Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


-jadval  «SHAXRABONU MADINA SAVDO» MCHJ korxonasining moliyaviy



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

3-jadval 
«SHAXRABONU MADINA SAVDO» MCHJ korxonasining moliyaviy 
natijalar to’g’risidagi hisobot 2-son shakl
15
 
Ko’rsatkich nomi 
Satr 
kodi 
O’tgan yilning 
tegishli davrida 
Hisobot davrida 
daromad 
(foyda) 
xarajat 
(zarar) 
daromad 
(foyda) 
xarajat 
(zarar) 






Mahsulot (tovarlar, ishlar va 
xizmatlar)ning sotilishidan sof 
tushum 
010 
800361,0 

804052,4 

Sotilgan mahsulotlar (tovarlar, 
ishlar va xizmatlar) tannarxi 
020 

691522,7 

680299 
15
Korxonaning ma’lumoti asosida muallif ishlanmasi.


36
 
Mahsulotlar (tovarlar, ishlar va 
xizmatlar)ning sotilishidan 
olingan yalpi foyda (zarar) (010-
020-satrlar)
030 
108838,3 
123753,4 
Davr xarajatlari, jami 
(050+060+070+080-satrlar) shu 
jumladan; 
040 

47954,8 

61192,9 
Sotish bo’yicha xarajatlar 
050 


Mamuriy xarajatlar 
060 


Boshqa operatsion xarajatlar 
070 


Kelgusida soliq solinadigan 
bazadan chiqariladigan hisobot 
davri xarajatlari 
080 


Asosiy 
faoliyatdan 
olingan 
boshqa daromadlar
090 
28369,1 

24329,9 

Asosiy faoliyatdan olingan foyda 
(zarar) (030-040+090-satrlar) 
100 
89252,6 
86890,4 
Moliyaviy faoliyatdan olingan 
daromadlar, jami 
(120+130+140+150+160-satrlar) 
shu jumladan:
110 


Dividend ko’rinishidagi 
daromadlar 
120 


Foizlar ko’rinishidagi 
daromadlar 
130 


Uzoq muddatli ijaradan olingan 
daromadlar (moliyaviy lizing) 
140 


Valyuta kursidagi farqlardan 
olingan daromadlar 
150 


Moliyaviy faoliyatdan olingan 
boshqa daromadlar 
160 


Moliyaviy 
faoliyati 
bo’yicha 
xarajatlar 
(180+190+200+210-
satrlar), shu jumladan: 
170 


Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar 
180 


Uzoq muddatli ijara bo’yicha 
(moliyaviy lizing bo’yicha) 
foizlar ko’rinishidagi xarajatlar 
190 


Valyuta kursidagi farqlardan 
ko’rilgan zararlar 
200 


Moliyaviy 
faoliyat 
bo’yicha 
boshqa xarajatlar 
210 


Umumxo’jalik faoliyatidan 
olingan foyda (zarar) 
220 
89252,6 
86890,4 


37
 
(100+110+170-satrlar) 
Favqulodda foyda va zararlar
230 
Daromad (foyda) solig’i 
to’lanishiga qadar foyda (zarar) 
(220+230-satrlar) 
240 
89252,6 
86890,4 
Daromad (foyda) solig’i 
250 


Foydadan olingan boshqa 
soliqlar va yig’imlar
260 


Hisobot davrining sof foydasi 
(zarari)
(240-250-260-satrlar) 
270 
54870,0 
51688,9 
Savdo korxonalari mazkur satrda sotilgan tovarlarning xarid bahosini aks 
ettiradi. Tovar aylanmasida (tovarlarning qabul qilinishi va sotilishida) ishtirok 
etmay, xizmatlar uchun to’lov ko’rinishida daromad oluvchi vositachi tashkilotlar 
mazkur satrni to’ldirmaydi. 
Ushbu satr 9100-hisobvaraqlar ma’lumotlar asosida to’ldiriladi. 
“Mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning sotilishidan olingan yalpi 
foyda (zarar)” (030-satr) mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning sotilishidan 
olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning 
tannarx o’rtasida farq sifatida (010-020-satrlar) aniqlanadi.
“Davr xarajatlari, jami” moddasi bo’yicha (040-satr) 050, 060, 070, 080-
satrlar bo’yicha yakuniy summa aks ettiriladi. «Sotish bo’yicha xarajatlar» 
moddasi bo’yicha (050-satr) mahsulotlarning sotilishiga oid xarajatlar, ya’ni, 
mahsulotlarning iste’molchiga yetkazib berilishi, transport vositalariga yuklanishi 
bilan bog’liq xarajatlar, marketing bilan band bo’lgan bo’limlar va xodimlarning 
xarajatlari va boshqalar - 9410-hisobvaraq ma’lumotlari aks ettiriladi. 
«Ma’muriy xarajatlar»moddasi bo’yicha (060-satr) korxonani boshqarishga 
oid xarajatlar, boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to’lash bo’yicha xarajatlar, 
umum ma’muriy maqsadlar uchun mo’ljallangan asosiy vositalarning doir 
xarajatlar, umumxo’jalik maqsadlaridagi xonalarning ijara to’lovlari va boshqa 
ma’muriy xarajatlar - 9420-hisobvaraq ma’lumotlari ko’rsatiladi. 
«Boshqa operatsion xarajatlar» moddasi bo’yicha (070-satr) xodimlarni 
tayyorlash va qayta tayyorlashga oid xarajatlar, axboriy, auditorlik va maslahat 


38
 
xizmatlari haqini to’lashga oid xarajatlar, kompensatsiyalash va rag’batlantirish 
tusiga ega to’lovlar, ish haqini hisoblab yozish chog’ida hisobga olinmaydigan 
to’lovlar va xarajatlar, bank va depozitariy xizmatlari haqining to’lanishi, ishlab 
chiqish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan va favqulodda 
xarajatlar moddalari sifatlariga ega bo’lmagan operatsion faoliyat jarayonida 
yuzaga keluvchi zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa xarajatlar - 9430-
hisobvaraq ma’lumotlari aks ettiriladi. 
«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot xarajatlari» 
moddasi bo’yicha (080-satr) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1999 yil 5 fevralda 54-son bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to’g’risida» nizomning 2,4-bo’limida keltirilgan, kelgusida soliq solinadigan 
bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlari - 9440-hisobvaraq 
ma’lumotlari aks etiriladi. 
«Asosiy faoliyatdan olngan boshqa daromadlar» moddasi bo’yicha (090-
satr) asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib kelishidan olingan foyda, 
undirilgan jarimalar, penyalar va ustamalar, o’tgan yillar foydasi, qisqa muddatli 
ijaradan olingan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari, 
tekinga moliyaviy yordam va boshqa operatsion daromadlar - 9300-hisobvaraq 
ma’lumotlari ko’rsatiladi. 
«Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar)» moddasi bo’yicha (100-satr) 
korxona asosiy faoliyatining moliyaviy natijalari ko’rsatiladi, ular mahsulotlar 
(tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning sotilishidan olingan yalpi foyda (zarar)dan (030-
satr) davr xarajatlari summalarini chegirib tashlash (040-satr) va asosiy faoliyatdan 
olingan boshqa daromadlar summalarini qo’shish (090-satr) yo’li bilan aniqlanadi. 
«Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar, «jami» moddasi bo’yicha (120-satr) 
O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar 
faoliyatida ulushli ishtirokdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli aksiyalar va 
boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha, dividendlar - 9520-hisobvaraq ma’lumotlari 


39
 
aks ettiriladi. 
«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» moddasi bo’yicha (130-satr) uzoq 
muddatli va joriy investitsiyalarga oid foizlar ko’rinishdagi daromadlar - 9530-
hisobvaraq ma’lumotlari ko’rsatiladi. 
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan olingan daromadlar» moddasi 
bo’yicha (140-satr) mol-mulklarni yuridik va jismoniy shaxslarga uzoq muddatli 
ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550-hisobvaraq ma’lumotlari aks ettiriladi. 
«Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar» moddasi bo’yicha (150-
satr) valyuta operatsialari bo’yicha musbat kurs farqlaridan, shu jumladan, balans 
tuzish sanasida balans valyuta moddalarining qayta baholashidan olingan 
daromadlar 9540-hisobvaraq ma’lumotlarida aks ettiriladi. 
«Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» moddasi bo’yicha (160-
satr) qimmatli qog’ozlarning qayta baholanishidan olingan daromadlar, royatli 
ko’rinishidagi va moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar -9510, 9560, 
9590-hisobvaraqlarning ma’lumotlari ko’rsatiladi. 
«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, jami» moddasi bo’yicha (170-satr) 
180, 190, 200, 210-satrlarga oid jami summa aks ettiriladi. 
«Foizlar bo’yicha ko’rinishdagi xarajatlar» moddasi bo’yicha (180-satr) 
banklarning kreditlari va qarzlar bo’yicha foizlar to’lanishiga oid xarajatlar - 9610-
hisobvaraq ma’lumotlari ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha foizlar ko’rinishidagi 
xarajatlar» moddasi bo’yicha (190-satr) uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) 
bo’yicha foizlar to’lanishiga oid xarajatlar aks ettiriladi. 
«Valyuta kursidagi farqlardan ko’rilgan zararlar» moddasi bo’yicha (200-
satr) valyuta operatsiyalari bo’yicha va balans tuzish sanasida balans valyuta 
moddalarining qayta baholashidan manfiy kurs farqlari 9620-hisobvaraq 
ma’lumotlari aks ettiriladi. 
«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» moddasi bo’yicha (210-
satr) qimmatli qog’ozlarning chiqarilishi va tarqatilishi bilan bog’liq xarajatlar va 
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar - 9630, 9690-hisobvaraqlar 


40
 
ma’lumotlari aks ettiriladi. 
«Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar)» moddasi bo’yicha (220-
satr) asosiy korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalar 
ko’rsatiladi, ular asosiy faoliyatidan olingan foyda (zarar) summasiga (100-satr) 
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (110-satr) summasini qo’shish va 
moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar summasini (170-satr) chegirish yo’li bilan 
aniqlanadi. 
«Favqulodda foyda va zararlar» moddasi bo’yicha (230-satr) favqulodda 
voqealar natijalari - 9710, 9720-hisobvaraqlar ma’lumotlari ko’rsatiladi. 
«Daromadlar (foyda) solig’i to’lanishiga qadar foyda (zarar)» moddasi 
bo’yicha (240-satr) - belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qo’shish 
natijasi daromad (foyda) solig’ining hisob-kitobi chog’ida asosiy natija bo’lib 
hisoblanadi. 
Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliq 
solinadigan bazasi quyidagi tarzda hisob-kitob qilinadi: daromad 
solig’i 
to’languniga qadar bo’lgan foyda (zarar) qo’shuv buxgalteriya foydasi bilan 1-son 
ilovada keltirilgan soliq solish uchun foyda o’rtasidagi doimiy farqlar; qo’shuv 
yoki ayruv 2-son ilovada keltirilgan, soliq solinadigan bazadan amalga oshirilgan 
xarajatlarning chegirib tashlanishi vaqtidagi tafovutlar; 
ayiruv qonun xujjatlariga muvofiq soliqlarga oid imtiyozlar; barobar 
daromad (foyda) solig’i bo’yicha soliq solinadigan baza. 
«Daromad (foyda) solig’i» bo’yicha (250-satr) hisobot davrining boshidan 
hisoblab yozilgan, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan daromadlar (foyda) solig’i 
summalari - 9810-hisobvaraq ma’lumotlari ko’rsatiladi. 
«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig’imlar» moddasi bo’yicha (260-
satr) korxona tomonidan foyda hisobidan to’lanadigan, yil boshidan boshlab 
hisoblab yozilgan soliqlar va yig’imlarning summasi (masalan, infratuzilmani 
rivojlantirish solig’i) 9820-hisobvaraq ma’lumotlari aks ettiriladi.Amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq soliq solishning alohida tartibi nazarda tutilgan korxonalar 
260-satrda hisoblab yozilgan yagona soliq, yalpi tushumdan soliq, hisoblangan 


41
 
daromaddan yagona soliq, yagona er solig’i summasida aks ettiradi. 
«Hisobot davrining sof foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha (270-satr) 240-
250-260-satrlar farqi sifatida aniqlangan hisobot davrining yakuniy moliyaviy 
natijasi ko’rsatiladi, u 9910-hisobvaraq bo’yicha saldoga muvofiq bo’lishi lozim.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə