Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə20/28
tarix26.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#101537
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
5 – sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni (1)

Ta’lim oluvchilarning soni. O’quv guruhidagi ta’lim oluvchilarning soni muhim ahamiyatga ega. Agar ular ko’pchilik bo’lmasa, eng faol metoddan foydalanib, o’qitishni jadal sura’tda olib borish mumkin. Agar talabalar ko’p bo’lsa, agar siz faol metodlardan o’zini oqlamagan darajada ko’p foydalansangiz, ularning har biriga etarli e’tibor berish uchun vaqtingiz etishi amri mahol. Katta guruhlar uchun o’quv materialini og’zaki bayon qilish metodlari ko’proq mos keladi.
O’quv-moddiy sharoitlar. Ba’zi metodlarni qo’llashda alohida sharoitlar talab qilanmaydi: kompyuter, maxsus kompyuter dasturlari, magnit doskasi, maxsus jihozlangan xona. Agar siz, maxsus o’quv-moddiy sharoitlar talab qiladigan metodlardan foydalanmoqchi bo’lsangiz, ularning naqdligini ta’minlashingiz kerak.
Aqliy hujum (fikrlar hujumi-breynstorming, fikrlar bo’roni –amaliy yoki ilmiy muammoni hal qilishda g’oyalarni jamoa bo’lib ilgari surish) mutodini qo’llash. Bu metoddan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni bir xil fikrlashdan xolis qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan noaniq fikrlarni engishdir. Bu metod 1953 yilda A.F. Osborontomonidan tavsiya etilgan. Bunda o’quvchilarda qo’yilgan muammoning mohiyatini anglagan holda dastlabki fikr yuritish ko’nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga ular o’zlarining fikrlarini eshitishni va hurmat qilishni o’rganadilar. Fikrlar hujumi vaqtida ishtirokchilar birgalikda qiyin masala yoki muammoni echadilar. Iloji boricha ko’proq g’oyalar taklif etilib, ular tanqid ostiga olinmaydi, rad etilmaydi. Bu usulning afzalligi ham shundan iborat bo’lib, har qanday g’oya, hatto mantiqsizlari ham hisobga olinadi. Ularning hammasi yoziladi, tahlil qilinadi, baholanadi va shundan keyigina ular ichidan eng samarali, maqbul echim tanlab olinadi. Fikrlar hujumida 15 tagacha ishtirokchi bo’lib, 1 soatgacha davom etadi. Bu metoddan mikroguruhlarda va katta auditoriya (60 kishigacha)da foydalanish mumkin.
Modifikastiyalashgan dars – shakli o’zgartirilgan ta’lim usuli bo’lib, bunda darsni o’qituvchi o’quvchilar bilan muloqot tashkil etgan holda mavzuni yoritib beradi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə