Mavzu: Tasviriy ifoda



Yüklə 4,61 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#138211

ONA TILI


MAVZU: O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI. O‘Z VA O‘ZLASHMA SO‘ZLAR
5-sinf

Muhammad

Muhammad

al-Xorazmiy


Ahmad
Farg‘oniy
Abu Rayhon
Beruniy
Abu Ali
ibn Sino
Algebra
(algaritm)
Meditsina
(tabobat)
Geologiya
Metrologiya
(o‘lchovlar)

TOPSHIRIQ

Buyuk bobomiz Muhammad ibn Muso

al-Xorazmiy 783-yilda Xivada tug‘ilgan.

Keyinroq Bag‘dod shahridagi “Bayt ul-hikma”

markazida faoliyat yuritgan. Alloma algebra

fanining asoschisidir.


Tushunchalar

Mazmuni

Algaritm

ma’lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqida aniq qoida

Kompyuter

murakkab qurilmaga ega bo‘lgan elektron hisoblash mashinasi

Tushunchalar

Mazmuni

Protsessor

raqamli hisoblash mashinasining dasturda ko‘zda tutilgan barcha hisoblash jarayonlarini boshqarib turish uchun mo‘ljallangan markaziy qurilmasi

Dastur

yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma, tartib-qoida

Mobil aloqa apparati

telefonlar

Bilib oling!

Til doimiy ravishda boyib boradi. Uning boyishi ikki usul orqali amalga oshiriladi.

  • Ichki imkoniyat asosida.
  • Tashqi imkoniyat asosida.

Tilning ichki imkoniyatlar asosida boyishi


Ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqqan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar va so‘zlarni qo‘shish orqali yangi so‘z yasash.
Shevalardan adabiy tilga so‘z olish.
1
3
2

Oldin iste’moldan chiqqan, hozirda yangi tushuncha ifodalovchi so‘zlar

So‘z yasovchi qo‘shimcha va so‘zlarni qo‘shish orqali yasalgan so‘zlar

Shevadan adabiy tilga so‘z olish

vazir

dasturchi

mengzamoq

hokim

raqamlashtirish

qirqim

viloyat

bojxona

Tilning tashqi imkoniyat asosida boyishi

Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham

til yo‘q. O‘zbek tili ham bundan mustasno emas. O‘zbek tili leksikasi ham tashqi manbalar asosida, ya’ni chet tillaridan so‘zlar olib boyib bormoqda. Bunday so‘zlar olinma so‘zlar deyiladi. Masalan: fayl, market, metro kabi.

Tildagi so‘zlar


O‘z qatlam
O‘zlashma qatlam
Azaldan tilimizda qo‘llanib kelinayotgan ish, bosh, biz, yigirma kabi umumturkiy va o‘zbekcha so‘zlar
Arab, fors, Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar: qalam, bahor, parta, stol

O‘zlashma so‘zlar

  • Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar: barg, poytaxt, farzand, do‘st, duradgor.
  • Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar: asar, g‘azal, shoir, madaniyat, sanoat, janub.
  • Rus va rus tili orqali boshqa tillardan olingan so‘zlar: ruchka, parta, stol, stul, vergul, palto, futbol, boks, tomat, limon.

290-mashq

Buyuk vatandoshimiz Ahmad al-Farg‘oniy 861-yili arab xalifasining topshirig‘iga ko‘ra Nil daryosi suvini o‘lchaydigan nilometr deb atalgan qurilma yasagan. Mazkur qurilma hozirga qadar Nil daryosi yoqasida saqlanib qolgan. (A.Muhammadjonov)

Nilometr – Ahmad al-Farg‘oniy boshchiligida abbosiy xalifa

al-Mutavakkilning amri bilan 867-yil Qohira shahri yaqinida Nil daryosi sathini o‘lchash maqsadida qurilgan inshoot.


Metr, kilometr, santimetr...

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

  • 292-mashq. Bolalar shug‘ullana-yotgan sport turlari nomini yozing va ularning o‘z yoki o‘zlashgan qatlamga oid ekanligini aniqlang.
  • 293-mashq. O‘z va o‘zlashgan so‘zlarga 10 tadan so‘z yozib keling.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə