tashkilot
sifatida Soliq Kodeksiga binoan soliq to‘lovchi hisoblanadi. Iste'mol
yoki boshqa xizmat ko‘rsatuvchi kooperativlar notijorat tashkilot sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga (2008 yil 1 yanvar) asosan
daromad, mol-mulk, yer solig‘i va yana ba'zi bir soliqlardan ozod
etilgan.
Qishloq xo‘jaligida koopersiya munosabatlarini shakllantirish va
rivojlantirishning maxsus me'yoriy-huquqiy hujjatlariga O‘zbekiston
Respublikasining 1991 14 iyunda qabul qilingan hamda 1993 yil 28
dekabr va 1998 yil 29 avgustda qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar
kiritilgan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi shuningdek 1998 yil 30 apreldagi
“Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat) to‘g‘risida”gi qonunlarini
alohida ajratish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni
jismoniy va yuridik shaxslarga kooperatsiyalashgan xo‘jalikka ixtiyoriy
ravishda kirish va undan erkin chiqishi, ushbu xo‘jalikni boshqarishda
ishtirok etishni, uning mulkchilikning boshqa shakllari bilan teng
huquqliligini, jamoa xo‘jaligining mustaqilligini va uning ustav
vazifalarini bajarish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda mustaqillikni
kafolatlaydi.
“Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat) to‘g‘risida”gi qonuni ishlab
chiqarish kooperativlarini rag‘batlantiradi. Ushbu qonunda qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi
ta'kidlanadi. Qonunda ko‘proq oila pudratini rivojlantirishga e'tibor
qaratiladi.
Oxirgi yillarda respublikada qishloq xo‘jaligida kooperatsiya
munosabatlarining huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida
qarorlar va farmonlar qabul qilinmoqda. 2019 yil 14 mart kunida
“Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori qabul qilindi. Meva-sabzavotchilik sohasida
168
qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish, sifatli meva-
sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning eksporti barqarorligini
ta'minlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy
imkoniyatlarini
kengaytirish,
shuningdek,
ishlab
chiqarishning
raqobatbardoshligini
oshirish
maqsadida
qishloq
xo‘jaligi
birlashmalarini tashkil etishga ruxsat berildi. Qishloq xo‘jaligi
birlashmalarida ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida
mustaqil va o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer, dehqon
xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarining kooperasion birlashishi
nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020
yida Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Parlamentimiz ushbu
islohotlarimizning huquqiy asosi bo‘lgan “Kooperatsiya va klasterlar
to‘g‘risida”gi yangi qonunni tezroq qabul qilinishi zarurligi ta'kidlab
o‘tildi.
Ko‘pgina olimlar va mutaxassislarning ta'kidlashicha, kooperatsiya
munosabatlari va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini shakllantirish va
rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan me'yoriy-huquqiy bazani
takomillashtirish zarur.
Birinchidan, kooperatsiyani rivojlanishi davlat va jamiyat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi me'yoriy-
huquqiy hujjatlarning g‘oyat zaif huquqiy ta'minotga egaligi;
mulkchilikning turli shakllarini asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyotni
rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan davlat ayni paytda ishlab chiqarish
va qishloq xo‘jalik kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida me'yoriy-
huquqiy maqom bermayotganligi; kooperatsiyaning barcha turlarini
rivojlantirishning
maqsadga
muvofiqligi
davlat
tomonidan
kooperatsiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat va
mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bilan
kuzatilmayotganligi
Sh.Ergashxodjaevaning
ilmiy
tadqiqotlari
natijalarida ta'kidlangan edi. Ma'lumki, haligacha kooperatsiya
rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me'yoriy–huquqiy baza takomillashtiril-
magan. Bizningcha ham ushbu masala haligacha dolzarbligini
yo‘qotmagan va bunga alohida e'tibor qaratish zarur.
169
Ikkinchidan, internet tarmog‘ida “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya
to‘g‘risida” qonun loyihasi muhokamasi e'lon qilinganligiga guvoh
bo‘lamiz. Ushbu qonun loyihasini tanishib chiqish jarayonida
quyidagilarga e'tibor qaratdik. Masalan, qonun loyihasini 6-moddasida
“Iste'mol kooperativi tijorat tashkilot hisoblanadi va ushbu moddada
belgilangan qoidalarga muvofiq bir yoki bir nechta faoliyat turlarini
bajarish uchun kooperativ a'zolarining ehtiyojlarini qondirish maqsadida
tashkil etilgan qayta ishlash, sotish (savdo), xizmat ko‘rsatish, ta'minot,
bog‘dorchilik, tomorqachilik, chorvachilik va boshqa koperativlarga
bo‘linadi” deyilgan. Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib va rivojlangan
davlatlarning kooperativ harakatini o‘rganish natijasida shuni aytish
mumkinki, iste'mol kooperativlari notijorat tashkilot sifatida tashkil
etilishi ko‘zda tutilishi kerak. Yana bir masala, shu moddada
“bog‘dorchilik, tomorqachilik, chorvachilik va boshqa koperativlarga
bo‘linadi” deyilgan. Bizningcha, bu yo‘nalishlarni kooperativ turlariga
kiritish tavsiya etilmaydi. Yuqorida ta'kidlangan ya'ni qayta ishlash,
sotish (savdo), xizmat ko‘rsatish, ta'minot kooperativlari ushbu
tarmoqlarda ham tashkil etilishi mumkin. Xorijiy davlatlar tajribasidan
ma'lumki, bitta kooperativ bir nechta yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishi
mumkin, ya'ni ularning faoliyati ham diversifikasiyalangan bo‘ladi.
“kompleks xizmatlar” ko‘rsatadigan kooperativ turi kiritilmasa
maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni tarmoqlarida, shu
bilan birga qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini
shakllantirish va uni rivojlantirish borasidagi islohotlarni yanada
jadallashtirish va uni huquqiy bazasini ham takomillashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |