«цех врачи ишининг гигиенага доир жиҳатлари. Ишчиларни даврий тиббий кўрикдан ўтказишга тайёрлаш»



Yüklə 20,53 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü20,53 Kb.
#158597
  1   2   3   4   5   6   7
26. Jismoniy rivojlanishini, ko`rish, eshitish o`tkirligi va tana muvozanatini aniqlash.

Qarshi innovatsion ta’lim universiteti 140-guruh 2-kurs Raxmatova Durdona Olim qizi taqdimoti

«Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini nazorat qilish»


O’quv mashg’uloti maqsadi:
UASH bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini tekshirish usullari va baholash usullarini bilish.
Olingan natijalar asosda tarbiyalash va o’qitish sharoitlarini qanday tashkil etilganligi haqida fikr yuritish.
Pedagogik vazifalar:
-talabalarda jismoniy rivojlanishni shaxsiy baholash bo’yicha ish mahoratlarini shakllantirish;
-talabalarni uyushgan bolalar jamoalarida jismoniy rivojlanishni qiyosiy baholashni o’tkazish ko’nikmalarini rivojlantirish;
-talabalarda kuzatishga olingan bolalar salomatligining holatiga javobgarlik xissiyotini shakllantirish;
-talabalarning eruditsiyasini oshirish.
Талаба билиши керак:
bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi standartlari haqida umumiy tushincha;
-bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini shaxsiy tarzda regressiya shkalasi bo’yicha baholash tartibi;
-uyushgan jamolardagi bolalarning jismoniy rivojlanishini qiyosiy baholashni o’tkazishni bilishi kerak
TALABA BILISHI KERAK

TALABA BAJARA OLISHI LOZIM:

  • -bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojalnishini regressiya shkalasi usulida shaxsiy tarzda baholash mahoratiga ega bo’lishi
  • -uyushgan jamoalardagi bolalarning jismoniy rivojlanishining o’rtacha statistik parametrlarini xisoblashni bajarish
  • -taqqoslanayotga jamoalardagi bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari o’rtasidagi farqning haqqoniyligini aniqlash

Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari ularning integral ko’rsatkichlari qatorida baholanadi va u bolalarni oilada, maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalarida va maktablarda yaratilgan tarbiya va o’qitish sharoitlari va bolalarning salomatlik holatini ta’riflab beradi (kasalliklarning bor-yo’qligi).
Hozirgi vaqtda UASH oldiga nafaqat kuzatuv ostidagi bolaning ayrim bolalarning jismoniy rivojlanishini nazorat qilish, balki uyushgan jamoalardagi bolalarning jismoniy rivojlanishini nazorat qilishdan iborat. Bu bolalarning yashash muhitidagi gigienik omillarni o’z vaqtida to’g’ri baholash va korrektsiya qilishga imkon beradi, jumladan bolalarning ovqatlanishi, jismoniy mashqlarning turi va darajasi, ish va o’qish joylarining tashkil etilganligi, to’g’ri tuzilgan kun tartibi, hamda maktabdagi mashg’ulotlarning tartibi va xarakteri, bolalar muassasalarining sanitar-texnik jihozlanganligining to’g’riligi, xonalarning yoritilish sifati kabilar. Bundan tashqari jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda tahlil qilish, har bir muayyan bolaga nisbatan UASH ish taktikasini aniqlashga imkon beradi: qo’shimcha tibbiy tekshirishlarni o’tkazilish zaruriyati, davolovchi-sog’lomlashtirish tadbirlari.
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari oilada va hamda maktabgacha va maktab muassalaridagi tarbiyalash va o’qitish sharoitlarinng qanday yaratilganligiga bog’liqdir. Bunday eng ko’p ahamiyatga ega bo’ladigan omillar qatoriga bolalarning ovqatlanish sifati, jismoniy yuklamalarning xarakteri va darajasi, o’qish joylarining tashkil etilganligi, oqilona tuzilgan va bajariladigan kun tartibi, maktabdagi darslarning tartibi va xarakteri, bolalar muassasalaridagi sanitar-texnik jihozlarning sozligi, xonalarning yoritilish sifati va b.q. kiradi. Shuning uchun vrach bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish belgilarini tekshirish va baholay olishni bilishi va olingan natijalar asosida ularga yaratilgan tarbiyalash va o’qitish sharoitlari haqida fikr yuritaolishi kerak.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash albatta yiliga bir marta o’tkazilib, olingan natijalarni har bir bolaning shaxsiy rivojlanish kartasiga yozib borilishi shart.
026 - hisob shakli
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi haqida bir qator belgilar (ko’rsatkichlar) orqali fikr va xulosa chiqarish mumkin bo’lib, bu ko’rsatkichlar uchta guruhga bo’lingan:
1.Somatometrik ko’rsatkichlar - bo’y, vazn va ko’krak qafasi aylanasi (KQA);
2.Fiziometrik ko’rsatkichlar- mushaklar kuchi, o’pkaning tiriklik sig’imi, A/B (arterial bosim) qiymati, puls tezligi, teri osti yog’ qavatining qalinligi;
3.Somatoskopik ko’rsatkichlar - skeletning holati, badan terisining holati, doimiy tishlarning soni, jinsiy rivojlanish formulasi.

Yüklə 20,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə