Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli Nefrologiya



Yüklə 72,78 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü72,78 Kb.
#129343
1   2   3   4
Buyrak

Tavsiya etiladi!
Bemorlarga, asosan, yog‘siz mol go‘shti, qaynatilgan, bug‘da pishirilgan parranda va baliq go‘shti, o‘simlik moylari, sariyog‘, tovuq tuxumi (sutkasiga bittadan ko‘p emas), birinchi va ikkinchi navli un mahsulotlari, murabbo, marmelad, guruch va marjumak (grechixa), karam, bodring, turp, qovoq, sabzi iste’mol qilishi mumkin. O‘rik, behi, nok, olma, shaftoli, uzum, qovun-tarvuz, olcha kabi mevalar juda foydali. Ko‘k choy, meva va sabzavot sharbatlari hamda na’matak damlamalari ham tavsiya etiladi.
Buyrakda toshlar — kishi kasallikning birinchi alomatlari namoyon bo’lishigacha (masalan, bel sohasida og’riqlar yoki buyrak kolikalari) seza olmaydigan patologiya hisoblanadi. Siydik-tosh kasalliigiga nima sabab bo’ladi va u qanday davolanadi?

Urolitiaz


Siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) — bu siydik ajratish tizimida, ya’ni buyrakda, siydik pufagida va siydik yo’llarida toshlar (konkrementlar) mavjudligi bilan xarakterlanadigan surunkali, retsidivlanishga moyil bo’lgan modda almashinuvi kasalligidir. Ba’zan urolitiaz va nefrolitiaz terminlari sinonimlar sifatida ishlatiladi, lekin nefrolitiaz deb faqatginda buyrakda toshlar mavjudligini atash mumkin (boshqa siydik ajratish tizimi bo’limlarida emas).
Siydik-tosh kasalligi boshlanishi va rivojlanishining asosiy sababi modda almashinuvi buzilishi bo’lib, bu toshlarni shakllantiruvchi erimaydigan tuzlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Toshlarning soni va ularning joylashishi juda turlicha bo’lishi mumkin. Siydik-tosh kasalligi shifoxonalarning urologik bo’limiga gospitalizatsiya sabablarining 30-40 fozini tashkil etadi.
Yomon suv yoki bir xilda ovqatlanish, kishi yashaydigan mintaqaning iqlim xususiyatlari, masalan, juda issiq iqlim, ma’lum bir dori-darmonlar qabul qilish, siydik tizimining anomaliyalari va siydik yo’li strikturasi, giperparatireoz, A va D vitaminlarining yetishmasligi, siydik ajratish tizimining surunkali yallig’lanish kasalliklari (pielonefrit, sistit), shuningdek, irsiy omil ham siydik tosh kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 72,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə