Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli Nefrologiya



Yüklə 72,78 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü72,78 Kb.
#129343
  1   2   3   4
Buyrak


Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli - Nefrologiya
Buyrak-tosh kasalligi peshob ajratish (konsentratsion) faoliyatining buzilib, siydikning miqdor va sifat jihatidan o‘zgarishi oqibatida buyrak kosa-jom tizimida toshlar paydo bo‘ladigan surunkali xastalikdir. Bu o‘zgarishlar organizmdagi umumiy modda almashinuvining buzilishi bilan ham bog‘liq.

Haddan ziyod ko‘p ovqatlanish (ayniqsa, go‘shtli mahsulotlar) natijasida oqsil parchalanishining kuchayishi tanadagi ana shu modda almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ya’ni, kasallik tufayli buyraklarning kosa-jom tizimi va siydik yo‘llariga to‘planib qolgan tuzdan tosh paydo bo‘ladi.


Buyrak-tosh kasalligi sabablari
Buyrak-tosh kasalligi sabablari to‘laligicha aniqlanmagan. Biroq tanada moddalar almashinuvi buzilishi eng asosiy sabablardan. Shuningdek, buyrak va siydik yo‘llaridagi infeksion yallig‘lanish tufayli yuzaga keladigan peshob ajratish (urodinamika) tizimining buzilishi ham kasallikni kuchaytirib yuboradi.
Buyrak-tosh kasalligi belgilari
Eng avvalo, siydik achishib, og‘riqli keladi va peshob xiralashadi. Siydik yo‘lida tosh yig‘ilishi natijasida to‘siq paydo bo‘lib, buyrak sanchig‘ini yuzaga keltiradi. Sanchiq esa xuruj darajasigacha borishi mumkin. Belda hosil bo‘lgan og‘riq chov sohasi bo‘ylab qovuqqa tomon tortib, kuchayadi. Xuruj vaqtida va undan keyin siydik qon aralash tusga kiradi. Kasallikda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtaha pasayishi, uyqu va boshqa ruhiy buzilish kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin. Bunday bemorlar, albatta, urolog va nefrolog mutaxassislarga murojaat qilishi lozim. Kasallikka laborator va maxsus asboblar yordamida tekshirish asosida aniq tashxis qo‘yiladi.
Kasallikni davolash
Bu kasallikni davolash asosan, organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishini muvofiqlashtirish, buyrak va siydik yo‘llarida peshob harakatini ravonlashtirishdan iborat. Shuningdek, siydik yo‘llaridagi infeksiyaga qarshi kurashiladi.
Buyrak-tosh kasalligi profilaktikasi
Kasallikning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish uchun, avvalo, organizmdagi modda almashinuvini izga solish lozim. Bunga sog‘lom turmush tarziga rioya etish va qat’iy parhez orqali erishiladi.
Mumkin emas!
Ko‘p miqdorda shovul va siydik kislotasi paydo qiluvchi mahsulotlar iste’mol qilish taqiqlanadi. Osh tuzi, jigar, buyrak, til, qazi va dudlangan go‘sht, margarin, bedana tuxumi, brinza, pishloq, shokolad, qo‘ziqorin, anjir, mosh, no‘xat, loviya, achchiq qora choy, qahva hamda kakao iste’mol qilmaslik talab etiladi.

Yüklə 72,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə