Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

3-bob bo`yicha xulosa 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsam chakana savdo bilan shug’ullanuvchi 
sub’ektlarning faoliyati, ularning moliyaviy natijalari bir qancha omillarga bog’liq. 
Shu jumladan sotish bilan bog’liq xarajatlarga. Sotish xarajatlari qabul qilingan 
me’yoriy xujjatlarga asosan davr xarajatlarini tashkil qiladi. Sotish xarajatlari 
auditning muhim ob’ekti bo’lib yakuniy moliyaviy natijalarga katta ta’sir qiladi. 
Asosiy faoliyatning natijaviyligi korxona faoliyatining asosini tashkil qiladi. 
Shuning uchun sotishdan olingan daromadlar, foyda doimiy ravishda nazoratga 
olinishi kerak, uzluksiz audit qilib turish kerak. 


64
 
Shunday qilib, sotish xarajatlari auditni tashkil etish sotish bilan bog’liq 
ayrim xarajatlarni taqsimlash tartibini ishlab chiqish va uning auditini tashkil etish, 
xarajatlarni asoslangan holda nazorat qilish imkonini beradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


65
 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Chakana savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni me’yoriy 
hujjatlar asosida tashkil etishni takomillashtirish borasida berilgan ilmiy tavsiya va 
takliflarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Bitiruv malakaviy ishimda iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida 
respublikamiz iqtisodiyotida chakana savdo korxonalarining ahamiyati, ularni 
tashkil qilish va rivojlantirish zarurati oshib bormoqda.

Chakana savdo korxonasida tovar operatsiyalari va muomala xarajatlarini 
hisobda to’g’ri aks ettirish uchun muayyan shart-sharoitlarini hamda amaldagi 
me’yoriy hujjatlar qoidalarini aks ettiruvchi hisob siyosati shakllantirishni talab 
etadi. 

 
Tovar-moddiy boyliklarning saqlanish joylarida ombor hisobini 
belgilangan usul va shakllarda, shuningdek hisob registrlari hisoblangan kitob, 
kartochka yoki qaydnomalarni o’z vaqtida va to’g’ri yuritilishini ta’minlash. 

Chakana savdo korxonalarida xaridorlar bilan bo’ladigan muomala 
xarajatlari xisobini takomillashgan «BEM-Buxgalterga Elektron Madad» 
dasturidan foydalanish maqsadga muvofiq deb o’ylayman. 

Chakana savdo korxonalarida muomala xarajatlari hisobini tashkil etishda 
xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish o’rinlidir. 
Bitiruv malakaviy ishimda chakana savdo korxonalarida auditni tashkil 
qilishning ahamiyati ochib berilgan. Taqiqot ishida ko’rilgan masalalar va takliflar 
o’rganilayotgan mavzuni yanada chuqurroq o’rganishni va takomillashtirishni 
taqozo etadi. Uylaymizki bu taklif va mulohozalar filialda muomala harajatlari 
hisobini takomillashtirishda muhim manba hisoblanadi. 
Ilmiy ishda chakana savdo korxonalarida muomala xarajatlari hisobini 
auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazish bo’yicha reja va dastur ishlab chiqilgan 
hamda auditorlik xulosalari namunalari keltirilgan. Bular yordamida auditorlik 
tashkiloti tomonidan korxonani rivojlanishi uchun to’g’ri xulosalar beriladi deb 
ishonaman. 


66
 
Respublikamiz hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot do’konlarida, 
oziq-ovqat do’konlarining bo’limlari va sektsiyalarida, shuningdek mulkchilikning 
barcha shakllaridagi pavilonlarda yangi uzilgan sabzavot, ho’l meva, uzum, 
rezavor meva, subtropik o’simliklar, yong’oqmevalar, poliz mahsulotlari, 
qo’ziqorin, yovvoyi holda o’suvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan 
olingan mahsulotlar (keyingi o’rinlarda matnda «meva-sabzavot tovarlari» deb 
yuritiladi)ni chakana sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilab olish kerakligini 
alohida ta’kitlash lozim. 
Savdo-tijorat korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlar 
asosida tashkil etishni takomillashtirish borasida berilgan ilmiy tavsiya va 
takliflarni qo’yidagicha umumlashtirish mumkin: 
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamiz iqtisodiyotini 
savdo korxonalarining ahamiyati, ularni tashkil qilish va rivojlantirish zaruriyatiga 
asoslangan. Unda savdo va tijorat korxonalarining umumiy hamda farqli jihatlari 
iqtisodchi olimlar fikrlari asosida ifodalab ko’rsatilgan. 
2. Savdo korxonalarida dastlabki va yig’ma hujjatlarni takomillashtirish, 
tovarlarning kirimi va chiqimi, jo’natish va sotish muomilalarini hisobga olishni 
auditini, tovarlar inventarizatsiya natijalarini to’g’ri rasmiylashtirish imkonini 
beradigan hujjatlarni takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish. 
3. Savdo korxonalari tovar boyliklarining auditning xalqaro va milliy 
standartlar asosida takomillashtirish yo’nalishlari atroflicha tadbiq etilgan. 
Jumladan; unda savdo korxonalarida tovarlarni shartnomalari asosida sotish 
hisobini mukammallashtirish borasida muhim takliflar berilgan.
4. Hozirgi kunda savdo korxonalari amaliyotida sotilgan tovarlari bilan ularga 
tegishli soliqlar va to’lovlar, sotilmagan tovarlarga soliq to’lashni, tovarlarni 
rastalarga turib qolishi, sifatini buzilishi va yakuniy moliyaviy natijasi kamaytirib 
ko’rsatilyotganligini ta’kidlash lozim va audit sohasida tekshirilishini yaxshilash. 
5. Savdo korxanalari savdosi auditini xalqaro standartlarga asoslangan 
schyotlar rejasi bo’yicha yuritish tartibi ishlab chiqilgan hamda sotish xarajatlarini 
hisobga olish bo’yicha muhim tavsiyalar aytib o’tilgan. Masalan: savdo 


67
 
korxonalari faoliyati uchun ishchi schyotlar rejasi taklif etilgan. 21-sonli 
buxgalteriya hisobi milliy standarti tarkibida 3010-“Savdo ustamasi” 3020-“Savdo 
chegirmasi” kabi schyotlarni ochish hamda ularga aloqa schyotlari taklmf qilingan.
6. Savdo korxanalari auditini tashkil qilishning ahamiyati ochib berilgan. 
Shuningdek savdoda audit o’tkazishda audit rejasi va audit dasturining namunaviy 
shakli tavsiya etilgan.
7. Savdoda auditorlik tekshiruvi bo’yicha muhim nazariy-amaliy takliflar 
keltirilgan. Jumladan; savdo korxonalarida nobudgarchiliklar, kamomadlar va 
yo’qotishlarni hujjatlashtirish, ularga oid muomilalarni buxgalteriya schyotlarida 
aks ettirish va audit qilishda uslubiy ko’rsatmalar berilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdo korxonasida auditorlik 
tekshiruvlarining o’z vaqtida o’tkazib turilishi savdo tashkilotlarning befoyda, 
ortiqcha xarajatlarni qisqartirishi hamda mamlakat doirasida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni aholiga tez va sifatli ravishda etkazish, ma’lum qonun-qoidalar va 
me’yoriy xujjatlar asosida yuqori foyda olib ishlashini ta’minlaydi. 


68

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə