Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

 
1-bob bo`yicha xulosa 
Chakana savdo korxonalarini tashkil etishda buxgalteriya hisobi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Savdo sotiqda ro`y beradigan oldi berdi operatsiyalari, kirim 


24
 
va chiqim tovarlar aylanmasi, soliq hisobi va boshqa hisob kitoblarni qonun 
doirasida yuritilishini tamirlash kerak. 
Hozirgi voqtga kelib chakana savdo korxonalarini turlari, shakllari va 
xusisiyatlari tobora ortib bormoqda. Buning sababi iqtisodiyotimizni rentabel o`sib 
barqaror bo`lib bormaqda deb bilsak bo`ladi. Yuqorida takidlab aytganimdek 
o`tgan davr mobaynida bir qancha chet el davlarlar bilan do`stlik aloqari yanada 
yaxshilanib kelinmoqda. Chet el investitsiyalari kirib kelvotgani va har sohada 
o`zgarishlar ro`y berib bozorda turli xil tovar mahsulotlari sotuvga chiqmoqda. Bu 
esa o`z navbatida savdo aloqalarini vujudga kelishini tamirlaydi. 
Chakana savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishda me`yoriy 
huquqiy hujjatlarni qonun doirasida yuritilib borvotganini korxonani raxbari, 
buxgalteri nazoratni o`rnatibgina qolmasdan audit tekshiruvidan voqtida o`tib 
tekshirtirishi kerak. 
Har bir korxonada buxgalteriya hisobi qonun doirasida o`rnatilib har bir 
aylanma operatsiyalar o`z voqtida amalga oshirilishi kerak. 
Shunday qilib, auditorlik xizmatining huquqiy asoslarini takomillashtirish 
korxonalarda auditni uslubiy jihatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 


25
 
2-BOB. CHAKANA SAVDO KORXONALARIDA TOVAR 
MUOMALALARI HISOBINING AMALIY JIHATLARI 
2.1. Chakana savdo korxonalarida tovarlarni sotib olish qiymati va sotish 
bahosini aniqlash tartibi 
Savdo-tijorat korxonalari, iqtisodiyotni rivojlantirishda alohida ahamiyat 
kasb etadi. Iqtisodiy adabiyotlar bilan tanishib chiqadigan bo’lsak , ko’plab 
iqtisodchi olimlar bu to’g’risida o’z fikr va muloxazalarini aytgan. “Savdo 
korxonalari bu- mablag’lar aylanishi jarayonida savdo ishlab chiqarish sohasini 
iste’mol sohasi bilan bog’lovchi vosita hisoblanadi»
12
deb takidlaydi.
Savdo korxonalari faoliyati bilan tanishib chiqadigan bo’lsak. Yuqorida 
takidlaganimizdek savdo korxonalarini vositachi korxona desak ham bo’ladi. 
Chunki savdo korxonalari ishlab chiqaruvchi bilan xaridor o’rtasida bevosita 
muomala jarayonlarini bajaradi. Shunday ekan birinchi xo’jalik muomalalari 
to’g’risida to’xtalib o’tsak. 
Xo’jalik muomalalari-mablag’larning hajmida, tarkibida, joylashishi va 
foydalanishda, shuningdek bu mablag’lar manbaining tarkibi va tayinlanishida 
o’zgarishlarni hosil qiladigan alohida xo’jalik harakati. Masalan, materiallarini 
sotib olish muomalasi natijasida materiallar zaxirasi ko’payadi va pul mablag’lari 
kamayadi. Bankdan qisqa muddatli ssuda olinganda pul mablag’lari ko’payadi. 
Xo’jalik muomalalari va uning natijasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar har xil. Bu 
o’zgarishlar xalq xo’jaligida ishlab chiqarish, muomala va boshqa jarayonlar 
amalga oshayotganini ta’riflaydi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi xo’jalik 
faoliyati ko’p qirrali xo’jalik muomalalari majmuasini tashkil etadi. Xo’jalik 
muomalalari va ular tufayli hisob ob’ektlarida bo’ladigan o’zgarishlar buxgalteriya 
hisobida qayd qilinadi. Shunday qilib xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida 
qayd qilish yo’li bilan uning predmeti aks ettiriladi
13
.
Savdo korxonalarida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va xaridorlar, 
buyurtmachilar o’rtasida yuzaga keladigan xo’jalik muomalalarini o’z vaqtida 
12
O’razov K.B, Vaxidov S.B. “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari” O`quv 
qo`llanma, T.:
«ADIB NASHRIYOTI»
, 2011. - 494 b.
13
“Buxgalterlarning izohli lug’ati” Toshkent-“NORMA”-2017 y


26
 
to’g’ri rasmiylashtirish O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan Qarorlar, 
Nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar har bir 
tarmoqdan tejamkorlik bilan faoliyat ko’rsatishni talab qilmoqda. Tejamkorlikning 
to’g’ri tashkil qilinishi korxona va korxonalarda iqtisodiy madaniyat qanday joriy 
qilinishidan kelib chiqadi. Savdo korxonalarining faoliyati bevosita xalq iste’mol 
tovarlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste’molchilarga etkazib berish orqali 
amalga oshiriladi. Xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish tarmoqlaridan 
iste’molchilarga yetkazib berish tegishli xarajatlarni talab qiladi va bu xarajatlar 
yig’indisi savdodagi muomala xarajatlari deb ataladi.
 
Savdo korxonalarida tovarlarni qabul qilish va sotish bir qancha xarajatlarni 
keltirib chiqaradi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan 
farqli o’laroq tovarlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tijorat xarajatlari 
deyiladi. Xarajatlarni hisobga olish va ularni tartibga solish bo’yicha Respublika 
korxonalari 1995 yildan boshlab xarajatlar hisobini 1995 yil yanvar oyida 
tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to’g’risida»gi Nizom asosida yurita boshladi. 
1999 yilning 5 fevralida va kiritilgan o’zgarishlar O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktyabrdagi qarori bilan
tasdiqlanib amalda yangilangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom tadbiq etildi. Nizom buxgalteriya hisobi 
va hisoboti bo’yicha amaldagi normativ hujjatlarni inobatga olgan holda
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarni bir xilda
belgilashni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom xarajatlarni
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadida doimiy farqlarini inobatga olgan 
holda ishlab chiqilgan. Soliqqa tortiladigan baza buxgalteriya foydasidan 
farqlanadi, chunki korxona xarajatlarining bir qismi soliq qonunchiligiga binoan 
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirmasligi kerak va shuning uchun soliqqa 


27
 
tortiladagan bazani to’g’ri aniqlash maqsadida uni buxgalteriya foydasiga qo’shish 
kerak. Nizomga binoan barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar; 
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin 9400 
«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyotiga kiritilib hisobot davri 
oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o’tkaziladigan 
xarajatlar; 
- xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar; 
- xo’jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi 
xodisalar va operatsiyalar natijasida vujudga keladigan favqulodda zararlar. 
Davr xarajatlarini hisobga olish uchun schyotlar rejasida 9400 «Davr 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti belgilangan bo’lib unda 4 ta schyot 
bor: 
9410 «Sotish xarajatlari» 
9420 «Ma’muriy xarajatlar» 
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» 
9440 «Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri 
xarajatlari» 
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq 
bo’lmagan quyidagi xarajatlar tushuniladi: mahsulot sotish bo’yicha xarajatlar
boshqarish va umumxo’jalik yo’nalishidagi boshqa xarajatlar. 
Yuqorida sanab o’tilgan xarajatlarning barchasi kompleks xarajat bo’lib, 
ularning hisobi xarajat elementlari bo’yicha tashkil etiladi: materiallar, ish haqi, ish 
haqidan ajratmalar, amortizatsiya va boshqa xarajatlar. 
9410 - «Sotish xarajatlari» schyotida tranzit bo’lib aktiv schyotlarga mansub, 
oy boshiga unda qoldiq bo’lmaydi; debet oboroti mahsulotni jo’natish bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlarni ko’rsatadi, kredit oboroti esa hisobot oyida foydani 
kamaytirishga o’tkazilgan summalarni ko’rsatadi. 9410- schyoti bo’yicha ochilgan 
schyotlarning analitik hisobi debet va kredit oborotlari bo’yicha hisobot oyi va yil 
boshidan jamlanib keluvchi xarajat summalarini moddalari bo’yicha ko’rsatgan 


28
 
holda 15-vedomostda yuritiladi Bu, o’z navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini 
tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi. Bu schyotlarning debet oborot 
summalari 1, 2, 7, 10/1- jurnal – orderlarda aks ettiriladi, kredit oborot summalari 
esa – 11-jurnal – orderda. 
Noishlab chiqarish xarajatlar har oyda to’liq summada quyidagi yozuv bilan 
moliyaviy natijalarga o’tkaziladi: 
D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 9410- «Sotish xarajatlari» 
9410 - «Sotish xarajatlari» schyotida quyidagilar hisobga olinadi: 
- temir yo’li, havo, avtomobil, dengiz, daryo, ot – arava transportlarida 
tashish xarajatlari. Bu xarajat moddasiga yuk tashish bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlar, shuningdek bekor turib qolgan transport vositalari uchun to’langan 
jarimalar ham kiritiladi; 
- savdo va umumovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari, 
jumladan; 
- Nizomning 1. 2. bandida sanab o’tilgan, ma’muriy boshqaruv 
xodimlarining mehnat haqlaridan tashqari, mahsulot (ish, xizmat)lar sotish bilan 
bog’liq bo’lgan mehnat haqi xarajatlari; 
- mehnat haqi fondidan ajratmalar; 
- ijara haqlari, savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar 
va xonalarni asrash va ta’mirlash xarajatlari; 
- Nizomning 1. 4. bandiga binoan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiyasi; 
- sanitar kiyimlari, oshxona dasturxonlari va sochiqlari, inventar va xo’jalik 
jihozlari, oshxona idish – tovoqlari va anjomlarining eskirishi; 
- gaz, yoqilg’i, elektroenergiya xarajatlari; 
- tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni saralash xarajatlari; 
- savdo reklamasi xarajatlari; 
- tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning norma doirasida va undan 
ortiqcha yo’qotilishi; 


29
 
- o’rash – joylash materiallari xarajatlari; 
- mol – mulkni majburiy sug’urta qilish xarajatlari; 
- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari; 
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o’rnatish 
va saqlash, tuynuklar, o’yiqlar va boshqalarning atrofini o’rash bo’yicha (nokapital 
xarakterdagi) joriy xarajatlar; 
- mahsus kiyim – bosh va mahsus poyafzalning eskirishi; 
- mahsus kiyim – bosh va mahsus poyafzal va yakka tartibdagi himoyaning 
boshqa vositalari yuvilganligi, to’zatilganligi va dezinfektsiya qilinganligi uchun 
kir yuvuvchilar, tuzatuvchilar va boshqa yuridik shaxslarga haq to’lash; 
- mahsus kiyim – bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga sarflangan 
materiallar qiymati; 
- umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi 
uchun tibbiyot muassasalariga haq to’lash; 
- kassa xo’jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari; 
- umumiy ovqatlanish korxonalarida qog’oz – salfetkalar, qog’oz – 
dasturxonlar, qog’oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar 
qiymati; 
- sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va 
undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar); 
- yuqorida sanab o’tilmagan boshqa sotish xarajatlari. 
Sotish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish 3-jadval quyidagi keltirilgan. 
Savdoda xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan chora va tadbirlardan biri 
mehnat unumdorligini oshirish, mavjud asbob-uskunalardan samarali foydalanish, 
ish vaqtidan unumli foydalanish kabi omillar sabab bo’ladi. Bunday omillar bilan 
birga savdo xarajatlariga talab va taklifni o’rganish ham ta’sir qiladi. Tovarlar 
harakatini tezlashtirish, uning pulga aylanishini jadalroq amalga oshirish 
xarajatlarni kamaytiruvchi omillardir. Savdoni to’g’ri tashkil qilish xarajatlarni 
kamaytiruvchi bosh omildir. Iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sharoitida savdo 


30
 
korxonalari o’z xarajatlarini qoplash va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash 
maqsadida ish faoliyatini tashkil qilish davr talabi. 
Bu vazifani bajarish birinchidan, bank kredit tizimini mustahkamlash, 
beriladigan kreditlar turlarini va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda 
banklarning ishtirok etishini kengaytirish zarurdir. Shartnoma tizimini yanada 
kengaytirish, tijorat markazlari, savdo uylari, vositachilik firmalari, ishini tashkil 
qilishni yaxshilash muhim ahamiyatga egadir. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-
sonli va 2003 yil 15 oktyabrdagi 444-sonli Qarorlari bilan qabul qilingan 
«Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning saqllanishi 
tartibi to’g’risida»gi Nizom buxgalteriya hisobini yuritish va soliqqa tortish uchun 
xarajatlarni hisoblashda yuzaga keladigan farqlarni e’tiborga olib ishlab chiqildi. 
Nizomga asosan xarajatlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: 
- ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar, ya’ni davr xarajatlari 
(operatsion xarajatlar); 
- korxonaning umumiy xo’jalik faoliyatidan ko’rilgan foyda yoki zararni 
hisoblab chiqishda inobatga olinadigan sarflar (moliyaviy faoliyat bo’yicha 
xarajatlar); 
- daromad yoki foyda solig’i to’lanmasdan oldingi foyda yoki zararni 
hisoblab chiqarishda e’tiborga olinadigan favqulodda zararlar.
Har bir guruh bo’yicha xarajat moddalari ishlab chiqilgandir. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə