Buyuk geografik kashfiyotlar


I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar davrida geografiya fanining rivojanishi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#112404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar davri va geografiya yangi va eng yangi davr geografiyasining xususiyatlari

I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar davrida geografiya fanining rivojanishi
1.1 Portugaliya va ispaniyaning buyuk geografik kashfiyotlar davrida hududlarning kengaytirishi
Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb - XV asrning o’rtasi yoki oxiridan XVII - asr o’rtalarigacha bo’lgan davrlar aytiladi. Buyuk deb atalishga loyiq geografik kashfiyotlar har doim ham bo’lgan, lekin hyech qaysi davr Buyuk geografik kashfiyotlar davridagidek dunyo taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatadigan kashfiyotlarga boy bo’lmagan.
Ushbu davrga qadar yevropaliklarga Yevropa, Osiyo va Afrikaning bir qismigina ma’lum edi. Sharqdan kelayotgan turli savdogarlarning ma’lumotlariga suyanib Xitoy, Hindiston va Yaponiya haqida dunyodagi eng boy hududlar sifatida tasavvur hosil bo’lgan edi. Bu mamlakatlardan olib kelinayotgan mollar, ayniqsa ziravorlar Yevropada juda qimmat turar, yevropaliklarning oltin va kumushlari kamlik qilib qolgan edi. Shuning uchun ham o’rta asrlarda har qanday metallni oltinga aylantirishni va’da qiluvchi alximiya fani rivojlanib ketdi. Yevropaliklar Sharqning boy o’lkalariga yetib borishga urinardi, ammo XV- asrda Usmoniylar imperiyasi quruqlik yo’lini to’sib qo’ygan edi.

Buyuk geografik kashfiyotlar jahon taraqqiyotiga benihoya katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Kashfiyotlar jahon savdo yo’llarini butunlay o’zgartirib yubordi. Endi savdo yo’llari O’rta Yer dengizi bo’ylab emas, balki okeanlar orqali o’tadigan bo’ldi. Yangi ochilgan yerlar bilan savdo aloqalari – jahon savdosini vujudga keltirdi. Geografik sayohatlar kashf etilgan “Yangi dunyo” bilan “Eski dunyo” madaniy o’choqlari orasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatilishiga imkoniyat yaratildi.


Buyuk geografik kashfiyotlar yevropaliklarning dunyo haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, bilimlarini oshirdi. O’zga qit’alar va xalqlar to’g’risidagi ko’plab afsonalar, noo’rin fikrlar chilparchin bo’ldi. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi Yevropada sanoat va savdoning yuksalishiga, moliya sohasida bank va kredit ishlarida yangicha uslublar yaratilishiga imkon berdi.


Geografik kashfiyotlar va mustamlakala yerlarni bosib olish Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarishning o’sishiga yordam berdi. Lekin, bu ishlar Amerika, Osiyo va Afrika xalqlarining asrlar davomidagi qulligi, tahqirlanishi, og’ir mehnatlari evaziga bo’ldi. Ular Yevropada yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yaratilishiga xizmat qildilar.
Ispanlar va portugallar buyuk geografik kashfiyotlarning yo’lboshchilari bo’ldilar. Masalan, Portugaliya XIII-XV-asrlar davomida Shimoliy Afrikada arablar bilan urushlarni davom ettirib yaxshigina dengiz flotini tuzishga erishdi, O’rta Yer dengizidan Shimoliy va Boltiq dengizlariga boradigan muhim savdo yo’li Portugaliya qirg’oqlari yaqinidan o’tganligi sababli Portugaliya portlariga turli mamlakatlardan kemalar kelib turardi. Dengiz kemalarida xizmat qilish va baliq ovlash sohil bo’yida yashovchi ko’pchilik aholining asosiy mashg’uloti edi. Keyinchalik ulardan dovyurak va tajribali dengizchilar ham yetishib chiqdi.

Kashfiyotlarning birinchi davrasida, shahzoda Genrix Dengizchining (1418-1460-yillar) iste’dodi, tashkilotchiligi tufayli nafaqat savdogarlar, balki dvoryanlar ham ishtirok etishdi. Natijada XV - asrning 20-30 - yilaridayoq portugaliyaliklar Madeyra, Kanar va Azor orollarini kashf qilishdi. Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab janubga siljib, portugal dengizchilari Boxador burnini chetlab o’tib, 1434 - yili Gvineya qirg’oqlariga, Yashil Burun orollariga va 1462 - yili Serra-Leonega yetib bordilar.


Portugallar o’zlari olib borishgan turli rangli matolar, shisha, marjonlar, kichkina oynachalar kabi mayda-chuyda buyumlarga mahalliy aholidan oltin aralashgan qum va fil suyaklarini almashtirib olardilar. Keyinchalik boshlangan qul savdosining markazi ham xuddi shu yerda bo’lgan. Kartalarda saqlanib qolgan Qullar qirg’og’i, Oltin qirg’oq, Fil Suyagi qirg’og’i kabi rasmiy nomlar bejiz paydo bo’lmagan.


Portugallarning Bartalomeo Diash boshchiligidagi ekspedisiyasi 1486-yili Afrikaning janubiy nuqtasini aylanib o’tib, Hind okeaniga chiqdi. Lekin uzoq davom etgan og’ir yo’l mashaqqatlaridan toliqqan dengizchilar safarni davom ettirishdan bosh tortdilar. Afrika qit’asining eng janubiy nuqtasini, portugallar Hindistonga boradigan yo’lni yaqin orada ochilishini umid qilib Yaxshi Umid burni deb atadilar.
Amerika tub aholisi, hindularning ajdodlari qit’aga bundan 46-48 ming yil avval Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo’g’ozi orqali ko’chib o’tishgan. Faqat X1X asrdan boshlab Amerika xalqlari tarixini o’rganish ilmiy asosda yo’lga qo’yildi. Tadqiqotchilar hindularning ajoyib olami, qadimiy davlatlari va o’ziga xos madaniyati borasida yangi kashfiyotlar qildilar.
Amerika qit’asida turli tillar oilasiga tegishli xalqlar yashagan. Ular xo’jalikning turli sohalari bilan shug’ullanib kelishgan. Ko’p qabilalar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Shu bilan birga Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, Markaziy va Janubiy Amerikaning tog’oldi vodiylari hamda bir-biriga yaqin bo’lgan katta-kichik vohalarda yaxshi rivojlangan dehqonchilik xo’jaliklari ham bo’lgan. Bu joylarda kechua. mayya, astek, olmek, toltek xalqlari dehqonchilik qilishgan. Ular toshboltalar bilan o’rmon kesib, daraxtlarni yoqib kuli bilan yerni o’g’itlaganlar. Amerika qishloq xo’jaligida Yevropada ma’lum bo’lmagan: makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki yetishtirilgan.

Qit’ada qo’lga o’rgatilgan hayvonlar juda kam bo’lgan. Ma’lumki ot, sigir, qo’y kabi uy hayvonlari Amerikaga yevropaliklar tomonidan keltirilgan. Amerikada xonakilashtirilgan hayvonlar, shimolda it, janubda tuyasimon lama, kurka va o’rdaklar bo’lgan, xolos. Hindular boshqa qit’alar aholisiga qadimdan tanish bo’lgan temir eritishni bilmaganlar. Shu sababli ularda temir asbob-uskunalar, omoch, g’ildirak, turli o’tochar qurollar bo’lmagan. Hindular ish qurollarini yog’och, tosh va jezlardan yasashgan. Aholining ko’pchiligi ibtidoiy jamoa tuzumi darajasida yashaganlar. Aytish kerakki, shu bilan birga mayya, astek va inklarda ilk davlatlar paydo bo’lgan edi, ularning xo’jaligi, madaniyati taraqqiyoti boshqa elat va qabilalardan ancha ustun turgan.




Masalan, Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, hozirgi Meksika hududida mayya xalqlari yashagan. Ular barpo etgan mayya davlatida yer jamoalarga qaragan, jamoa esa o’z tarkibidagi har bir oilaga o’rmondan tozalangan yer maydonini berib jamoa a’zolari yetishtirgan hosilning bir qismini hukmron aslzodalar va kohinlarga soliq sifatida berganlar. Xo’jalikda, shuningdek, urushlarda olingan asirlar, qarzlari tufayli qulikka tushgan kishilar ham ishlagan, Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga kelgan. Bu shaharlarda "buyuk kishilar" hukmdorlik qilganlar. Mayyalarda hokimjyat nasldan-naslga o’tardi. Hukmdor aholidan tushgan soliqlar evaziga davlat ishlarini yuritgan.


Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, oddiy xalq esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yopilgan, pastqam, uylarda yashaganlar. Milodning boshlarida mayyalarda yozuv paydo bo’lgandi. Ibodatxonalarda kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni (suratii yozuv) yozib turli diniy kitoblar yaratganlar. Mayya xalqlari hayotida kohinlarning roli ayniqsa katta bo’lgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini olib borish muddatlarini belgilab berishgan. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun kalendar- taqvim zarur bo’lgan va mayyalar qadimgi xalqlar ichida eng aniq taqvimlardan birini yaratgan. Mamlakat poytaxti - Chichen-Isadagi rasadxonada kohinlar sayyoralarnirig Quyosh atrofida aylanish vaqtini hisoblab chiqqanlar. Mayya astronomlari Quyosh va Oyning tutilishlarini oldindan aniqlaganlar. Me’morchilikda ham mayyalar o’lkan muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ular baland poydevorlarda va sun’iy tepaliklarda zinali ehromlar (piramidalar) shaklda qasr va ibodatxonalar qurishgan. Saroy va qasrlarni -bo’rtma suratlar, ma’budalarning haykallari, freskalar - devordagi rasmlar bilan bezashgan. Mayyalar shaharlari ko’chalari tekis va ravon hamda tosh yotqizilgan bo’lgan.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə