Buxoro shahar 24- sonli ko’rish bo’yicha



Yüklə 29,88 Kb.
səhifə5/6
tarix21.06.2023
ölçüsü29,88 Kb.
#118334
1   2   3   4   5   6
Yolg\'onchi bola

Qo’shiq
Muhammad Yusufning “Bobur nidosi” she`ri ijro etiladi
Toqatim toldi oqibat
Taxtni yov oldi oqibat
O`z yurtim qoldi oqibat
Avg`on ketdim daryo kechib
Omad kelar, ketar ekan
Jon do`sting ham sotar ekan.
Ortingdan tosh otar ekan
Jayron ketdim daryo kechib
Ikki ko`zim elimdadir
Cho`g`dek so`zim tilimdadir
Dilim yonib, dilimda bir
Armon ketdim daryo kechib
Bog`ishamol sayr endi
Qilg`ay chiqib g`ayr endi.
Boburing yo`q xayr endi
Anjon ketdim daryo kechib.



  1. Andijon bag`ridan uchib bir yulduz

Hindiston tojiga gavhardek qo`ndi

Otash yuragida aylanar bir yulduz

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

  1. Dunyo charxpalagi tinmay aylanar

Talato`p zamonlar o`taveradi.

Asrlar qaridan bir so`z ingranar

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

  1. Xalqim buyuk o`g`ling, buyuk shoh o`g`ling

Boburing qalbida bir armon qoldi.

Nolasi kuydirar toabad bag`ring

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.



O`quvchilar: Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,


Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘da shod o‘lmadi oh,
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,


Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yaxshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur!
Raqs
1-boshlovchi: Buyuk shoir Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
2-boshlovchi: Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.
1- boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.
 – boshlovchi: – Ularning asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Vatanimizning eng diqqatga sazovor joylari shoir nomi bilan ataladi. Bu kun uning haykali poyida anvoyi gullar yashnab turibdi.
So’z berish:

Yüklə 29,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə