C va 100 kPa gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə4/33
tarix05.05.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#108537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
2015- yil DTM variant

4-variant

1. Pt va A1 ning 72 g qotishmasi suyultirilgan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo‘lgan eritma mo‘l miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 43,2 g temir (II) oksidni to'liq qaytarish uchun yetarli bo‘lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi alyuminiyning massa ulushini (%) aniqlang (qotishmadagi alyuminiy nitrat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan).


A) 75 B) 25 C) 60 D) 40
2. Mochevina tarkibidagi uglerod atomining oksidianish darajasini aniqlang.
A) -4 B) +4 C) 0 D) +2
3. Xromli temirtoshdan 13 g xrom olish uchun qancha (g) is gazi talab etiladi?
A) 10 B) 16 C) 12 D) 14
4. Noma’lum massali fosfor va uglerod aralashmasini oksidlash uchun 80% li H2SO4 eritmasidan foydalanilganda normal sharoitda zichligi 2,59 g/1 ga teng bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Shu aralashmani oksidlash uchun 5% li xlorli suvdan 2,485 kg sarflangan bo‘lsa, boshlang'ich aralashma tarkibidagi moddalar massasini (g) ankpang.
A) 3,1: 2,4 B) 6,2; 6 C) 7,75; 9 D) 3,1; 9
5. 2 mol miqdordan olingan XO va Y2O larning massalari yig‘indisi 200 g ni tashkil qiladi. Noma’lum elementlarni aniqlang. [Ar(X):Ar(Y) = 20:7]
A) Mg; H B) Ca; N C) Ne; Li D) Ca; Li
6. Element yadrosida 42 ta neytron bor. Bu yadrodagi protonlar nuklonlarni 44% ini tashkil qilsa, ushbu elementni toping.
A) As B) Se C) Br D) Ge
7. Na elementining massa ulushi 23% bo‘lgan natriy oksid va bariy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to‘liq neytrallash uchun 380 ml 1,5 molyarli H2SO4 eritmasi sarf bo‘ldi. Boshlang‘ich aralashmaning massasini (g) toping.
A) 40 B) 30 C) 60 D) 80
8. A12O3 va CaO ning 26 g aralashmasiga mod miqdorda uglerod qo‘shib qizdirilganda hosil bo'lgan gaz yuqori temperatura va bosimda 1M li 700 ml NaOH eritmasiga to‘liq yuttirildi. Dastlabki aralashmadagi Al, Ca va kislorodlarning mol nisbatlarini toping.
A) 1:1:4 B) 1:1,5:2,7 C) 4:1:7 D) 1,5:1:3,1
9. 36 g mis va mis (II) oksid aralashmasi konsentrlangan sulfat kislota bilan ta’sirlashganda 6,72 litr
(n. sh.) gaz ajralib chiqdi. Aralashmadagi mis (II) oksidning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 30,6 B) 46,67 C) 36 D) 60
10. 92,4 g tripeptid gidrolizidan 106,8 g faqat bitta turdagi aminokislota hosil bo‘ldi. Aminokislotani aniqlang.
A) glitsin B) valin C) a-alanin D) leytsin
11. CO va O2 dan iborat gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 7,5 bo‘lib, u yondirildi. Reaksiyadan keyingi gazlar aralashmasining o'rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 36 B) 27 C) 40 D) 32
12. Propadiyen molekulasi tarkibidagi σ- va π-bog‘lar sonini toping.
A) 3 va 3 B) 6 va 2 C) 2 va 6 D) 5 va 3
13. 400 ml (p = 1,2 g/ml) Na2SO4 eritmasiga 156 ml suv qo‘shildi va 8 A tok kuchi bilan 48250 sekund davomida elektroliz qilinganda 7,1% li eritma hosil bo‘ldi. Dastlabki eritmaning molyar konsentratsiyasini (mol/1) aniqlang.
A) 0,75 B) 0,5 C) 1,5 D) 0,25
14. Aldegid va ketonlarni turli aralashmalardan toza holda ajratib olishda qaysi reagentdan foydalanish maqsadga muvofiq?
A) Sianid kislota B) Gidroksilamin
C) Kumush oksidining ammiakdagi eritmasi
D) Natriy bisulfit
15. Vodorodga nisbatan zichligi 18,2 ga teng bo‘lgan 3 litr (n. sh.) azot (II) va azot (IV) oksidlari aralashmasiga 2 litr (n. sh.) kislorod qo'shilsa, boshlang'ich araiashinaning hajmi necha litr (n. sh.) ga kamayadi? (Barcha hajinlar bir xil sharoitda o'lchangan)
A) 0,9 B) 2,0 C) 1,8 D) 0,5
16. Nitrat kislota bilan natriyning qaysi tuzi ta’sirlashganda cho'kma hosil qiladi?
A) Na2S B) Na2SiO3 C) Na2CO3 D) Na2SO4
17. Quyidagi sxmada hosil bo‘lgan moddalarni ko‘rsating. Propanol-1 → X Y → Z → 2-aminopropan kislota
A) Propanal, a-xlorpropanal, propion kislota
B) Propen, Propanol-2, a-xlorpropanal
C) Propanal, propion kislota, a-xlorpropion kislota
D) Propion kislota, propen kislota, a-xlorpropen kislota
18. Mg va MgO dan iborat aralashma yetarli miqdor 76,8 ml (p = 1,25 g/ml) 24,5% li sulfat kislota eritmasida eritildi. Natijada 5 litr (27°C va 100 kPa) gaz ajralib chiqdi. Dastlabki aralashma massasini (g) toping.
A) 6,4 B) 11,2 C) 8,8 D) 10
1 9. A + B C + D reaksiyada muvozanat qaror topganda A moddaning konsentratsiyasi 2 marta, D moddaniki esa 4 marta oshirilsa, muvozanat qanday siljishini aniqlang.
A) chap tomonga B) siljimaydi
C) o‘ng tomonga D) avval chapga, key in o‘ngga
20. 37,2 g anilin sirka angidrid bilan reaksiyaga kirishib necha gramm atsetanilid hosil qiladi?
A) 48 B) 40,8 C) 54 D) 24
21. Suvda eriydigan tuzning 0,24 1 1,5 molyar eritmasiga uning 2,5 molyar 0,2 kg (p = 1,25 g/ml) eritmasi aralashtirilganda 15,2% li (p = 1,175 g/ml) eritmasi hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan 15,2% li eritmaning umumiy massasini (g) aniqlang.
A) 510 B) 470 C) 500 D) 430
22. Quyidagi reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig'indisini hisoblang.
PxSy + 40HNO3 → H3PO4 + H2SO4 + 40NO2 + 12H2O
A) 124 B) 104 C) 199 D) 100
23. Natriy va kalsiy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 288 g ga kam bo'lsa, aralashma mol nisbatini toping.
(m(Na) + m(P) = 139).
A) 1:4 B) 1:2 C) 1:1 D) 1:0,5
24. Magniy dixromat, rux fosfat va kalsiy pirofosfatdagi jami kimyoviy bog'lar yig‘indisi qancha bo‘ladi?
A) 45 B) 44 C) 43 D) 46
25. [Co(NO2)2(H2O)4]+, [PtCl4(NH3)2]2- ionlardagi markaziy atomning gibridlanish turini aniqlang.
A) sp3d, sp2 B) sp3d, sp2d
C) sp3, sp3 D) sp3d2, sp3d2
26. 12 ml HNO3 eritmasi 2 A tok kuchi bilan 16,08 soat davomida elektroliz qilinganda 0,1M li eritma hosil bo'lsa, dastlabki eritmaning pH qiymatini aniqlang.
A) 3 B) 5 C)4 D) 2
27. Alken va kisloroddan iborat 90 litr aralashma yondirilganda 50 litr aralashma olindi. Agar reaksiya uchun olingan kislorod hajmi alkenning 2/3 qismini yondirishga yetarli bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi alkenning hajmiy ulushini (%) aniqlang. (Suv bug'i kondensatlangan.)
A) 20 B) 80 C) 33,33 D) 66,67
28. Mashhur mikrobiolog olim V.L. Omelyanskiy fikricha bu element biologik nuqtai nazardan eng asl metallardan ham aslroqdir. V.L. Omelyanskiy qaysi elementni nazarda tutgan?
A) kislorod B) oltin C) azotD) kumush
29. Sirka angidridning quyidagi moddalar bilan boradigan reaksiyalari qaysi guruhga kirishini o‘zaro moslang.
a) alkogoliz; b) gidroliz; c) ammonoliz;
1) ammiak; 2) propil spirt; 3) suv.
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c
30. 12 g mochevina suv bilan qizdirilishi natijasida necha gramm ammiak olinadi?
A) 6,8 B) 3,4 C) 8,5 D) 1,7
31. Kislorod sanoatda qanday usul(lar) bilan olinadi?
A) kaliy dixromatni parchalab
B) vodorod peroksidni parchalab
C) suvni elektroloz qilib yoki havoni suyuqlantirib
D) Bertolle tuzini yoki kaliy permanganatni parchalab
32. To‘yingan uglevodorod yonishi natijasida hosil bo‘lgan suvning massasi boshlang‘ich uglevodorod massasidan 1,5 marta ko‘p bo‘lsa, uglevodorodni toping.
A) etan B) pentan C) propan D) butan
33. Berilgan tartibda elementlarning oxirgi elektroni uchun orbital kvant sonining qiymati qanday o'zgaradi? (elementlarning tartib raqamlari berilgan).
a) ortadi; b) kamayadi;
c) o'zgarmaydi.
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-b
C) 1-a, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
34. Berilgan tartibda elementlarning oxirgi elektroni uchun bosh kvant sonining qiymati qanday o‘zgaradi? (elementlarning tartib raqamlari berilgan).
a) ortadi; b) kamayadi;
c) o'zgarmaydi.
A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-b, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b
35. 100 ml propan va (mo‘l miqdordagi) kislorod aralashmasi yondirildi. Reaksiya tugagandan so‘ng reaksion aralashma dastlabki sharoitga keltirilganda aralashmaning hajmi 70 ml ga teng bo`lsa, dastlabki aralashmaning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 2,8 B) 8,3 C) 10,8 D) 9,3
36. Tibbiyotda «purgen» nomi bilan surgi dori sifatida ishlatiladigan moddani olishda qaysi reagentlardan foydalaniladi?
A) etandiol va tereftal kislota
B) o-ftal kislota va metanol
C) ftal angidrid va fenol
D) chumoli aldegid va ammiak

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə