Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


-jadval  Hisob-kitob schyotlari bo`yicha xarajatlar



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

4-jadval 
Hisob-kitob schyotlari bo`yicha xarajatlar
16

Hisob kitob schyoti 
Xarajatlar
- 2610 - 
Chegirmalar 
- 2620 - 
Ma’muriy boshqaruv xarajatlari 
- 2630 - 
Boshqa xarajatlar 
- 2640 - 
Pulli xizmatlar xarajatlari 
- 2650 - 
Oshxona ishchilari ish haqi xarajatlari 
- 2660 - 
Ish xaqi va ajratmalar xarajatlari
- 2900 - 
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar 
- 2920 - 
Сhakana savdodagi tovarlar 
Savdo korxonalarida sotish xarajatlarining hisobi 9410 "Realizatsiya 
bo’yicha xarajatlar" schyotida yuritiladi. Bu schyotda do’kon, kichik 
16
Muallif ishlanmasi. 


43
 
shaxobchalarning, shuningdek tovarlarning mayda ulgurji realizatsiya qiluvchi 
bazalarning barcha xarajatlari aks ettiriladi. Ulgurji bazalarning ixtisoslashgan 
omborxonalarida va mayda ulgurji savdo tarzida tovarlar realizatsiyasi bilan 
shug’ullanuvchi sabzavotxonalar, aholidan mahsulotni xarid qilib olish punktlari 
va vositachi do’konlarning xarajatlari alohida moddalar bo’yicha hisobga olinadi.
Savdo faoliyati xarajatlarining analitik hisobi nomenklaturalar bo’yicha 
yuritiladi. Sotish xarajatlarini hisobga olishda xarajatlarni bevosita va umumiy 
xarajatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bevosita xarajatlar deganda do’konning 
o’z ehtiyojlari yoki savda tashkiloti tomonidan muayyan bir do’kon uchun qilgan 
aniq xarajatlari tushuniladi. Bu chiqimlar boshlang’ich va yig’ma hujjatlar orqali 
aniq do’konning analitik hisob registriga o’tkaziladi. Birlashma, savdo tashkiloti 
yoki do’kon tomonidan bir necha do’kon (filial, bo’lim)larga qilingan xarajatlar 
umumiy xarajatlar hisoblanadi. Bu xarajatlar har oyda tanlangan bazaga mutanosib 
mahsus tuzilgan hisob-kitoblar asosida do’konlar o’rtasida taqsimlanadi. 
Umumiy xarajatlar do’konlar bo’yicha quyidagi tartibda taqsimlanadi va 
hisobga olib boriladi. 
Temir yo’l, suv va havo orqali tashish xarajatlari har bir do’kon tomonidan 
olingan tovarlar brutto og’irligiga mutanosib taqsimlanishi kerak. 
Avtomobil bilan tashish xarajatlari: transport ishiga ishbay to’lashda - 
do’kon tomonidan olingan tovarlar brutto og’irligiga va masofaga mutanosib: 
soatbay haq to’lashda - har bir do’kon uchun sarflangan xarajatlarga mutanosib 
yoki har bir do’konga keltirilgan tovarlarning chakana narxi bo’yicha qiymatiga 
asosan taqsimlash maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bir necha do’konlarga xizmat 
ko’rsatuvchi ishchilar va xizmatchilar (chilangarlar, texnik xodimlarning xarajati) 
xizmat ko’rsatadigan korxonalarga sarflangan xarajatlarga mutanosib ravishda 
taqsimlash kerak. 
Bino, inshoat, xona va inventarni ijaraga olish, asosiy vositalarni 
avtomatlashtirish xarajatlari agarda bir binoda bir qavatda joylashgan bir necha 
do’kon (bo’lim, sho’’ba) bo’lsa, o’rtada taqsimlanadi. Taqsimlashda asosiy 


44
 
xizmatni ularning har biri egallagan maydon yoki ular foydalanadigan omborxona 
binosi hajmi rol o’ynaydi. 
Bir binoda bir necha do’kon bo’lgan hollarda bino, inshoat, xona, 
inventarlarni saqlash xarajatlari hisob-kitob uchun qabul qilingan ko’rsatkichlarga 
ko’ra, do’koni isitish uchun egallangan maydonga mutanosib, suv va kanalizatsiya 
do’kon xodimlari soniga mutanosib ravishda taqsimlanishi kerak. 
Sanitariya kiyimlarini yuvish va tuzatish qiymati, kiyimlar soni (turlar 
bo’yicha) va korxona hamda tuzatish ustaxonalari schyotlarida ko’rsatilgan 
baholarga mutanosib taqsimlanadi. 
Boshqa tashkilotlarda mollarni saqlash xarajatlari do’konlar o’rtasida 
saqlanayotgan mollar massasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Oziq-ovqat 
tovarlarini saqlash xarajatlarini taqsimlashda saqlanayotgan tovarning chakana 
narxi bo’yicha qiymati (agarda bir turdagi tovar saqlansa), fizik birliklari soni 
(agarda tovarlarning bir necha guruhi saqlansa) ombordan foydalanilayotgan 
sig’imga asosan taqsimlanadi. 
Qadoqlash korxonalari xizmati uchun to’lovlar do’konlar o’rtasida olingan 
qadoqlangan tovarlar (yoki ular og’irligi) birliklarining soniga va schyotlarda 
ko’rsatilgan qadoqlash baholariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Sovuqxonalarni saqlash va muzni tashish xarajatlari har bir do’kon olgan 
muz hajmi yoki og’irligiga mutanosib taqsimlanadi. Dezinfektsiya va deratizatsiya 
xarajatlari ishlov berilgan savdo, yordamchi va ombor binolari maydoniga 
mutanosib taqsimlanadi. Savdo reklamasi xarajatlari: reklama nashrlari miqdoriga 
mutanosib taqsimlanadi. Reklamaga oid boshqa xarajatlar esa xaqiqiy tovar 
aylanishiga qarab mutanosib ravishda taqsimlash maqsadga muvofiqdir. 
Bank kreditidan foydalanganlik foizlari tovarlar va idishning o’rtacha oylik 
zaxiralariga (non sotuvchi do’konlaridan tashqari) mutanosib taqsimlanadi. Non 
sotuvchi do’konlarda - tovar aylanishiga mutanosib taqsimlanadi. 
Idish xarajatlari asosan bevosita tegishli tovarlar guruhiga olib boriladi. 
Umumiy xarajatlarni savdo korxonalari o’rtasida quyidagicha taqsimlash 
maqsadga muvofiqdir: mahsulot yetkazib beruvchilarning ko’p oborotli garovga 


45
 
beriladigan idishning amortizatsiyasini olingan inventar idish miqdoriga mutanosib 
taqsimlanadi. Bo’sh idish qaytarilgan yoki topshirilganda tashish, ortish va 
tushurish xarajatlari - qaytarilgan idish miqdoriga mutanosib, idishni tuzatish 
xarajatlari olingan, tuzatilgan idish soniga mutanosib ravishda taqsimlash kerak. 
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xarajatlari (agarda, ular bir necha 
savdo korxonalari uchun qilingan bo’lsa) do’konlar o’rtasida bir oydagi xodimlar 
o’rtacha ro’yxati soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Boshqa 
xarajatlarni 
taqsimlashda 
quyidagi 
taqsimlash 
bazasidan 
foydalaniladi: 
- ijtimoiy sug’urta ajratmalari do’konlar o’rtasida ish haqi summasiga 
mutanosib taqsimlanadi; 
- kassa xo’jaligini yuritish chiqimlari, ekspertiza tovarlarni laboratoriyada 
tekshirish xarajatlari, savdodan tushgan pulni inkassa qilish chiqimlari, axborot-
hisoblash xizmati xarajatlari xaqiqiy tovar aylanishiga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi; 
- gazeta va jurnallarga obuna bo’lish, ma’lumotnoma adabiyotlarini, 
narxnomalar, kataloglar, qo’llanmalar va boshqa materiallarni olish xarajatlari
tegishli nashrlarning haqiqiy olingan miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Xarajatlarning har bir turini taqsimlash uchun: hisob-kitob tuzilib, uning 
grafiklaridan birida bazis ko’rsatkichlar keltirilib, chiqimlarning tegishli turi 
shunga mutanosib taqsimlanadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə