Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


 Chakana savdoda tovar muomalalari auditini natijalarini umumlashtirish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

 
3.2. Chakana savdoda tovar muomalalari auditini natijalarini umumlashtirish 
tartibi 
Chakana savdo bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarning faoliyati, ularning 
moliyaviy natijalari bir qancha omillarga bog’liq. Shu jumladan sotish bilan 
bog’liq xarajatlarga. Sotish xarajatlari qabul qilingan me’yoriy xujjatlarga asosan 
davr xarajatlarini tashkil qiladi. Sotish xarajatlari auditning muhim ob’ekti bo’lib 
yakuniy moliyaviy natijalarga katta ta’sir qiladi.
Chakana savdo korxonalaridagi sub’ektlar faoliyati bir qancha xarajat 
moddalaridan iborat. Ushbu xarajatlar bozor munosabatlariga mos keladigan audit 
usullari orqali tekshirilishi mumkin. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mulkchilikning turli xil 
shakllari mavjud bo’lib, ular doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Mablag’lardan 
samarali foydalanish bir qancha omillarga bog’liq bo’lib mulk egalarini doimiy 
ravishda qiziqtirib kelgan. Yangi sharoitlardagi o’zgarishlar, hisob va auditga 
qo’yilayotgan talablarni professor H.N Musaev quyidagicha ifodalaydi: 
"Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy islohotlar natijasida, 
audit muammolarining yangi iqtisodiy tizimi vujudga kelmoqda. Ushbu tizim 
boshqaruv, hisob-kitob va nazoratga ham yangicha talab qo’ymoqda. Ikkinchi 
toifalar shaxs hisoblangan korxona bosh hisobchilarining endilikda huquqlari 
kengaygan. Turlari, faoliyat yo’nalishlari tubdan o’zgargan korxonalarda hisob va 


54
 
nazoratning yangi ob’ektlari vujudga keldi.
Bugungi kunda korxona rahbarlari va auditorlar oldida shunday savollar 
tug’ilmoqda: 
1. 
Qanday korxona (shu jumladan, xorijiy korxona) bilan shartnoma tuzish 
kerak? 
2. 
Sarmoyani qaysi faoliyatga va kimga sarflash kerak? 
3. 
Qaysi faoliyatdan ko’p daromad olinadi? va x.k. 
Buning uchun korxona rahbari, bosh hisobchi auditor o’z mijozlari 
xususiyatlarini, hisob-kitob yuritish va nazorat qilish tartibini chuqur bilish lozim. 
Ushba masalalar savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalarga ham 
taalluqlidir. Savdo faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xarajatlar 
auditi ma’lum tartibda tashkil etilishi kerak. Bugungi kunda, 21-sonli BHMSga 
ko’ra sotish xarajatlari quyidagi tarkibda hisobga olishni ko’zda tutilgan. 
9410 - «Realizatsiya bo’yicha xarajatlar»
9420 – «Ma’muriy va boshqaruv xarajatlari» 
9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» 
9440 – «Keyinchalik soliq solish bazasidan chiqariladigan hisobot davri 
xarajatlarining hisobvaraqlari (xarajatlarning turlari bo’yicha)» 
Xarajatlar auditini o’tkazishda ushbu schyotlarda yuritilayotgan xarajatlar 
tarkibiga alohida e’tibor beriladi, ularning "Mahsulot (ish, xizmat) sotish va ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibi to’g’risida va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to’g’risidagi Nizom" ga mos kelishligi tekshiriladi. Ushbu Nizomga ko’ra sotish 
bilan bog’liq xarajatlar quyidagicha guruhlangan: 
1. 
Temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo va ot arava tovarlarni tashish 
xarajatlari. Ushbu moddaga tovarlarni tashish jarayonida transport vositalarining 
bo’sh turib qolishi uchun to’langan summa, jarimalar ham kiritiladi.
2. 
Savdo tashkilotlarida sotish bilan bog’liq xarajatlar.
3. 
Bozorni o’rganish bo’yicha (marketing, reklama) xarajatlari. 
4. 
Sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar belgilangan me’yor chegarasida va 
me’yordan ortiqchaligi tekshirilib ko’riladi. 


55
 
Chakana savdo faoliyatining sotish xarajatlarini audit qilishda bizningcha 
quyidagilarga e’tibor berilishi kerak: 
- xarajatlarning me’yoriy hujjatlarga mos ravishda shakllanganligiga; 
- sotish xarajatlari smetasining mavjudligiga; 
- transport xarajatlari va bank krediti foizlarining to’g’ri taqsimlanishiga; 
- xarajatlarning sodir bo’lish vaqtiga qarab, bo’linmalar va savdo 
shahobchalari bo’yicha hisobga olinishiga; 
- reklama, marketing xarajatlari, vakillik xarajatlariga alohida e’tibor berish; 
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishining to’g’ri hisoblanishi va 
hisobga olinishiga. 
Xarajatlar nazorati masalalari mahsus adabiyotlarda keng e’tirof etilgan. 
Jumladan, A. Rizaqulovning fikricha xarajatlar nazoratini yaxshilash ularni: "Ichki 
xo’jalik bo’limlarida ishlab chiqarish xarajatlari zveno, bo’limlar bo’yicha hisobga 
olishni tekshiriladi".
Sotish xarajatlarini bevosita va bilvosita sotilgan tovarlar tannarxiga 
qo’shish va buxgalteriya hisobini yuritish qabul qilingan tartib qoidalarga muvofiq 
amalga oshirish kerak. 
Chakana savdo xarajati auditi jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
- tovarlarni sotish bilan bog’liq xarajatlarning "Biznes reja" ko’rsatkichlariga 
mos kelishini tekshirish; 
- transport va kredit foizlari xarajatlarini taqsimlashdan oldin joriy va o’tgan 
davr xarajatlari bunga to’g’riligini tekshirish; 
- xarajatlarni sotish bo’linmalar bo’yicha alohida hisobga olinishini 
tekshirish; 
- tovarlarni saqlash, saralash, tayyorlash va sotish bilan bog’liq xarajatlarni 
tekshirish; 
- savdo faoliyatidagi davr xarajatlarining xaqiqiy summasini smeta 
qiymatiga mos kelishini tekshirish; 
- xarajatlarning joriy hisob va moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini 
tekshirish. 


56
 
Auditor chakana savdo xarajatlarini tekshirishda quyidagi xujjatlarga 
asoslanadi: 
- xarajatlar smetasi; 
- joriy hisob ma’lumotlari; 
- bank hujjatlari, hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha tuzilgan hujjatlar, avans 
hisobotlari, naryadlar, vedomostlar, talabnomalar, yuk xatlari, ishonchnomalar; 
- tovarlar, pul mablag’lari va boshqa turdagi moddiy boyliklarni saqlashga 
mo’ljallangan xarajatlar bo’yicha tuzilgan hujjatlar; 
- tovarlar pul mablag’larini inventarizatsiya qilish bo’yicha hujjatlar; 
- boshqa hujjat turlari. 
Auditor tekshirish jarayonida qonunbuzarlik, mablag’larni maqsadsiz 
sarflash, suiste’mol hollarga olib keluvchi sabablarni aniqlaydi. Shu bilan 
birgalikda, auditor mansabdor shaxslarning aybi bilan yetkazilgan zarar miqdorini 
aniqlaydi. 
Chakana savdo korxonalari faoliyatida mablag’lar noto’g’ri sarf etilishi va 
hujjatlashtirilishi mumkin. Ushbu kamchiliklarning kelib chiqish sabablari chuqur 
o’rganilib chiqiladi va ma’lum tavsiyalar beriladi.
Audit jarayonida qilingan xarajatlarning samaradorligiga alohida e’tibor 
berilishi kerak. 
Audit paytida qonunchilikning buzilish hollari aniqlangan bo’lsa, uning 
sabablari o’rganiladi, aybdorlarni moddiy, intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka 
tavsiya etiladi.
Korxonalardagi xarajatlarning moliyaviy hujjatlarning to’g’riligiga, uning 
rahbari va bosh hisobchisi javob beradi. Auditorning vazifasi o’tkazilgan tekshiruv 
asosida ushbu hujjatlarning xaqiqiyligiga xolisona xulosa berishdan iborat. 
Sotish xarajatlarining auditi qabul qilingan auditorlik qoidalariga muvofiq 
o’tkaziladi. Ushbu qoidalarga asosan auditor moliyaviy xo’jalik ko’rsatkichlarining 
hujjatlarida asosli aks ettirilganligi yoki noto’g’ri ma’lumotlar berilganligini 
aniqlashdan va bunga o’zining munosabatini bildirishdan iborat. 
Sotish xarajatlari auditida moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari joriy 


57
 
ma’lumotlar bilan solishtiriladi, korxonaning moliyaviy ahvoli barqarorligiga baho 
beriladi. Audit davridagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlariga taqqoslab tekshiriladi. Moliyaviy hisobotdagi har bir xarajat 
turlari (mahsulot - tovarlarning tannarxi, ma’muriy va boshqaruv xarajatlari) 
maxsus audit usuli orqali tekshiriladi.
Xarajatlardagi o’zgarishlar turli sabablar ta’sirida sodir bo’lgan bo’lishi 
mumkin. Auditor ushbu sabablarning kelib chiqishini aniqlaydi. Xarajatlarning 
auditini tashkil etish audit standartlari asosida o’tkazilishi kerak. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida rivojlangan mamlakatlarda 
auditorlarning kasb - etkasiga quyidagi shartlar belgilangan:
1. 
halollik, mutaxassisligini puxta bilish; 
2. 
sifatli xizmat qilish va ishonchga sazovar bo’lish; 
3. 
vijdoniylik, xolislik, ishga jiddiy munosabatda bo’lish; 
4. 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar shani va shuxratini pasaytirmaslik, 
auditorlik firmasi manfaatini hurmat qilish. 
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ham ushbu 
qoidalar e’tiborga olingan. Auditor savdo korxonalari xarajatlarini tekshirishda 
ushbu tamoyillarga to’liq amal qilishi kerak.
Shuni alohida ta’kidlash joyizki, savdo korxonalari amaliyotida sotish 
xarajatlari auditga yetarlicha ahamiyat berilmagan. Buning sababi ushbu 
ko’rsatkich auditi uslubining ilmiy jihatdan yetarlicha asoslanmaganligidir. Lekin 
savdo bilan shug’ullanuvchi xo’jalik sub’ektlarining sotish bilan bog’liq xarajatlari 
sanoqli o’rin egallaydi va yildan yilga oshib bormoqda.
Chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxona va firmalarning sotish 
xarajatlari auditining muhim ob’ekti sifatida ma’lum tartibda va ketma - ketlikda 
tekshirish kerak.
Bunday auditda asosiy manba buxgalteriya hisobi hujjatlari va yozuvlari 
hisoblanadi.
Auditor sotish xarajatlarini tekshirishda asosan quyidagi schyotlarning 
ma’lumotlaridan keng foydalanishi kerak; 


58
 
Sotilishni ko’zda tutilgan. 
9410 - «Realizatsiya bo’yicha xarajatlar»
9420 – «Ma’muriy va boshqaruv xarajatlari» 
9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» 
9440 – «Keyinchalik soliq solish bazasidan chiqariladigan hisobot» 
9120 - "Sotilgan tovarlar tannarxi" 
5110 - "Hisob-kitob schyoti"
5010 - "Kassadagi pul mablag’larining hisobvaraqlari" 
5210 – «Chet el valyutasidagi pul mablag’larining hisobvaraqlari» schyotlari 
6810 – «Qiska muddatli kreditlar va qarzlarning hisob varaqlari» schyotlari 
9910 - "Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlar" va 
boshqa schyotlar 
Sotish xarajatlari har oyning oxirida yakuniy moliyaviy natijalar schyotiga 
o’tkazilib boriladi (ushbu schyotda qoldiq qolmaydi). Auditor sotish xarajatlarining 
ko’payishi ma’lum operatsiyalar bo’yicha tovar va bank hujjatlari bo’yicha, 
maxsus hisob-kitoblar bo’yicha tekshiradi. 
Xarajatlarning yakuniy moliyaviy natijalar schyotiga o’tkazilganligi maxsus 
hisob-kitob va buxgalteriya yozuvi orqali tekshiriladi. 
Auditor savdo korxonalarida tijorat bilan bog’liq xarajatlarga alohida e’tibor 
berishi kerak. Ushbu xarajatlar korxonaga foyda keltirishi kerak. Shu sababli 
muhim masalalardan biri savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi xo’jalik 
sub’ektlarining moliyaviy natijalarini auditini tashkil etishdir. 
Shunday qilib, sotish xarajatlari auditni tashkil etish sotish bilan bog’liq 
ayrim xarajatlarni taqsimlash tartibini ishlab chiqish va uning auditini tashkil etish, 
xarajatlarni asoslangan holda nazorat qilish imkonini beradi. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar chet el 
sarmoyalarini keng jalb etish, qo’shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlarini barpo 
etish, xom ashyo va fond birjalari, moliya va sarmoya bozorlarini rivojlantirish, 
xususiylashtirish jarayonini jadallashtirishga keng imkoniyatlar berilmoqda. Tashqi 
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish import-eksport hajmini ko’payishiga olib 


59
 
kelmoqda. Bunday o’zgarishlar savdo bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarga ham hos bo’lib, ushbu sub’ektlarni daromadlari va foydalari tobora 
oshib bormoqda. Bu o’z navbatida moliyaviy natijalar uni auditini yanada dolzarb 
qilib qo’ymoqda. Moliyaviy natijalarning auditi auditorlardan katta ma’suliyat 
talab qiladi. Shu maqsadda iqtisodchi olim E.Mo’ydinov shunday deb fikr 
bildiradi: "Hozirgi sharoitda korxonalar auditorlik firmalarini asosan o’zlarini 
himoyalash va bilib-bilmay qilgan xatoliklari mas’uliyatining bir qismini ularning 
zimmasiga yuklash uchun yollamoqdalar"
17
Ushbu fikrga ko’ra, korxonalar faoliyatidagi xatoliklarning bir qismi 
auditorlar zimmasiga tushmoqda. Bu o’z navbatida auditorlik riskini to’g’ri 
belgilashni o’ta muhim qilib qo’yadi. Ushbu masala bo’yicha A.Azlarov quyidagi 
fikrni bildiradi: "Auditorlar o’z vazifalarini amalga oshirishni, tekshirilayotgan 
firmalarning 
moliyaviy 
ahvoli 
to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida 
tekshirishlarni xohlagan vaqtlarida olib borishlari mumkin. Bu holda ular ishni 
muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur deb hisoblagan barcha hujjatlarni, 
shartnomalar, bitimlar, qaydnomalar, hisobotlar, mutanosiblik, ya’ni buxgalterlik 
hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishga haqlidir. Shuningdek, ularga 
balanslar hamda boshqa moliyaviy hisobotlarning ishonchli ekanligini o’z imzolari 
bilan tasdiqlash huquqi berilgan"
18

Iqtisodiyotda mulkchilik shakllarining o’zgarishi, mulkiy huquq va 
majburiyatlarning kengayishi, moliya bozorining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy 
aloqalarning kengayishi, investitsiyalash siyosatining kuchayishi bugungi kunda 
moliyaviy nazoratning muhim shakli bo’lgan auditorlik xizmatini to’g’ri yo’lga 
qo’yish va uning huquqiy asoslarini yaratishni muhim vazifa qilib qo’yadi. 
Haqiqatdan ham korxonalar faoliyatida hisob va hisobot yuritishning huquqiy 
asosini ta’minlash, uning hisob qonunchiligiga qay darajada mos ekanligini tadqiq 
etish va yakun berish, mulk egalarining manfaatlarini himoya etish, davlat 
qonunchiligi ustuvorligini ta’minlash kabi qator masalalar bugungi kunda sekin 
asta o’z yechimini topmoqda. 
17
«Moliyachi Jurnali» T., «TMI», 2017 yil, 25-b. 
18
«Moliyachi Jurnali» T., «TMI», 2017 yil, 18-b. 


60
 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bosqichida nazoratning mazmuni, 
maqsadi tubdan o’zgardi. Uning turlari va o’tkazish shakli takomillashib 
bormoqda. 
Bugungi kunda nazoratning muqobil xizmat shakli ya’ni, yuqoridan 
belgilanadigan nazorat shakli emas, balki manfaatli bo’lgan, huquqiy xizmat shakli 
bo’lgan nazorat kerak. Bunday vazifalarni auditorlik faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi yuridik shaxslar hisoblangan auditorlik tashkilotlari bajaradi. 
Hozirgi kunda auditorlik firmalari (tashkilotlari) bilan Davlat soliq idoralari 
o’rtasida ma’lum raqobatchilik muhiti vujudga kelgan. Soliq idoralarining qonun 
va me’yoriy hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalari auditorlik firmalari bilan 
manfaatlar to’qnashuvi sodir bo’lmoqda. Soliq idoralari davlat nomidan ish 
yurituvchi sifatida o’zlariga berilgan huquqlardan belgilangan holda korxonalardan 
soliqlarni undirish orqali davlat byudjetini to’ldirdilar. Shuningdek, soliq 
noyiblarining moddiy manfaatdorligi ham ular tomonidan undirilgan soliq 
to’lovlari ko’lami bilan boqlig’. Buning mazmuni shulardan iboratki qancha ko’p 
soliq kamomadi yoki yashirib qolishlar topiladigan bo’lsa soliq idoralari 
hodimlarining manfaatdorlik darajasi ham shuncha oshib boradi. Natijada ular 
hisob ob’ektidagi har qanday o’zgarishga ham shubha bilan qaraydilar. Shu 
jihatdan soliq idoralari hech qachon korxonaga soliqlar hisobi yoki to’lovi 
bo’yicha, xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi bo’yicha yoki bo’lmasa amaldagi 
imtiyozlar bo’yicha ularga amaliy yordam ko’rsatishdan, tegishli me’yoriy 
hujjatlar bilan ta’minlashdan manfaatdor emaslar. Shuningdek, ularning vaqt 
o’lchovi yoki biriktirilgan xo’jalik sub’ektlarning ko’pligi ham bu masalani ular 
hohlagan holda ham yechish imkoni bermaydi. 
Auditorlik firmalari esa ushbu bo’shliqni to’ldirish vazifalarini bajaruvchi 
sifatida faoliyat yuritadi. Auditorlar nafaqat auditorlik tekshiruvini o’tkazibgina 
qolmasdan, balki soliqlar yuzasidan maslahatlar berish, soliq hisob-kitoblarini 
tuzish, imtiyozlardan foydalanish bo’yicha maslahatlar beradilar. Bu esa auditorlik 
faoliyatining rivojlanishiga va soliqlar to’lovlarining soliq jazosidan qutilishiga 
imkon beradi. 


61
 
Moliyaviy natijalarni aniqlashda to’lovlar, daromadlar, xarajatlarning kelib 
chiqish va sodir bo’lish davri muhim ahamiyatga ega. Bu masalalar ayniqsa 
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunning 13-
moddasida alohida belgilanib daromadlar va xarajatlarning to’langan vaqti va puli 
kelib tushishidan qat’iy nazar, qaysi davrga taaluqli bo’lsa, o’sha davr hisob 
qatoriga kiritilishi alohida qayd etilgan. 
Foyda va zararlarning aniq ifodasi birinchi navbatda sotishdan tushgan 
tushum va xarajatlarning to’g’ri hisoblanishiga bevosita bog’liq. Shu jihatdan 
moliyaviy natija auditi ko’p jihatdan kompleks o’rganuvchanlik va yondashuvlikni 
talab etadi. 
Yakuniy natijaviylikka chiqish xarajatlarning mahsulotlar (tovarlar) 
tannarxiga to’g’ri olib borilganlikni hamda ularning yuzaga chiqish qatori bo’yicha 
to’g’ri turkumlanmaganligini taqozo etadi. Bu o’z navbatida korxonaning 
moliyaviy natijaviyligini va soliqlarni vaqtida to’lanishini ta’minlaydi. Bu esa 
soliqlarni kamchiliklardan himoyalanishiga imkoniyat beradi.
Korxona faoliyatidagi har qanday o’zgarishlar ichki nazoratga olinadi, yo’l 
qo’yilgan kamchilik vaqtida bartaraf etadi. Jumladan moliya bozorida aktivlarning 
foydalanishi, investitsiyalash siyosatining to’g’riligi, bo’sh pul mablag’larining 
to’g’ri joylashtirilishi korxona buxgalteriyasida ichki nazorat qilib boriladi. 
Asosiy faoliyatning natijaviyligi korxona faoliyatining asosini tashkil qiladi. 
Shuning uchun sotishdan olingan daromadlar, foyda doimiy ravishda nazoratga 
olinishi kerak, uzluksiz audit qilib turish kerak.
Chakana savdo korxonalarining sotishdan olingan moliyaviy natijalar auditi 
quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: 
- xarajatlarning me’yorini, uning asosligini tekshirish; 
- xarajatlarni moddalari bo’yicha tekshirish; 
- daromad turlari va kelib chiqishini audit qilish; 
- foyda va zararlarning to’g’ri aniqlanganligini tekshirish; 
- xarajatlar va daromadlar hisobining to’g’ri yuritilganligi korxona hisob-
siyosatiga mosligini aniqlash; 


62
 
- korxonaning yil yakuni bo’yicha foydaning (zararning) to’g’ri 
aniqlanganligi va ishlatilishini tekshirish; 
- moliyaviy hisobning to’g’riligi va oshkoraligini aniqlash. 
Sotishdan olingan moliyaviy natijalarni aniqlashda kelib tushgan tushum 
muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala iqtisodchi olimlar tomonidan ham e’tirof 
etilgan. "Hisob siyosatida tushumni aniqlashning tanlangan varianti boshqa hil 
sotishlarga nisbatan ham qo’llaniladi. Nazorat qilishning mazkur ob’ektini 
tekshirish jarayonida auditor mahsulotni sotishdan tushadigan tushumni aniqlash 
va foydani shakllantirishning tanlangan variantining to’g’ri ekanligini tahlil qilib 
chiqish kerak"
19
Bundan tashqari audit o’tkazishda savdo faoliyatining xususiyatidan kelib 
chiqqan holda, tovarlarni sarflanishini aniqlashning uzluksiz usuli va uning 
qo’llanishi zarur. Savdo korxonalarida sotish va undan olinadigan moliyaviy 
natijalar ma’lum tartibda audit qilinadi. Bunda quyidagi schyotlardagi yozuvlardan 
foydalaniladi: 
Tovarlarni hisobga olishda № 2900-guruhdagi schyotlar, 
2910 - "Ombordagi tovarlar"; 
2920 - "Chakana savdodagi tovarlar"; 
2930 - "Ko’rgazmadagi tovarlar"; 
2940 - "Ijara buyumlari"; 
2950 - "Tovar osti idishlar va bo’sh idishlar"; 
2960 – « Komissiyaga topshirilgan tovarlar» 
2970 – «Yo’ldagi tovarlar» 
2980 – «Savdo ustamasi»
2990 - "Boshqa tovarlar"; 
9020 - "Tovarlarni sotishdan olingan daromad"; 
9120 - "Sotilgan tovarlar tannarxi"; 
9400 - "Davr xarajatlari hisobvaraqlari schyotlari" 
19
Рогуленко Т. М. Аудит: Учебник /. изд. с изм -М.:Экономист, 2006. - 388 с.


63
 
9410 - "Realizatsiya bo’yicha xarajatlari" 
9910 - "Yakuniy moliyaviy natija" va boshqa schyotlardagi yozuvlar ushbu 
schyotlar bo’yicha analitik hisob ma’lumotlaridan keng foydalaniladi 9120 - 
"Sotilgan tovarlar tannarxi" schyotida aks ettirilishi kabi masalalar bo’yicha 
auditorlik nazoratining amalga oshirilishi o’z ifodasini topishi kerak. Tovarlarni 
sotishdan olingan daromadlarni nazorat qilishda soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, 
aktsiz solig’i va boshqalar) hisobining yuritilishi, savdo faoliyati bo’yicha yalpi 
daromad solig’i masalasiga alohida e’tibor beriladi.
Moliyaviy natijalar auditida auditorning bajaradigan vazifalarini belgilash 
muhim ahamiyatga egadir. Ushbu masalada professor To’laxodjaeva M. 
tomonidan batafsil ifodalangan. 
Auditor korxonaning foydasi (daromadi) va moliyaviy faoliyatini 
tekshirganda tayyor mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni sotish natijasida 
olingan foyda va ko’rilgan zararlarni, davr xarajatlarini, ularning asosligini 
tasdiqlangan smetalarga mosligini va moliviy natijalarga ta’sirini tadqiq etmoqi 
lozim. 
Shunday qilib, savdo faoliyati bo’yicha moliyaviy natijalar auditini yuqorida 
aytilgan tartibda tashkil etish, uning auditida tovarlarni sotish, debitor qarzlarni va 
moliyaviy natijalarni belgilangan dastur, ishchi dasturlar asosida tashkil etish 
buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish imkonini beradi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə