Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə21/28
tarix26.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#101537
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
5 – sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni (1)

Improvizastiya – tayyorgarliksiz bayon etish usuli bo’lib, savol, topshiriqlarni o’quvchilar muddatsiz, tayyorgarlik ko’rmay tahlil qiladilar.
Multimediya – ma’lum bir vaqtga mo’ljallangan, ko’rgazmali, rejali, dastur asosida qurilgan va kompyuter texnikasi vositasida namoyish etiladigan, tushuntirish va harakat aks ettirilgan dars shaklidir.
Klaster – “axborotlarni yozish”. “Klaster” – inglizcha so’z bo’lib, g’uncha, bog’lam ma’nosini anglatadi. Axborotlar klasterlarga ajratish interfaol pedagogik strategiya bo’lib, u ko’p variantli fikrlashni, rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg’otish va muayyan mavzu bo’yicha ancha fikr yuritishga chorlaydi.
Klaster” metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
Bumerang texnologiyasi. Ushbu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)larni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olishi, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’lish hamda dars mobaynida o’qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o’quvchi)larni baholay olishga qaratilgan.
Skorobey texnologiyasi. Bu texnologiya o’quvchilarda fikriy bog’liqlik,
mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə