Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi 
malakalarga ega bo‘lishlari kerak:
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi: 
yog‘ochga qo‘lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini 
tashkil qilish; yog‘ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida 
operatsiyalarni bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning 
eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallar, texnologik 
xaritalar; yog‘och va metallga ishlov berishni uyg‘unlashtiruvchi xalq 
hunarmandchilik turlari bo‘yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.


Bilim, ko‘nikma, malaka, kasb, ixtisoslik. 
Pedagogik nuqtai nazardan olib qaydigan bo‘lsak, bilim bu - shaxsning 
ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq 
haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma
- shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Texnologiya darslarida o‘quvchilarni tarbiyalash va ularni bo‘lajak amaliy 
faoliyatga tayyorlashda mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. 
Quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir 
qator mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Mehnat malakalari va 
ko‘nikmalari faqat texnologiya ta’liminigina natijasi bo‘lib qolmay, balki 
o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini 
bajarishga jalb qilish sharti hamdir. Bundan tashqari ko‘nikma - kishining bilim va 
elementar tajriba asosida egallagan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan 
qobiliyatidir. Masalan: Gazlamani yoki metall materiallarini to‘g‘ri kesa bilish 
ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ushlay bilish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, 
yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash, qomatni muvofiq keluvchi tarzda 
tutish degan ma’noni anglatadi. Bu o‘rinda ustalik bilan harakat qilib, ma‘lum ish 
shartlariga, masalan, ishning surati va aniqligiga rioya qilish kerak. Aks holda ish 
unumsiz bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning bilimlari ish jarayonida bajarilayotgan 
harakatlarning nazariy asosi hisoblanadi. Harakatning ayrim bosqichlari va 
ularning izchilligni ana shu bilimlar orqali anglanadi, tushuniladi. Elementar tajriba 
o‘quvchilarga faoliyatning ma’lum turi bo‘yicha tasavvur beradi. Bunday 
tasavvurlarni yaratishda o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari ham, o‘zgalar 
tajribasining (so‘z, grafik tasvir orqali berilgan natural ko‘rsatish va shu 
kabilarning) ular tomonidan idrok etilishi ahamiyatlidir. Biroq shaxsiy tajriba 
yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zgalar tajribasini idrok etish faqat shaxsiy tajriba mavjud 
bo‘lgandagina ijobiy natija ko‘rsatadi. O‘rganuvchilarda o‘zgalar tajribasini 
o‘rganish uchun zamindir deb ta’kidlagan.
Berilayotganni o‘zlashtirish - bu o‘zgalar tajribasining natijalarini o‘z 
tajribasining ko‘rsatkichlari bilan qiyoslashdir. O‘zgalar tajribasi bo‘lajak ish 


uchun o‘ziga xos namuna, yo‘l yo‘riqdir. O‘zi uchun yangi bo‘lgan harakatni 
bajarishda o‘rganuvchi dastlab ko‘p ortiqcha harakatlar qiladi, ularni moslashtira 
olmaydi, harakatlarni no‘noqlik bilan qiladi, tez charchaydi. Mazkur harakat ko‘p 
karra takrorlanganda o‘rganuvchi mehnat mahoratini va chaqqonlikni egallaydi. 
Mehnat harakatlarining mukammallashuvi sintetik bosqichda maxsus mashqlar 
ta‘sirida yuzaga keladi. O‘rganuvchining ongi ayrim harakatlarni yaxlit harakatga 
birlashtirish jarayoniga yo‘llangan bo‘ladi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə