Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


shakllaridagi ko’rsatkichlar



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

shakllaridagi ko’rsatkichlar 
1-shakl 
4-shakl 
Satr raqami 
Satr raqami 



Tovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi) 
180 
Material, ish, xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga 
to’lanadigan pul mablag’lari 
020 
Savdo korxonalarida auditorlik tekshiruvi ichki va tashqi ko’rinishda tashkil 
etilishi mumkin.
Ichki audit korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va xodimlar shtatida hisobga 
9
Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. Buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.: Sharq, 2004, 
592 b. 


19
 
olinadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi savdo 
korxonasida aktivlarning but saqlanishini, xodimlarning o’z vazifalarini to’g’ri 
bajarishini tekshirish, hisob siyosatiga rioya etilishini ta’minlaydigan usul va 
chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. 
Tashqi audit esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, mahsus 
litsenziyaga ega bo’lgan mustaqil auditorlik korxona tomonidan o’tkaziladi.
Shuningdek, savdo korxonalarida tashqi audit xizmatini to’g’ri tashkil etish 
va samaradorligini oshirish uning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga 
bevosita bog’liq. Mazkur korxonalarda auditorlik tekshiruvini o’tkazishning 
huquqiy asoslarini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 

auditni tashkil qilish; 

auditorlik tekshiruvini o’tkazish; 

audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish; 

auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. 
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatining huquqiy asoslarini O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi, 
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunlar, “Mahsulot (ish va xizmat)lar 
tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi 
Nizom (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori asosidagi o’zgartirishlar bilan) va 
boshqa me’yoriy hujjatlar tashkil qiladi. Bu me’yoriy hujjatlar talablariga rioya 
qilish mamlakatimizda auditorlik firmalarining mavqeyini oshirish va audit 
xizmatlari bozorini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 
auditorlik firmasining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, auditorlik 
tekshiruvini o’tkazish tartibini ifodalaydi. Jumladan, bu qonunning 9-moddasiga 
ko’ra, «auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy 
axborotlarning to’g’riligi va qonun hujjatlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq 


20
 
moliyaviy axborotni auditorlik korxonalari tomonidan tekshirishdir»
10

Shu bilan birga, auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan savdo korxonasi 
auditorlik firmasi bilan to’zilgan shartnomaga binoan auditorlarni tegishli 
axborotlar bilan to’liq ta’minlashi zarur. Savdo korxonalarida auditorlik 
tekshiruvlarini o’tkazish uchun mijoz-savdo korxonasi auditor talab qilgan barcha 
hujjatlarni to’liq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar 
holatini tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. 
Bozor munosabatlari sharoitida savdo korxonalarida tashqi auditorlik 
tekshiruvini tashkil etishning asosiy maqsadi amalga oshirilgan savdo 
muomalalarini mavjud me’yoriy hujjatlarga mosligini va ularda moliyaviy 
hisobotning tuzilish tartibini to’g’riligini aniqlashdan iborat. (2-rasm). 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə