Buyuk geografik kashfiyotlar


Yangi davr kapitalizm rivojlana boshlagan davrda geografiya



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#112404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar davri va geografiya yangi va eng yangi davr geografiyasining xususiyatlari

2.2 Yangi davr kapitalizm rivojlana boshlagan davrda geografiya
Dokuchaev hozirgi geografiyadagi asosiy g’oya-komponentlarning o’zaro ta‘sir, o’zaro aloqada va bir-birini taqazo etgan holda mavjud bo’lib rivrjlanishini ta‘kidlab o’tgan. Garchi Dokuchaev o’z tadqiqotlarida «Landshaft» so’zini ishlatmagan bo’lsa-da «Komponentlarning muayyan hududdagi geologik davrlar mobaynida o’zaro ta‘sir va aloqadagi uyg’unligi» bo’lgan tabiiy hududiy kompleks-landshaftni nazarda tutgan. U hatto shu asriy uyg’unlikda rivojlanishni qanday tabiat fani o’rganish kerak deb yozgan edi.
Hozirgi zamon tabiiy geografiyasida V.V.Dokuchaev, L.S.Berg, S.V.Kalesnik kabi akademiklar yaratgan zonalar haqidagi, landshaftlar haqida fikrlar ustun yo’nalishlardan biri, chunki tabiat zonasi-bu tabiiy hududiy kompleks, komponentlar taraqqiyotining rivojlanish mahsuli-landshaftlardir. Zonalar shakllanishining namlik va issiqlik nisbatiga bog’liqligi akademiklar A.A.Grigoev bilan M.A.Budiko hamkorligida ishlab chiqilgan. Eng katta va bir nusxada namoyon bo’lgan geografik qobiq haqidagi ta‘limot ham A.A.Grigorev va uning shogirdlari tomonidan ishlanmoqda. Mashhur geoximik olim, qomusiy bilimli akademik ta‘limotida organizmlar geografik qobiqning yetakchi komponenti bo’lganligidan barcha boshqa komponentlar rivojlanishiga tabiat komplekslarining xususiyatiga ta‘sir ko’rsatishi jihatdan tabiiy geografiyada maxsus bir yo’nalishni tashkil etadi.
Nemis olimi A.Gumboldt boshlab bergan o’simliklar bilan iqlimning bog’liqligi hozirgi fikrlar rus o’rmonshunos geografi G.F.Morozov, A.N.Krasnovlarning amaliy faoliyati bilan rivojlantirildi. A.N.Krasnov Botumi Botanika bog’iga asos solib, o’simliklarni madaniylashtirish tabiiy muhitga bog’liq bo’lishi haqidagi qarashlari tabiiy geografiya amaliy yo’nalishi hisoblanadi.
N.I.Vavilov o’zining genetik sohasidagi ishlari bilan madaniy o’simliklarning kelib chiqish geografik markazlari haqida ta‘limot yaratdi, bu bilan madaniy o’simliklarni o’stirish qulay muhitda serhosil bo’laolishini isbotladi.
A.I.Voeykovning iqlimshunoslik sohasidagi ishlarini B.P.Alisov iqlim mintaqalari haqidagi ishlari bilan davom ettirdi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə