Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


 Chakana savdoda tovar muomalalari hisobini takomillashtirish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

 
2.3. Chakana savdoda tovar muomalalari hisobini takomillashtirish 
Chakana savdo bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarda sotish bilan bog’liq 
xarajatlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular odatda moliyaviy natijalar hisobidan 
qoplanadi. Savdo faoliyatida ushbu xarajatlarning tarkibi uchun maxsus "Ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibi va mahsulot (ish xizmat)ni sotish va moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tarkibi to’g’risidagi Nizom" asosida belgilanadi. 
Mazkur nizomda sotish xarajatlari quyidagi tarkibda ifodalangan: 
- Temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo va ot aravada tovarlarni tashish 
xarajatlari. Bu moddaga tashish, hamda transport vositalarining bo’sh turganligi 
uchun to’langan jarimalar ham kiradi. 
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarning sotish xarajatlari shu 
jumladan: 

mehnat haqi xarajatlari; 

ijtimoiy sug’urta xarajatlari; 

savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan bino, inshoat va xonalarni 
ijarasi, saqlash va ta’mirlash xarajatlari; 

asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 

sanitar kiyim, oshxona jixozlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, 
oshxona idish va anjomlarning eskirishi; 

gaz, yoqilg’i, elektroenergiya xarajatlari; 

tovarlarga ishlov berish, navlarga ajratish va saqlash xarajatlari; 

savdo reklamasi xarajatlari; 

tovarlar, oziq-ovqatlarni tashish, saqlash va sotishdan norma bo’yicha va 
normadan ortiqcha yo’qotishlar va boshqa savdo bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlardan. 


42
 
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga binoan, savdo korxonalarining 
xarajatlari 9410 "Realizatsiya bo’yicha xarajatlari" schyotida hisobga olinadi. 
Ushbu schyot quyidagi subschyotlarga ega: 
9411 - "Saqlash va tashish xarajatlari"; 
9412 - "Reklama va sotishni rivojlantirish"; 
9413 - "O’rash, qayta saralash va idish xarajatlari"; 
9414 - "Mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlar"; 
9415 - "Mehnat haqi fondidan ajratmalar"; 
9419 - "Boshqa sotish xarajatlari". 
Unda chakana baza va omborlar, sovuqxonalar, taqsimlash omborlari va shu 
kabilarda tovarlarni keltirish, saqlash, qayta ishlash, navlarga ajratish, yuklab 
jo’natish va chakana realizatsiya qilishga aloqador xarajatlar aks ettiriladi. Sotish 
xarajatlarining analitik hisobi ulgurji va chakana savdo korxonalari uchun umumiy 
bo’lgan moddalar nomenklaturasi bo’yicha yuritiladi. Savdo korxonalarning 
xarajatlari ma’lum moddalari bo’yicha hisobga olib boriladi. Ularning tarkibi 
xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. OATPO 
«Toshkent-Univermagi» ning xarajatlari quyidagi asosiy moddalardan iborat. (4-
jadval)

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə