C va 100 kPa gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə6/33
tarix05.05.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#108537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
2015- yil DTM variant

6-variant

1. Metilformiat bilan 5,6 litr (n. sh.) ammiak ta’sirlashganda necha gramm kislota amidi hosil bo‘ladi?


A) 23 B) 8 C) 16,5 D) 11,25
2. X+5 ioni V ioniga 1 ta elektron bersa, zaryadlari teng bo‘lib qoladi. «n» ning qiymatini aniqlang.
A) +5 B) +7 C) +3 D) -1
3. Formaldegid uchun xos bo'lgan reaksiyalarni ko'rsating.
A) oksidlanish, birikish, polimerlanish
B) o‘rin olish, degidrogenlanish
C) oksidlanish, parchalanish, o‘rin olish
D) qaytarilish, o‘rin olish
4. Kumush ko‘zgu reaksiyasiga kirishadigan moddalar qatorini ko‘rsating.
A) formaldegid, sirka kislota, fenol
B) sirka aldegid, chumoli kislota, glitserin
C) formaldegid, etanol, dietilefir
D) chumoli kislota, sirka aldegid, formaldegid
5. Sxemadagi barcha noma’lum moddalar tarkibida azot borligi ma’lum bo'lsa, C va F moririalarni aninlantr

1) NH3; 2) NO2; 3) NO; 4) HNO2; 5) HNO3; 6) NH4NO; 7) N3O; 8) N2
A) 5, 6 B) 1, 8 C) 2, 7 D) 4, 6
6. Kalsiy karbonat va kalsiy sulfatdan iborat 9,72 g aralashmaga 49 g 20% li sulfat kislota bilan ishlov berildi. Ortiqcha kislotani neytrallash uchun 22,4 g 15% li kaliy gidroksid eritmasi sarflandi. Dastlabki aralashmadagi kalsiyning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 37,0 B) 41,1 C) 33,7 D) 58,9
7. Xrom dastlab qaysi birikma tarkibidan topilgan?
A) Fe(CrO2)2 B) PbCr2O4
C) Cr2O3 D)K2Cr2O7
8. Tuzning 10°C va 18°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentlari 20 va 30 ga teng. 10°C li suvga 14 g tuz eritilib to'yingan eritma olindi. Eritma temperaturasi 18°C gacha oshirildi va eritmada tuz eritilib to‘yintirildi. Olingan eritma 4°C gacha sovitilganda 15,4 g tuz cho‘kmaga tushdi. Tuzning 4°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
A) 8 B) 4 C) 12 D) 24
9. 3 hajm XO2 va 2 hajm YO2 aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 13,3 ga teng. Agar gazlar teng hajmda olingan aralashmada kislorodning massa ulushi 32/55 ga teng bo’lsa, noma’lum elementlarni mos ravishda aniqlang.
A) N; S B) N; C C) S; C D) C; S
10. Noma’lum massali fosfor va uglerod aralashmasini oksidlash uchun 80% li H2SO4 eritmasidan foydalanilganda normal sharoitda zichligi 2,59 g/l ga teng bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Shu aralashmani oksidlash uchun 5% li bromli suvdan 2,8 kg sarflangan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashma tarkibidagi moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A) 3:7 B) 1:3 C) 2:1 D) 1:7,5
11. 8 litr (n. sh.) NO va NO2 gazlari aralashmasida azotning massasi kislorodning massasidan 2 marta kichik bo‘lsa, gazlar aralashmasining hajmiy (l, n. sh.) tarkibini mos ravishda aniqlang.
A) 3; 5 B) 2; 6 C) 6; 2 D) 4; 4
12. Alken va kisloroddan iborat 90 litr aralashma yondirilganda 50 litr aralashma olindi. Agar reaksiya uchun olingan kislorod hajmi alkenning 2/3 qismini yondirishga yetarli bo‘lsa, hosil bo'lgan gazlar aralashmasidagi alkenning hajmiy ulushini (%) aniqlang. (Suv bug‘i kondensatlangan.)
A) 80 B) 33,33 C) 20 D) 66,67
13. Natriy va kalsiy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 144 g ga kam bo‘lsa, aralashmadagi kalsiy gidrofosfatning massasini (g) toping.
(m(Na) + m(P) = 92,5).
A) 68 B) 204 C) 136 D) 142
14. Mol nisbatlari 3:1 bo‘lgan NH3 va PH3 tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 3 ga teng bo'lsa, aralashmaning massasini (g) toping.
A) 38 B) 20,4 C) 51 D) 30,6
15. 79 g noma’lum I valentli va II valentli metall aralashmasining 2 moli suvda eritilganda
28 litr (n. sh.) gaz ajralib chiqdi. Agar hosil bo‘lgan XOH ning massasi Y(OH)2 nikidan 49,5 g ga kam bo‘lsa, reaksiya uchun olingan II valentli metall massasini (g) aniqlang.
A) 10,5 B) 85,5 C) 68,5 D) 36
16. 8,1 g sianid kislota gidrolizidan olingan gaz necha gramm xlorid kislota bilan ta’sirlashadi?
A) 43,8 B) 21,9 C) 5,475 D) 10,95
17. pH = 1 va pH qiymati necha bo‘lgan eritmalar teng hajmlarda aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning pH qiymati 7 ga teng bo‘ladi?
A) 1 B) 13 C) 8 D) 14
18. Temir kolchedani va temir sulfid moddalaridan 1 moldan olinsa, ularning o‘g‘irliklari necha grammga farq qiladi?
A) 56 B) 32 C) 0 D) 64
19. A va B moddalar orasidagi reaksiya 2A + B → C bilan ifodalanadi. A va B moddalarning boshlang‘ich konsentratsiyasi mos ravishda 2,4 va 1,8 mol/l ni tashkil etadi. Boshlang‘ich vaqtdagi tezligi esa 5,184 mol/ (l*min) ga teng bo‘lsa, A moddaning konsentratsiyasi 1,2 mol/l ga kamaytirilgan vaqtdagi tezligini (mol/(l *min) hisoblang.
A) 0,7 B) 0,764 C) 0,8 D) 0,864
20. 144 g x% li Cu(NO3)2 eritmasi elektroliz qilinganda tarkibida massa jihatdan 62% nitrat ionini saqlovchi eritma hosil bo‘ldi. Agar hosil bo‘lgan eritmada NO-3 va Cu2+ ionlari soni nisbati 4:1 bo'lsa, olingan eritmadagi tuzning konsentratsiyasini (%) toping. (Tuzning gidrolizlanishini hisobga olmang.)
A) 31,5 B) 78,33 C) 70,37 D) 47
21. Qalay va kumushning ikki xil qotishmasi mavjud. Birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda, ikkinchisida esa 7:6 massa nisbatda. Qalay va kumushning massa nisbati 11: 16 b o‘lgan 54 kg yangi qotishma olish uchun birinchi qotishmani qanday massada (kg) olish kerak?
A) 8 B) 22 C) 28 D) 26
22. Massasi (g) qanday bo'lgan fenoldan tarkibida 4,4 mol neytron tutgan siklogeksanon olish mumkin?
A) 470 B) 9,4 C) 490 D) 47
23. Bir atomli to‘yingan spirt karbon kislotaga qadar oksidlandi. Bunda sp3-gibrid orbitallar soni 1,5 marta kamaydi. Spirtni aniqlang.
A) propanol B) butanol
C) metanol D) etanol
24. 58,48 g aldegid 59,84 g spirtning oksidlanishidan hosil bo'lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotaning kalsiyli tuzi massasini (g) toping.
A) 141 B) 242 C) 95,88 D) 82,28
25. Karbamid molekulasi tarkibidagi azot, kislorod va uglerod atomlarining gibridlanish turini mos ravishda aniqlang.
A) sp3; sp3; sp2; sp2 B) sp2; sp2; sp2; sp2
C) sp2; sp3; sp2; sp2 D) sp3; sp3; sp3; sp2
26. Akrolein va akril kislota molekulasidagi atomlar soni farqini toping.
A) 1 B) 2 C) 16 D) 4
27. DNK va aminokislotalar almashinuvi jarayonidagi muhim elementni aniqlang.
A) Fe B) Na C) Co D) Zn
28. Cu atomida elektron bilan to‘lgan nechta pog'ona va pog‘onacha mavjud?
A) 3; 7 B) 3; 10 C) 3; 6 D) 2; 6
29. Berilgan eritmadagi misni; sulfid tarzida to‘liq cho‘ktirish uchun kaliy sulfid tuzi mis (II) sulfat tuzidan 10 g kam sarflansa, kaliy sulfidi o'rniga necha gramm K2S * 5H2O sarflanadi?
A) 32 B) 22 C) 50 D) 40
30. 63,36 g aldegid 65,12 g spirtning oksidlanishidan hosil bo‘lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotaning bariyli tuzi massasini (g) va undagi kislorod atomlari sonini hisoblang.
A) 311; 24,08 * 1023 B) 136,84; 10,6 * 1023
C) 311; 10,6 * 1023 D) 98,56; 5,3 * 1023
31. Uch halqali aromatik birikmani aniqlang.
A) antratsen B) krezol C) benzol D) naftalin
32. Bir aralashma tarkibidagi Ne va N2 hajmiy ulushlari mos ravishda x va y ga teng, ikkinchi xuddi shunday aralashma tarkibidagi Ne va N2 hajmiy ulushlari mos ravishda y va x ga teng. Agar ikkala aralashma o‘rtacha molyar massalarining farqi 2,4 ga teng bo‘lsa,
x va y larni toping.
A) 0,30; 0,70 B) 0,25; 0,75
C) 0,35; 0,65 D) 0,40; 0,60
33. 3,36 l (n. sh.) xlor tarkibida 15 g natriy yodid bo‘lgan eritma orqali o‘tkazilganda ajraladigan yod massasini (g) aniqlang.
A) 10,16 B) 7,62 C) 12,7 D) 5,08
34. HNO3 eritmasining mis bilan reaksiyasi natijasida NO2 va NO gazlari 0,5:1 mol nisbatda hosil bo‘lgan. 1,4 mol misni eritish uchun necha mol nitrat kislota sarflanadi?
A) 0,8 B) 2,8 C) 4 D) 3,2
35. I2 + Cl + H2O → HIO3 + HCl Ushbu reaksiyaning chap va o‘ng tomonlaridagi koeffitsiyentlar yig'indisini toping.
A) 24 B) 22 C) 21 D) 32
36. Bir aralashma tarkibidagi CH4 va Ar hajmiy ulushlari mos ravishda x va y ga teng, ikkinchi xuddi shunday aralashma tarkibidagi CH4 va Ar hajmiy ulushlari mos ravishda y va x ga teng. Agar ikkala aralashma o‘rtacha molyar massalarining farqi 9,6 ga teng bo‘lsa, x va y larni toping.
A) 0,40; 0,60 B) 0,35; 0,65
C) 0.30; 0.70 D) 0,25; 0.75

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə