Bilim, ko‘nikma, malaka, kasb, ixtisoslik.
Pedagogik nuqtai nazardan olib qaydigan bo‘lsak, bilim bu - shaxsning
ongida tushunchalar,
sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq
haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma
- shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Texnologiya darslarida o‘quvchilarni tarbiyalash va ularni bo‘lajak amaliy
faoliyatga tayyorlashda mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi.
Quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir
qator mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Mehnat malakalari va
ko‘nikmalari faqat texnologiya ta’liminigina natijasi bo‘lib qolmay,
balki
o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini
bajarishga jalb qilish sharti hamdir. Bundan tashqari ko‘nikma - kishining bilim va
elementar tajriba asosida egallagan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan
qobiliyatidir. Masalan: Gazlamani yoki metall materiallarini to‘g‘ri
kesa bilish
ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ushlay bilish, harakatni aniq muvofiqlashtirish,
yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash, qomatni muvofiq keluvchi tarzda
tutish degan ma’noni anglatadi. Bu o‘rinda ustalik bilan harakat qilib, ma‘lum ish
shartlariga, masalan, ishning surati va aniqligiga rioya qilish kerak. Aks holda ish
unumsiz bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning bilimlari ish jarayonida bajarilayotgan
harakatlarning nazariy asosi hisoblanadi. Harakatning ayrim bosqichlari va
ularning izchilligni ana shu bilimlar orqali anglanadi, tushuniladi. Elementar tajriba
o‘quvchilarga faoliyatning ma’lum turi bo‘yicha tasavvur beradi.
Bunday
tasavvurlarni yaratishda o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari ham, o‘zgalar
tajribasining (so‘z, grafik tasvir orqali berilgan natural ko‘rsatish va shu
kabilarning) ular tomonidan idrok etilishi ahamiyatlidir. Biroq shaxsiy tajriba
yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zgalar tajribasini idrok etish faqat shaxsiy tajriba mavjud
bo‘lgandagina ijobiy natija ko‘rsatadi. O‘rganuvchilarda o‘zgalar
tajribasini
o‘rganish uchun zamindir deb ta’kidlagan.
Berilayotganni o‘zlashtirish - bu o‘zgalar tajribasining natijalarini o‘z
tajribasining ko‘rsatkichlari bilan qiyoslashdir. O‘zgalar tajribasi bo‘lajak ish
uchun o‘ziga xos namuna, yo‘l yo‘riqdir. O‘zi uchun yangi bo‘lgan harakatni
bajarishda o‘rganuvchi dastlab ko‘p ortiqcha harakatlar qiladi,
ularni moslashtira
olmaydi, harakatlarni no‘noqlik bilan qiladi, tez charchaydi. Mazkur harakat ko‘p
karra takrorlanganda o‘rganuvchi mehnat mahoratini va chaqqonlikni egallaydi.
Mehnat harakatlarining mukammallashuvi sintetik bosqichda maxsus mashqlar
ta‘sirida yuzaga keladi. O‘rganuvchining ongi ayrim harakatlarni yaxlit harakatga
birlashtirish jarayoniga yo‘llangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: