Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

rejalashtirish 
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni olib kelish va xaridorlarga yetkazib 
berish bilan bog’liq bo’lgan sarflar va xarajatlar: boshqaruv xarajatlari, mahsulot 
sotish xarajatlari va boshqa umumxo’jalik xarajatlari davr xarajatlari deb 
tushuniladi - bu savdoda muomala xarajatlari deb yuritiladi.
Davr xarajatlarini tekshirish, ularni tarkibini to’g’ri aniqlashdan boshlanadi. 
Chunki ba’zida ishlab chiqarishga ta’lluqli xarajatlar davr xarajatlari tarkibida 
hisobga olinishi zarur bo’lgan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shilib 
ketishi mumkin. Bu esa ishlab chikarish tannarxini o’zgartirishga olib keladi. 
Auditor davr xarajatlar tarkibidagi soliqqa tortiladigan davr xarajatlariga 
alohida ahamiyat berishi zarur. 
Auditor boshqaruv apparatini saqlash xizmat safari uchun ajratilgan 
mablag’larni maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishini aniqlaydi. 
Davr xarajatlari rejasi mavjudligi aniqlab, bu reja haqiqiy xarajatlar har bir 
modda bo’yicha taqqoslanib kamchiliklar aniqlanadi. 
Boshqaruv xodimlarga ta’lluqli bo’lgan mehnatga haq
 
to’lash xarajatlari 
rejaga qaraganda farq qilsa auditor bu holatlar soni o’zgarishi, shtat jadvalida 
tasdiqlangan lavozim maoshlarni haqiqiy maoshlar bilan muvofiqligini tekshiradi. 
Ma’muriy ahamiyatga ega asosiy vositalar (bino, inshoat va xokazo)ni saqlash 
va ta’mirlash xarajatlari tekshirilganda energiya xarajatlari normalari, isitish, 
yoritish, amortizatsiya xarajatlari ko’rib chiqiladi.
Davr xarajatlariga ta’lluqli turli nobudgarchiliklar va zararlarini auditor 
sinchiklab tekshirishi lozim, chunki bunday zararlardan korxona soliq to’lashi 
lozim. Bunday zararlarga shartnomalarini shartlarini buzganligi uchun jarimalar, 
penya va boshqa sanktsiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 
xarajatlar: daromadni yoki boshqa soliqqa tortish ob’ektni yashirganlik (kamaytirib 
ko’rsatganlik) uchun jarimalar; davo muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlar va 


48
 
boshqa undirilishi dargumon bo’lgan qarzlarni hisobdan chiqarish bo’yicha 
zararlar va hokazolar
kiradi. 
Mahsulotni sotish bilan bog’liq xarajatlarni tekshirish ushbu mahsulotni 
o’rash, saqlash, tashish xarajatlari me’yor chegarasidan chiqmasligi, ularni to’g’ri 
rasmiylashtirish va hisobga olishni aniqlashdan iboratdir. 
«SHAXRABONU MADINA SAVDO» MCHJ korxonasiga xaridorlar 
tomonidan talab yuqori bo’lgan hamda kundalik is’temol tovarlar olib kelinishi 
kerak. Talab past bo’lgan tovarlar omborga olib kelinsa, omborlarni tovarlar bilan 
to’lib yotishi, savdodagi mablag’larni sekinlik bilan aylanishi natijasida moliyaviy 
ahvolni murakkablashishga olib kelishi mumkin. 
Tekshirish davrida xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar, ma’lumotlari
tovarlarni omborga olib kelish dasturi bilan muvofiqlashtirilganligi aniqlanadi. 
Tekshirish jarayonida tovarlarni yetkazib berish bir me’yorda amalga 
oshirilishi aniqlanadi. Savdo korxonasi orqali tovarlarni xaridorlarga yetkazib 
berish buxgalteriya hisobi hujjatlarida to’g’ri rasmiylashtirilganligiga, shu bilan 
birga naqd pulga sotilgan savdo tushumlarga ahamiyat beriladi. 
Ayrim xollarda omborlarda tovarlarni yetishmasligi kamomad chiqish xollari 
ham uchrab turadi. Bunday hollarda mas’ul shaxslar tovarlarni omborlarda 
saqlanishi bo’yicha soxta tilxatlar yoki boshqa hujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Auditor auditni taxmin qilinayotgan ko’lami va o’tkazish tartibini bayon 
etgan holda, auditning umumiy rejasini ishlab chiqishi va rasmiylashtirishi lozim. 
Audit dasturini ishlab chiqishda qo’llanma bo’lib xizmat qilishi uchun, audit 
umumiy rejasining hujjatli aks ettirilishi yetarli darajada batafsil bo’lishi kerak, 
bunda uning aniq shakli va mazmuni sub’ekt kattaligi, auditning murakkabligi 
hamda auditor qo’llayotgan aniq uslubiyat va texnologiyaga bog’liq. 
Auditor auditning umumiy rejasini ishlab chiqishda ko’rib chiqishi talab 
qilinadigan masalalar quyidagilar: 
Biznesni bilishlik: 

sub’ekt biznesiga ta’sir ko’rsatuvchi umumiy iqtisodiy omillar va tarmoq 
xususiyati; 


49
 

sub’ektning, uni biznesining moliyaviy-xo’jalik faoliyati va hisoboti 
natijalarining, jumladan oldingi audit o’tkazilgan paytdan sodir etilgan 
o’zgarishlarning muhim tavsiflari; 

sub’ekt rahbariyati kasbiy xabardorligining umumiy darajasi.
 
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini tushunish: 

sub’ekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati va ushbu hisob 
siyosatidagi o’zgartirishlar;
 

buxgalteriya hisobi va audit standartlarining ta’siri; 

auditor tomonidan buxgalteriya hisobi va audit tizimlariga oid bilimlar 
to’plami hamda nazorat test so’rovlari va mohiyati bo’yicha muolajalarga talab 
qilinadigan tegishli e’tibor qaratish. 
Muhimlik va auditorlik riski: 

ajratib bo’lmaydigan risk va nazorat riskining kutilayotgan baho berish 
hamda auditning muhim bo’limlarini solishtirish; 

audit maqsadlari uchun muhimlik darajalarini belgilash; 

muhim noto’g’ri aks ettirishlar mavjudligining ehtimoli, oldingi davrlar 
tajribasi yoki tovlamachilik shular jumlasidan; 

buxgalteriya hisobining murakkab javhalarini solishtirish. 
Muolajalar tavsifi, muddati va hajmi: 

auditning aniq bir bo’limlariga urg’u berish ehtimoli; 

axborot texnologiyaning auditga ta’siri; 

ichki audit xizmatining ishi va tashqi audit muolajalariga uning taxmin 
qilinayotgan ta’siri. 
Auditor auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan, 
rejalashtirilgan auditorlik tekshiruvlarining tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi 
audit dasturini ishlab chiqishi va hujjatli rasmiylashtirishi lozim. Audit dasturi 
auditda ishtirok etayotgan auditor yordamchilari uchun yo’riqnomalar to’plami 
hamda ishni tegishli ravishda bajarilishi va aks ettirilishi yuzasidan nazorat qilish 
vositasi sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, audit dasturi auditning har bir bo’limi 
bo’yicha belgilangan vazifalar va auditning turli jabhalari yoki muolajalariga 


50
 
ajratilgan soatlar miqdori ko’rsatilgan vaqt byudjetidan iborat bo’lishi mumkin. 
Audit dasturini tayyorlash jarayonida, auditor ajralmas risk va nazorat risklari 
aniq baholanganligini hamda mohiyati bo’yicha muolajalar bilan ta’minlanadigan 
kerakli bo’lgan ishonchlilik darajasini ko’rib chiqishi lozim. 
Auditning dasturi audit rejasining rivojlanishi hisoblanib, tekshiruvning har 
bir aniq bo’limi uchun kerakli bo’lgan auditorlik muolajalar ro’yxatidan iboratdir. 
Auditorlik dasturlar quyidagi ikki turda bo’ladi:
1) korxona ichki nazorat tizimi to’g’risida ma’lumot to’plash uchun 
muolajalardan tarkib topgan nazorat testlari dasturi; 
2) bevosita schyotlardagi qoldiqlar to’g’risida ma’lumot to’plash uchun 
muolajalardan tarkib topgan schyotlardagi qoldiqlarni tekshirish dasturi. 
Auditorlik dasturi quyidagi omillardan tarkib topgan: 
1) auditorlarning ishlash jadvali.
Jadval auditorlik xulosasini tayyorlash uchun tekshiruv davrida to’plangan 
materiallar va boshqa hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish chegaralangan 
muddatlarini belgilaydi. Jadvalni tuzish paytida, foyda olishni ta’minlash 
maqsadida, olishga mo’ljallangan haqning hisobga olgan holda va uning doirasida, 
tekshiruvning alohida turlari va bo’limlarini tekshirish uchun saflanadigan vaqt 
masalasi hal etiladi; 
2) batafsil muolajalar. 
Audit dasturi yozma ravishda tayyorlanadi. Dasturlar auditorlik tekshiruvi 
rejasini amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan barcha muolajalar hamda 
tekshiruvning har bir bo’limi bo’yicha maqsad va vazifalar mufassal yoritiladi; 
3) audit bo’yicha ishni nazorat qilish. 
Dasturda tekshiruvga yuborilgan auditorlik guruhining barcha a’zolari ular 
zimmasiga qo’yilgan talablarni bilishligi nazarda tutiladi. U bir vaqtning o’zida 
auditorlik guruhdagi kichik auditorlar va assistentlar topshiriqlarni qay darajada 
bajarayotganligini nazorat qiluvchi asosiy hujjat hisoblanadi; 
4) xodimlar. 
Dasturda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun kerakli bo’lgan xodimlar 


51
 
soni, ular ishining hajmi va mazmuni belgilanadi. 
Odatda auditni asosiy auditor, auditor yordamchilari va assistentlaridan iborat 
guruh amalga oshiradi. 
Moliyaviy hisobot moddalari to’g’riligini tasdiqlash maqsadida miqdoriy 
xatolar va kamchiliklarni tekshirish uchun operatsiyalar testlari ishlab chiqiladi. 
Ushbu testlarni o’tkazishda quyidagilar aniqlanadi: 

operatsiyalarni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma mavjudligi; 

jurnallar va tahliliy hisob daftarlarida o’tkazmalar to’g’ri berilganligi va 
natijalar to’g’ri jamlanganligi; 

Bosh kitobga ma’lumot to’g’ri chiqarilganligi. 
Auditning umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirisharkan, auditorlik 
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, 
o’tkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi kerak. 
Tahliliy rusum-qoidalarni o’tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit 
uchun ahamiyatli bo’lgan sohalarni aniqlashi kerak. 
Tahliliy rusum-qoidalarning murakkabligi, hajmi va o’tkazish muddatlarini 
auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya hisoboti ma’lumotlarining 
hajmi va murakkabligiga qarab o’zgartirishi kerak bo’ladi. 
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti 
xo’jalik yurituvchi sub’ektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining 
samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi tavakkalchiligini (nazorat riskini) 
baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto’g’ri axborot paydo 
bo’lgani to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto’g’ri axborotni 
aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining 
samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining 
yetarli miqdorini to’plashi shart. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning 
ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat 
tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u bo’lg’usi audit 
hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo’ladi. 
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti 


52
 
moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va 
auditorlik tavakkalchiligi uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. 
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzarkan, auditorlik tashkiloti hisob 
axborotiga ishlov berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik 
tashkilotiga auditorlik rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash 
imkonini beradi. 
Auditorlik tashkiloti, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, 
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan audit umumiy rejasi 
va dasturining ayrim qoidalarini kelishib olishi mumkin. Bunda auditorlik 
tashkiloti umumiy reja va dasturda aks ettirilgan usullarni tanlashda mustaqil 
hisoblanadi, lekin o’z ishining natijalari uchun mazkur umumiy reja va mazkur 
dasturga muvofiq to’liq mas’uliyat his etadi. 
Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning natijalarini umumiy 
reja va dasturni tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur 
natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni 
davomida ishlatilishi mumkin. 
Auditning umumiy rejasini tuzish. Umumiy reja audit dasturini amalga 
oshirishda qo’llanma bo’lib xizmat qilishi kerak. 
Audit rejasiga asosan audit dasturi tuziladi. Ushbu dasturda rejadagi 
vazifalarga yanada aniqliklar kiritilib bajaruvchilar o’rtasida taqsimlanadi. 
Dasturda audit ob’ektlari, ularni tekshirishda qo’llaniladigan va auditorlik xisbotini 
ta’minlaydigan “usullar”, auditorlarning ishchi hujjatlari keltirilgan bo’ladi. 
O’zining mazmun mohiyatiga ko’ra, auditorlik dasturi audit o’tkazish uchun 
uslubiy manba va nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi. Auditor audit o’tkazish 
jarayonida ayrim operatsiyalarni chuqurroq tekshirish zaruriyati kelib chiqsa, 
bunday hollarda audit dasturiga tegishli o’zgarishlar kiritiladi va qabul qilingan 
tartiblarga asosan hujjatlashtiriladi. Yuqoridagi audit rejasiga asosan quyidaga
savdo korxonalarida muomala xarajatlari audit dasturi keltirilgan:


53
 
Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so’ng audit umumiy rejasi va 
dasturi hujjatni rasmiylashtirilishi va ularga belgilangan tartibda viza qo’yilishi 
kerak. 
Auditning umumiy rejasi va auditning dasturi audit o’tkazish vaqtida lozim 
bo’lishiga qarab qaytadadan ko’rib chiqilishi lozim. Vaziyatlardagi o’zgarishlar 
yoki auditorlik muolajalarni bajarish paytida olingan ko’zda tutilmagan natijalarni 
hisobga olish uchun xizmat ko’rsatishning butun muddatida rejalashtirish uzluksiz 
amalga oshirib boriladi. Ahamiyatli o’zgartirishlarning natijalari hujjatli 
rasmiylashtirilishi lozim. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə