Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə24/28
tarix26.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#101537
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
5 – sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni (1)

SIMLARNI TO’G’RILASH.
To’g’rilash materil yoki zagotovkaning notekis, қinғir va tob tashlangan joylarini, tegishli қismlarini cho’zish yoki siқish yo’li bilan tuzutishdan iboratdir. Metallarni to’g’rilash buyumni rejalashdan oldin bajarilishi kerak. Zarb berilganda yorilmaydigan metallarni to’ғirlash mumkin. Bunda ular list plitaga yoki turli shakldagi ostlikka қo’yiladi, so’ngra listning chetidan boshlab do’nglik joyi tomon bolg’acha bilan aylantirib urib chiқiladi. Zarblar tez-tez, ammo қattiқ bo’lmasligi kerak, materialni to’g’rilashda bir joyning o’ziga bir necha marta urmaslik, ya’ni uni pachaқlab yubormaslik lozim.
Po’lat va rangli metallarning YUPQA listlari mis, qo’rg’oshin, yog’och yoki rezina bolg’achalar bilan to’ғrilanadi. Diametri 1 mm dan ortiқ simlar po’lat plita ustida yog’och bolғa bilan to’ғrilanadi.
To’g’rilash vaқtida dastasi yaxshi maҳkamlangan bolғa bilan ishlash kerak, bunda, bolғaning uch қismi yorilmagan bo’lishi, metall listning chetlaridan қo’lni kesmaydigan қilib ushlash, simni tutib turgan қo’l plitadan chetta turishi kerak.
Simlarni tog’irlash usullari.
Қisқa simlarni bolғa bilan to’g’rilash mumkin. Bunda ularni tekis yuzali yog’och taxta ustiga қo’yib, egri joylari bolғa bilan uriladi. Tekis yuzada simning egri yoki to’ғriligi yaққol ko’rinadi.
Mis va alyuminiy simlarni to’g’rilashda metall bolғadan emas, balki yog’och to’qmoқdan foydalanish lozim.
Yumshoq va uzun simlarni to’g’rilash uchun avval undagi eng katta egilishlar tekislanadi, keyin tiskiga biror stilindrsimon buyumni қistirib, uning sirtidan simning ikki uchidan ikki қo’llab tortiladi. Simning ikkala uchi esa tekis yuzali ombur bilan to’ғrilanadi.
Simlarni bukish.
Ingichka alyuminiy mis, latun simlar iloji boricha yassi jaғli omburda, yo’ғon simlar esa tiskiga o’rnatilgan yog’och taxta o’rtasiga qistirilgan ҳolda bolg’a bilan urib bukilishi kerak.


SIMLARDAN YASALADIGAN BUYUMLARNING TEXNIK RASMI VA ESKIZINI CHIZISH.
Ish plani

  1. Simlardan tayyorlanadigan buyumlarning eskizi va texnik rasmi ҳaқida ma’lumot berish.

  2. Eskizda diametr va radiusning belgilanishini tushuntirish.

  3. Buyum eskizini bajarish usullari.

  4. Simni kesish va to’g’rilash.

I
shning borishi. O’quvchilarga simlar po’latdan, misdan, alyuminiydan tayyorlanishi aytilib, ularning namunasi ko’rsatilib, so’ng buyumning “texnik rasmi va eskizi nima?” degan savol beriladi. Bu savolga O’qituvchining o’zi javob қaytaradi.
O’quvchilarga simlardan tayyorlangan buyumlar va ularning texnik rasmlarini, buyumning o’zini ko’rsatib, simlar bilan ishlash texnologiyasini, foydalaniladigan asbob va moslamalarni tushuntiradi.
O
1.39-rasm

’qituvchi knopkani chiқarib oladigan moslama yasashni tavsiya etadi (
1.39-rasm).
Buning uchun simning bir uchini doira shaklida bukib, ikkinchi uchini sandon ustida pachoқlab, ikki қirrali egov bilan ajratiladi. Keyin uning ajratilgan uchi biroz egilsa, moslama tayyor bo’ladi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə