8.4. Xorij mamlakatlarda kooperatsiya munosabatlari.
Hozirgi vaqtda kooperativ harakat tajribasi barcha jihatlardan diqqat
bilan o‘rganilish va amaliy foydalanishga loyiq, chunki kooperatsiya
inson faoliyatining internasional hodisasi. Chet elda kooperativ
faoliyatni o‘rganishning amaliy ahamiyati yana shundaki, u xalqaro
nuqtai nazaridan o‘zaro foydali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni
yaxshiroq amalga oshirishga imkon berishdan iborat.
170
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaligi kooperatsiyasi
va xo‘jalik yuritishning boshqa shakllarini tashkil etishning tizimli
yondoshuv uslubiyoti mamlakatimiz mintaqalari uchun ham qiziqish
uyg‘otadi. Bu harakatni rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti
ishlab chiqaruvchilarni kooperativlarga birlashtirish shaklini joriy etish
maqsadga muvofiqdir.
Yevropa
mamlakatlaridagi
fermerlar
kooperatsiyasi
mayda
mahsulot ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatishda muhim rol'
o‘ynaydi. Masalan, yirik korxonalarning tazyiqini qaytarish, o‘z o‘rni va
manfaatlarini himoya qilish maqsadida fermerlar ixtiyoriy ravishda
birlashib, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchi ta'minot
kooperativlarini tuzadilar. Bu yirik yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi
firmalar,
dilerlik
xizmati
monopoliyasidan
chiqish
va
bozor
raqobatchisini ta'minlovchi omil hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda kooperativlarning soni fermerlar
sonidan ancha ko‘p. Chunki, odatda fermer bir vaqtning o‘zida 2 — 3 ta,
ba'zi hollarda esa 4—5 ta kooperativlarga a'zo bo‘ladi. AQSh qishloq
xo‘jaligi departamentining ma'lumotlariga ko‘ra, har 5 ta tovar
firmasining egasidan 4 tasi fermerlar kooperativlari xizmatidan
foydalanadi.
Kooperatsiya bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning
eng muhimlari kooperativ o‘z a'zolarining umumiy mulki sifatida
bo‘lishi, boshqarishning demokratik asosga qurilganligi va boshqalardir.
Bu mamlakatda kooperativlarning bir necha turlari faoliyat ko‘rsatadi.
Servis kooperativlari, sotish bilan shug‘ullanuvchi kooperativlar ana
shular jumlasidandir. Kooperativlar orqali sotilayotgan mahsulotlarning
90 foizini don, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot va meva tashkil
qiladi. Kooperativlar orqali urug‘lik, chorva ozuqasi, o‘g‘it, pestisidlar,
yonilg‘i-moylash va qurilish materiallarining qariyb 80 foizi sotib
olinadi.
Kooperativlar esa fermer xo‘jaliklarini sug‘urtalash, kreditlash,
aloqa tarmoqlarini o‘rnatish, melioratsiya, transport xizmati, chorva
mollarini sun'iy qochirish, tuproqqa ishlov berish, yangi texnologiyalarni
qo‘llash va boshqa sohalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
171
Xususan, AQShdagi "Heartland" kooperativining tajribasi diqqatga
sazovordir. Mazkur kooperativ fermerlarni mineral o‘g‘it, zaharli
kimyoviy vositalar, urug‘lik bilan ta'minlaydi. Kooperativning zaharli
kimyoviy vositalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish bo‘yicha Yevropadagi
kimyo zavodlar bilan shartnomasi mavjud. Shu bilan birgalikda
kooperativ fermerlar buyurtmasiga binoan ularning o‘simliklariga
kimyoviy ishlov berish xizmatini ham ko‘rsatadi. Buning uchun barcha
zarur texnika vositalari mavjud bo‘lishi lozim. Kooperativ fermerning
buyurtmasiga binoan mineral o‘g‘itlarni sof yoki aralashtirilgan holda
fermerning dalasiga yetkazib beradi.
Kanadada qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulot
assosiasiyalari Kanadaning agrar siyosati muvaffaqiyatli qishloq xo‘jalik
ishlab
chiqarishi
uchun
iqtisodiy
sharoitlarni
ham,
ishlab
chiqaruvchilarga o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va butun
faoliyatlari daromadliligini oshirish uchun qayta ishlash sanoati va bozor
imkoniyatlaridan foydalanishga imkon beruvchi tashkiliy asoslarni ham
yaratishga qaratilgan. Bunday tashkiliy asoslar ishlab chiqaruvchilarning
qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash va mahsulotlarni sotishga
tayyorlash sohasidagi kooperatsiyasi, shuningdek, kooperativ shakldagi
ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslashgan savdo assosiasiyalarini tashkil
etish bo‘ladi.
Ulgurji, ba'zan esa chakana savdo mahsulotini qayta ishlash
sohasida ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi Kanadada o‘ttizinchi
yillardayoq rivojlana boshlangan. Hozirgi vaqtda bunday ishlab
chiqaruvchilar kooperatsiyasi qonunchilik asosiga ega va ishlab
chiqaruvchilar faoliyatining tan olingan me'yoriga aylangan.
Germaniyada barcha qishloq xo‘jalik kooperativlari mamlakatdagi
eng yirik kooperativ birlashma "Nemis Rayffayzen ittifoqi" tarkibiga
kiradi. Fermer xo‘jaliklarini kreditlash, ularni ishlab chiqarish vositalari
bilan ta'minlash, turli xil xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotlarni tayyorlash,
so¬tish va qayta ishlashda kooperativlar muhim rol o‘ynaydi.
Kooperativlarni tuzish va ularni rivojlantirishni davlat qo‘llab-
quvvatlaydi.
172
Germaniya kooperativlari nemis o‘rta korxonalarining agrar
sektordagi tabiiy sheriklari bo‘lib, birgalikdagi kooperativ korxona
yuritish orqali o‘z a'zolari xo‘jaliklari va iqtisodiy faoliyatiga
ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi. Kooperativning asosiy vazifasi
tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu sohasida xo‘jalik yutuqlariga
erishish, kooperativ a'zolari rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek
o‘z xo‘jaliklari manfaatlarini a'zolarga yordam ko‘rsata olish
imkoniyatini uzoq vaqtga saqlab qolish maqsadida himoyalashdir.
Qishloq
joylarini
muhim
mahsulotlar
bilan
ta'minlashda
kooperativlar katta o‘rin tutadi. Rayffayzen bozorlari uy va bog‘lar
uchun yuqori sifatli tovarlarni yetkazib beradi. Malakali maslahatchilar
mijozlarga o‘z xizmatlarini taklif etadilar.
Oziq–ovqat sanoati, oziq mahsuloti savdosi uchun Rayffayzen
tashkiloti kooperativlari uchun muhim sheriklardir. Federal darajada
boshlang‘ich
kooperativlar,
hududiy
Markaziy
banklar
va
muassasalarning o‘zaro harakati tufayli kooperativlar istalgan vaqtda
istalgan sifatda kerakli mahsulot hajmini bera oladi. Qishloq xo‘jalik
mahsulotini saqlanishi, dastlabki ishlov berilishi va yig‘imi tufayli ular
istalgan hajmdagi partiyalarni tashkil eta oladilar. Kooperativlar sifatni
doimiy nazoratini olib beradi va o‘z mahsulotini kafolatlaydi.
Kooperativ ishlab chiqargan mahsulotlar o‘z va chet el bozorlarida
yuqori baholanadi.
Isroil qishloq xo‘jaligida erishilgan yutuqlarning siri – qishloq
xo‘jaligi va oziq-ovqat majmuasining barcha sohalarida eng yangi
texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llashda hamkorlik qiluvchi
qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va tadqiqotchilari o‘rtasidagi
yaqindan o‘zaro hamkorlikdadir.
Isroil tajribasining e'tiborga loyiqligi shundan iboratki, mamlakat
asosan tabiiy omillarning salbiy ta'sirini yengdi, bu sohada takror ishlab
chiqarish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik qulay sharoitlar
yaratilgan. Agrar sektorning ijtimoiy shakllarini aynan deyarli butun
qishloq xo‘jaligini qamrab oluvchi kooperativ faoliyat turlarini
rivojlantirish borasidagi Isroil tajribasining ahamiyati bir mamlakat
chegarasidan uzoqqa chiqqan.
173
Isroil kooperativlarining barcha turlari, shu jumladan kibbusilar, o‘z
kundalik faoliyatida iste'mol, qayta ishlash, sotish va boshqa kooperativ
birlashmalarning tarmog‘iga tayanadi. Ta'minot sotuv kooperativlari
kibbusilar va moshavlarga nafaqat texnika, ozuqa va o‘g‘itlar yetkazib
beradilar, balki qishloq xo‘jalik mahsulotini saqlash, qayta ishlash va
sotish bilan ham shug‘ullanadilar. Iqtisodiyotning kooperativ sektorida
bosh ta'minot tashkiloti ulgurji savdo markaziy kooperativ birlashmasi –
Xamashabir xamerkazidir. Ulgurji savdoning bu birlashmasi asosiy a'zo-
hissadorlari qishloq xo‘jalik kooperativlari, shu jumladan kibbusilar.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining dastlabki ishlov berish va sotish
Markaziy
kooperativ
jamiyati
–
Tikuva
Isroildagi
butun
agromahsulotlarning 60 foizdan ortig‘ini sotadi. Eksport mahsulotni
kooperativ federatsiyalar tomonidan tashkil etilgan AGR EKSKO
kooperativ kompaniyasi realizasiya qiladi.
Lotin Amerikasi
30
mamlakatlarida hozirgi vaqtda ma'lum bo‘lgan
barcha xildagi va turdagi kooperativlarni, shuningdek faqat ushbu
mintaqada uchraydigan kooperativlarni uchratish mumkin. Biroq u
yerda kredit, matlubot va qishloq xo‘jaligi kooperativlari keng
tarqalgan, ular kooperativlar umumiy sonining tegishlicha 17,5, 8,8 va
27,4 foizini tashkil etadi va ularga korporativ sektorida band bo‘lganlar
umumiy sonining tegishlicha 33,4, 17,7 va 12,2 foizi a'zo. Bunday
o‘zaro nisbat ma'lum bir mantiqqa ega, chunki qishloq xo‘jaligi Lotin
Amerikasining barcha mamlakatlarida muhim o‘rin tutadi,
moliyaviy resurslar taqchilligi esa mayda va o‘rta tovar ishlab
chiqaruvchilar uchun asosiy muammo hisoblanadi.
Lotin
Amerikasi
mintaqasining
ko‘plab
mamlakatlari
kooperativlari uchun mustaqil qaror qabul qilish jiddiy muammo
tug‘diradi, chunki ularning faoliyati davlat tomonidan ham, xususiy
sektor
tomonidan
ham
haddan
ziyod
tartibga
solingan.
Kooperativlarning moliyaviy bazasi turli fondlar hisobidan shakllanadi.
Odatda, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan fondlarni tashkil
etishning uchta asosiy moliyaviy manbaini ajratish mumkin: paychi
30
Эргашходжаева Ш.Ж. Қишлоқ жойларида кооперацияни ташкил қилишнинг маркетинг стратегияси.
-Тошкент. «Фан» нашриёти, 2006. –Б. 28-29
174
a'zolarning mablag‘lari (ko‘pchilik kooperativlarda bu nafaqat dastlabki
badal, balki ish haqidan har oyda ajratiladigan foizlar), kooperativ
bo‘linmas (yoki zahira) fond va tashqi moliyalash manbalari (qarzlar,
kreditlar, subsidiyalar). Kooperativ oladigan sof foyda, odatda,
quyidagicha tarzda bo‘linadi: uning 50 foizi paychi a'zolarga bajarilgan
ish uchun mukofot sifatida yo‘naltiriladi, qolgan qismining 10 foizini
zahira fondiga, 15 foizini ijtimoiy — maishiy fondga va 25 foizini
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalar tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari Argentinada kooperativlar
umumiy sonining 1/3 qismini tashkil qiladi va mamlakat xo‘jalik
hayotida muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligiga doir ma'lumotlarga
ko‘ra, Argentinada 8 ta federatsiyaga birlashgan 1380 ta qishloq
xo‘jaligi kooperativi mavjud bo‘lib, shulardan 570 tasi g‘alla ekinlari,
105 tasi chorvachilik, 135 tasi mevalar, 41 tasi paxta, 31 tasi tamaki
yetishtirishga ixtisoslashgan. Maqsadli yo‘nalish nuqtai nazaridan
qishloq xo‘jaligi kooperativlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin: faqat
agrar sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi kooperativlar; qishloq xo‘jaligi
va o‘zaro bog‘langan tarmoqlarni qamrab oluvchi kooperativlar va ko‘p
sohali kooperativlar. Birinchi guruhga qishloq xo‘jaligi mahsulotini
xarid qilish va sotish, ikkinchi guruhga xizmatlar ko‘rsatish
ixtisoslashgan kooperativlar kiradi. Argentina kooperativlarining katta
qismi uchinchi guruhga taalluqli bo‘lib, ular nafaqat ishlab chiqarishni
amalga oshiradi, balki o‘z a'zolarini barcha zarur narsalar bilan
ta'minlash funksiyasini o‘z zimmasiga olish barobarida mahsulotni ham
sotadi.
Argentina uchun ayniqsa sut yo‘nalishidagi chorvachilik kooperativ
xo‘jaliklari katta ahamiyat kasb etadi. Ular ichida I va II pog‘ona
kooperativlari farqlanadi. Ko‘plab mayda va o‘rta xo‘jaliklarni
birlashtiruvchi I pog‘ona kooperativlari sut mahsuloti yetishtirish bilan
shug‘ullanadi. Provinsiyalar doirasida kooperativlar uyushmasini o‘zida
namoyon etuvchi II pog‘ona kooperativlari I pog‘ona kooperativlari
175
yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va sotish bilan hug‘ullanadilar.
Dostları ilə paylaş: |