Buyuk geografik kashfiyotlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə8/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#112404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar davri va geografiya yangi va eng yangi davr geografiyasining xususiyatlari

Ekspeditsiyalar davri. XVII – XVIII asrlarda yangi yerlarni va ularga boradigan yo`llarni qidrish davlat miqyosida olib borildi. Olingan bilimlarni to`plash, kartalarni tuzish va umumlashtirish katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Janubiy materikni qidiruv Avstraliyani va Okeaniyani kashf etish bilan tugadi.1605-yilda Gollandiya sayohatchisi Villem Yanszon Avstraliyaning Keyp – York yarim oroliga birinchi bor qadam qo`ydi. «Dreyfkek» kemasida sayohat qilgan Yanszon o`zi ochgan yerlarni Yangi Gveniya orolining bir qismi, deb hisoblasa ham bu sana Avstraliya materigining kashf etilish sanasi sifatida tarixda qoldi.
J.Kuk dunyo bo`ylab uch marta ekspeditsiya o`tkazdi va Havayi hamda Katta Baryer rifi orollarini kashf etdi.
Rus sayohlari Sibir va Uzoq Sharqqa yo`l oldilar. Y.P. Xabarov 1640-yillarda Sharkiy Sibir va Uzok Sharqni tadqiq qildi, V.D. Poyarkov Shimoli – Sharqiy Sibirning ko`p joylarini o`rgandi, S.Dejnev 1648-yilda Yevrosiyoning eng chekka sharkiy nuqtasini ochib, uni Katta Tosh burni deb atadi.

XULOSA
Buyuk geografik kashfiyotlarning birinchi bosqichida bu kashfiyotlarni amalga oshirish ma’lum tarixiy sabablarga ko’ra Ispaniya va Portugaliya zimmasiga to’g’ri keldi. Bir necha 10 yil davomida Pireney yarim orolidan chiqqan sayyohlar Sharq mamlakatlariga ikki tomonlama – Afrikaning janubiy chekkasidan aylanib o’tuvchi janubi-sharqiy va Janubiy Amerikaning janubiy chekkasidan aylanib o’tuvchi janubi-g’arbiy yo’lni ochdilar. G’arbiy yo’l izlab Amerika qit’asini kashf etdilar va o’zlashtira boshladilar.


XVII asr o’rtalariga kelib Pireney davlatlari ochilgan yerlardagi boyliklardan qoniqib, yangi yerlarni izlashdan voz kechdilar. O’sha davr hujjatlariga ko’ra Osiyoga boriladigan yo’llar shu ikki davlatga Rim papasining qarori – bullasi bilan tasdiqlangan edi, Chunonchi, 1481 yilda papa Sikst VII portugallarga Boxador burnidan janubga to hindlarga qadar bo’lgan hududni “Aeterni Regis” bullasi bilan taqdim etgan. Kolumbning Hindistonga yetib borganligi haqidagi xabardan keyin portugallar Rim papasi huzurida da’vo ishini qo’zg’adilar. Natijada endi 1493 yilda papa Aleksandr VI yangi “Inter cetera” bullasini e’lon qildi. Bulladagi so’zlar geografik jihatdan mantiqsiz bo’lsada ispanlar va portugallarning kemalari suzadigan hududlar uchun demarkasion chiziqni belgilab berdi, bu chiziq ta’xminan 380 g’arbiy uzunlikdan o’tadi. Ushbu bulladagi geografik xatoliklarni, masalan “meridiandan janubga tomon” kabi so’zlarni tuzatish asnosida ispan va portugal hukumatlari o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi va 1494 yilda Tordesil’yas shahridagi sulh bilan yakunlandi. Bu sulh natijalariga ko’ra yangi demarkasion chiziq o’tkazilib, bu 460 30׳ g’arbiy uzunlikdan o’tadi. Shunday qilib, Atlantika okeanining sharqiy qismi va Afrika qirg’oqlari, Hind okeani orqali Hindiston va Molukka orollarigacha boriladigan dengiz yo’llari Portugaliyaga, Atlantika okeanining g’arbiy qismi va Yangi dunyo qirg’oqlari orqali Tinch okeani va undan Hindixitoy yarim orollarigacha boriladigan dengiz yo’llari Ispaniyaga tegishli bo’ldi. Shu bilan Buyuk geografik kashfiyotlar davrining birinchi bosqichi tugadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə