Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


-rasm. Moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix22.03.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#182273
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

2-rasm. Moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning 
umumiy kontseptsiyasi
11
 
10
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, 9-modda. 2000 y. 26 
may.
11
Fayziev Sh., Do’stmuratov R. Investitsiyalar auditi va baholash: O’quv qo’llanma. – T.: TMI. 
2006. – 110 b. . 
Auditni
o’tkazish 
kontseptsiyasi 
Auditorlik qoidalari 
(postulatlar) 
Auditorlik faoliyati 
standartlari 
Axloqiy
me’yorlar 
Malakaviy majburiyatlar 
Yuqori malakaviy 
tayyorgarlik 
Ishonchlilik 
Manfaatlar to’qnashuvi 
ehtimoli 
Auditorlik faoliyatining
bir xilligi 
Ichki nazorat va uning 
ishonchliligi 
O’tgan hisobot davridagi 
ma’lumotlarning kelgusida 
ishonchliligi 
Auditor
malakasi 
Yuqori malakaviy 
tayyorgarlik 
Rejalashtirish va nazorat 
Mustaqillik 
Mustaqillik 
Ichki nazorat tizimi 
tuzilishi bilan tanishish 
To’liq, muhim
va ishonchli ma’lumotlar 


21
 
Bu chizmadan ko’rinib turibdiki, unda moliyaviy hisobotni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning umumiy kontseptsiyasi audit o’tkazish kontseptsiyasi, 
auditorlik qoidalari (postulatlar) va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratib 
ko’rsatilgan. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda savdo korxonalarida tashqi 
auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi tartibda belgilash mumkin: 
Bu chizmadan ko’rinib turibdiki, unda moliyaviy hisobotni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning umumiy kontseptsiyasi audit o’tkazish kontseptsiyasi, 
auditorlik qoidalari (postulatlar) va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratib 
ko’rsatilgan. 
Bu chizmadan ko’rinib turibdiki, unda moliyaviy hisobotni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning umumiy kontseptsiyasi audit o’tkazish kontseptsiyasi, 
auditorlik qoidalari (postulatlar) va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratib 
ko’rsatilgan. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda savdo korxonalarida tashqi 
auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi tartibda belgilash mumkin: 

savdo korxonasida amaldagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini 
tekshirish; 

savdo muomalalarini buxgalteriya hisobi schetlarida to’g’ri aks 
ettirilganligini tekshirish; 

savdo korxonasida amalga oshirilgan hisob-kitoblarning aniqligini tahlil 
qilish; 

moddiy, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanilishini tekshiruvdan 
o’tkazish; 

ulgurji va chakana savdo muomalalarini moliyaviy hisobot shakllarida 
aks ettirilganligini tekshirish va h.k. 
Savdo korxonalarida tashqi auditorlik tekshiruvini o’tkazishda auditorlik 
standartlari muhim ahamiyat kasb etadi. Savdo korxonalarida auditorlik 
tekshiruvining uslubiy asoslari quyidagilardan iborat bo’lishi maqsadga muvofiq 
deb hisoblaymiz: 


22
 

ulgurji va chakana savdo korxonalarida audit xizmatini rejalashtirish 
hamda ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan audit dasturini tuzish; 

savdo korxonalarida auditorlik tekshiruvi usullaridan samarali foydalanish 
yo’nalishlarini ishlab chiqish; 

auditorlik tekshiruvini kompyuterlashtirish yo’nalishlarini belgilash; 

auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plashning umumiy tartibini 
belgilash; 

tekshiruv natijalari bo’yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini 
tayyorlash; 

audit natijalariga asoslangan holda savdo korxonasini istiqbolli 
rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 
Ta’kidlaganimizdek, bozor munosabatlari sharoitida savdo korxonalarining 
iqtisodiy samaradorligini oshirish ularda audit o’tkazish usullarini to’g’ri tanlashga 
bevosita bog’liq. 
Savdo korxonasining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini to’liq tekshirish ko’p 
vaqt va mehnat talab qiladi. Ammo, auditorlik tartib-qoidalariga ko’ra, auditor 
mijoz korxona moliyaviy hisobotining ishonchligiga to’liq ishonch hosil qilishi 
lozim. Amaliyotda ba’zi hollarda auditor tekshiruv o’tkazilayotgan savdo 
korxonasi moliyaviy hisobotining to’g’riligiga o’rta darajada ishonch hosil qilishi 
mumkin. Bunda savdo korxonasida hisob yuritish tizimi samarali tashkil etilgan, 
malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan, avtomatlashtirilgan yoki 
korxonada ichki nazorat tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’ladi. Ushbu holatda, 
auditor tekshiruvlar jarayonida auditorlik tanlash usullarini qo’llaydi.
Savdo korxonalarida tanlab tekshirish O’zbekiston Respublikasi auditorlik 
faoliyatining 14-sonli «Auditorlikda ma’lumotlarni tanlash» nomli va boshqa 
tegishli milliy standartlari talablariga muvofiq o’tkaziladi. 
Tanlab tekshirishning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

muvofiq kelishni tanlab tekshirish; 

mohiyatan tanlab tekshirish. 
Savdo korxonalarida muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifasi hisobot 


23
 
davrida korxonada ichki tartib-qoidalarni buzilishini aniqlash hisoblanadi. Ushbu 
holatda chetdan sotib olingan tovarlar va boshqa korxonalar tomonidan 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun taqdim etilgan schyot-fakturalarni to’lashga ruxsat 
berish, sotib olingan tovarlarning nomi, miqdori tegishli hujjatlar ma’lumotlari 
bilan solishtiriladi.
Savdo korxonalarida mohiyatan tanlab tekshirishning mazmuni korxonada 
ichki-tartib qoidalarni buzilishi natijalarini qiymat ko’rinishida baholashdan iborat. 
Bunda 2900-«Tovarlar hisobi schyotlari», 6010-«Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar», 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar», 4700-«Xodimlarning boshqa muomalalar bo’yicha qarzlari 
hisobi» kabi savdo jarayoniga doir schyotlarning qoldiqlarini tekshirish, dastlabki 
hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, savdo korxonasi moliyaviy ko’rsatkichlarini 
tahlil qilish amalga oshiriladi. 
Auditor savdo muomalalarini tanlab tekshirishda ehtimoldan xoli bo’lmagan 
xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan dalil-isbotlarni baholashi va shunga 
asoslanib zarur ma’lumotlar to’plamini shakllantirishi zarur.
Savdo korxonalarida audit uslubini tashkil etuvchi asosiy tartib-qoidalardan 
biri tayyorgarlik tartib-qoidalari bo’lib, ular auditorlik tekshiruvi boshlanishidan 
oldin o’tkazilishi zarur. Tayyorgarlik tartib-qoidalari auditni rejalashtirish, auditni 
o’tkazishga rejalashtirilgan va haqiqatdagi vaqtni hisobga olish, dastlabki audit 
hujjatlarini shakllantirish, rahbariyat uchun taqdim etiladigan ma’lumotnomalar 
shaklini, auditorlik xulosasi loyihasini ishlab chiqish va boshqalardan iborat 
bo’ladi. 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik firmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan standartlardan ham keng foydalaniladi. Ularda auditorlik firmasining 
ichki tartib-qoidalari belgilab qo’yiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə