Chilangarlik ishi cdr


-Mavzu: Parchinlash. Kavsharlash va yelimlab biriktirish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə28/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

9-Mavzu: Parchinlash. Kavsharlash va yelimlab biriktirish Reja:
1. Parchinlash 2. Kavsharlash.
3. Yelimlab biriktirish
Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash deb ataladi. Bu turdagi birikmalarni ajratishga ehtiyoj tug‘ilsa, parchin mixlarni sindirib detallarni bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Parchin mixli biriktirish usuli metall konstrutsiya, balkalar yasashda, kemasozlik, samolyotsozlikda hamda ko‘prik va fermalar qurishda keng qo‘llaniladi.
Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat:

  • parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;

  • teshiklardan parchin mix kallagiga moslab rax hosil qilish;

  • yashirin kallaklari uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;

  • teshikka parchin mixlarni qo‘yish;

  • parchin mixning biriktirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga shakl berish.

P archinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish usuli maxsus tsehlarda qo‘llaniladi. Bunda parchin mixni 1000-1100S da qizdirib teshikka tiqiladi. Parchin mix sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi. Mixning uchida qattiq zarb berish yoki presslash yordamida kallak hosil qilinishi mumkin.
Qo‘llaniladigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki bosim turlariga ko‘ra parchin mixlar uch turga bo‘linadi:

  • dastakli asboblar zarbasi uchun;

  • pnevmatik bolg‘alar zarbasi uchun;

  • press usuli uchun parchin mixlar;


Parchin mixlar hisobiga detalning og‘irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda parchin mixlarning bo‘shashib qolishi, detallarni biriktirishda operatsiyalarni zenkovkalash, ishlashda ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga salbiy ta’siri detallarni parchinlab biriktirishning kamchiliklari hisoblanadi. Shuning uchun ham parchinlash usulini takomillashtirish bilan birga ishlab chiqarishda yig‘ish-biriktirishning maqbul usuli bo‘lgan elektr-gaz payvandlari keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32-200, VK 32-250, IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi. Parchinlash turlari. Parchin mix kallakli metall chiviq bo‘lib, uning yarim yumaloq baland kallakli (chiviq diametri 1-36 mm gacha, uzunligi 2-180 mm gacha), yarim yumaloq past kallakli (4-80 mm gacha), yassi kallakli (2-36 mm, uzunligi 4-180 mm), yashirin kallakli (1-36 mm, uzunligi 2-180 mm), yarim yashirin kallakli (236 mm, uzunligi 3-210 mm) turlari bor rasmda (a, b, v, g, d).Parchin mixlar po‘lat (St2, St3), mis


(M3, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM5P, D18, AD1).
Zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (09G2) po‘latdan yasaladi. Odatda, parchin mixlar parchinlanadigan metallar rusumida tayyorlanadi. Aks holda parchin zanglash va birikkan joyidan yemirilishi mumkin. Ba’zan maxsus turdagi portlaydigan parchin (AN-1504) mixlardan foydalaniladi.
Portlaydigan parchin mixlarning uchidagi chuqurchaga portlovchi modda to‘ldirilib, atmosfera namliklaridan himoyalab berkitilgan. Bunday mixlarning uzunligi 6 mm dan 20 mm gacha, parchinlanadigan paketning qalinligi 1,6-25 dan 14,1-15 mm gacha. Parchinlashda mixni teshikka bolg‘a zarbasi bilan cho‘ktiriladi (sovuq holda), keyin kallagiga elektr isitgichning uchini 2-3 sekundga qo‘yiladi, harorati 130-160S ga yetgan zaryad portlaydi, natijada, chiviqning uchi kengayadi va qalpoq hosil bo‘ladi.
Parchinlash choklarining turlari. Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi parchinlash choki deb ataladi. Parchin mixli birikmaning turi va qo‘llanilishiga ko‘ra, ular uchta-pishiq, zich va pishiq-ziq xillarga bo‘linadi.
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo‘llaniladi. Mustahkamlikka erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab parchinlash kerak. Bu usul balka, kolonna, ko‘prik va boshqa metall konstruktsiyalarni parchinlashda qo‘llaniladi.
Zich choklar germetik konstruktsiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi. Konstruktsiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi, bunday choklar rezervuarlar, yuqori bosim talab qilmaydilar tsesternalar va shunga o‘xshash buyumlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Pishiq-zich choklar yetarli darajada germetik bo‘ladi, suv, gaz va boshqa suyuqliklarni o‘tkazmaydi. Bug‘ qozonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq-zich choklarga ega. Bunday choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish usuli bilan bajariladi.
Har bir parchin birikmada parchin mixlar bir, ikki qator va undan ortiq holda joylashtiriladi. Shunga muvofiq, parchin choklar bir, ikki hamda ko‘p qatorli bo‘lishi bilan birga parallel va shaxmat tartibida joylashtirilishi mumkin. Qo‘lda va mexanizatsiyalash vositasida parchinlash
Qo‘lda parchinlash. Qo‘l bilan parchinlashda kvadrat muhrali bolg‘a, tutib turgich, tortqi, siqqich, chekanlar ishlatiladi.
Tutib turgich parchinlashda tayanch vazifasini bajaradi. Uning shakl va o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning shakli, parchin mixning diametri hamda parchinlash usuliga qarab tanlanadi. Og‘irligi bolg‘acha og‘irligidan 3-5 marta ortiq bo‘lishi kerak.
Siqqich mixlarning uchlarida qalpoq shaklini hosil qilish uchun ishlatiladi. Uning bir uchi parchin mix qalpog‘i shaklidagi chuqurchaga ega.
Tortqi bir uchi teshik sumba shaklidagi chiviqdir. U parchinlanadigan listlarni tortishga xizmat qiladi.
Chekan ishchi sirti yassi bo‘lgan chilangarlik bolg‘asidir, u parchin chokning germetikligini ta’minlaydi.
Quyida bolg‘ani parchin mixning diametriga muvofiq tanlanishi ko‘rsatilgan:

Parchin mix diametri, mm

2

2,5

3

3,5

4

5

6-8

Bolg‘a og‘irligi, gr

100

100

200

200

400

400

500

Parchin mixlar diametri va uzunligini hisobga olib tanlanadi. Chiviq uzunligi parchinlanadigan materialning qalinligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Parchin mix uzunligi (L) parchinlanadigan detallarning qalinligi (R1 va R2) hamda chiviqning tutashtiruvchi kallak hosil qilish va tirqishni to‘ldirish uchun chiqib turadigan qismi uzunligi (L0) ning yig‘indisidan iborat.
Tutatshtiruvchi kallak hosil qiluvchi parchin mix chivig‘ining uzunligi
L=S(0,8-1,2)d formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda: S-parchinlanadigan list qalinligi, mm: d-parchin mix diametri, mm.
Yarim yumaloq tutashtiruvchi kallak hosil qilish uchun
L=S(1,2-1,5)d formulasidan foydalaniladi.
Parchin markazidan parchinlangan list qirg‘og‘igacha 1,5d bo‘lishi kerak. Teshikning diametri parchin mix diametridan kattaroq bo‘ladi:
Parchin mix diametri,
2 2,3 2,6 3 3,5 4 5 6 7 8 mm
Teshik diametri, mm 2,1 2,4 2,7 3,1 3,6 4,1 5,2 6,2 7,2 8,2
Parchinlash turlari va usullari. Qo‘l bilan parchinlashning ikki turi bor: bir tomonlama va ikki tomonlama. Agar parchinlanadigan detalning orqa tomonidan erkin harakat qilish imkoni bo‘lsa ikki tomonlama, aksincha bo‘lsa, bir tomonlama parchinlanadi. SHunga ko‘ra, parchinlashning ochiq, to‘g‘ri, berk va teskari usullari bor.
To‘g‘ri parchinlash usulida bolg‘aning zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri chiviqning tutashtiruvchi uchiga beriladi. Bu usul listni teshish yoki parmalashdan boshlanadi. Parchin mix cho‘ktirilgan detalning orqa tomoniga, ya’ni kallak ostiga tutib turgichni qo‘yib tutashtiruvchi tomonida shakl hosil qilinadi. Parchinlanadigan listlarga bolg‘a zarbasi qalpoq bo‘ylab beriladi.
Teskari parchinlash usulida bolg‘a zarbasi mixning kallagidan beriladi, portlaydigan va quvurli parchin mixlar ishlatiladi. Bu usul tutatshtiruvchi tomonda parchinlash operatsiyasini bajarib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Mashinada parchinlash. Mashinada parchinlashning: mehnat unumdorligi va parchinlash sifatining yuqoriligi, kallakning sifatli chiqishi, ishlovchilar sonining kamligi, barcha operatsiyalarning mashinada bajarilishi kabi qator afzalliklari bor.
Parchinlash mashinalarining statsionar va ko‘chma turlari ishlab chiqariladi. Statsionar mashinalarning ish unumdorligi yuqori bo‘lish bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Masalan, hajmi juda katta bo‘lib, ularni ish joyiga keltirish uchun qo‘shimcha maxsus konveyerlar, uskunalar kerak bo‘ladi. Pnevmatik mashinalar gidravliklariga nisbatan arzon tushadi. Asosan, ko‘chma modellari ishlab chiqiladi, ammo ular statsionar vazifasini bajarishi mumkin.
Nazorat savollari:

  1. Parchinlash nima?

  2. Kavsharlash nima 3. Yelimlab biriktirish nima?

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich

  2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov



Maxsus pachinlar





BAHOLASH KO‘RSATGICHI VA MEZONLARI
biriga baho berilishi shart.
Topshiriq bo‘yicha o‘quvchining yakuniy bahosh esa har bir faoliyat turi bo‘yicha olingan baholarning jami topilib, ushbu faoliyat turlarining soniga bo‘linadi.
2) Qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilar ma’muriyat ko‘rsatgan muddatda mashqlarni qayta topshiradi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə