Chingiz aytmatovning " jamila " asari



Yüklə 30,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü30,5 Kb.
#182811
  1   2   3


8
th
 - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org Dec. 30
th
 2022
66 
CHINGIZ AYTMATOVNING " JAMILA " ASARI 
Aziza Alisherova Shuhrat qizi 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universiteti 3-bosqich talabasi 
Go‘zal Atabayeva Farxadovna 
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, O‘qtuvchi 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada mashhur qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi haqida ma'lumot, " 
Jamila" asari tahlili xususida so‘z yuritildi. 
 
 
Kalit so‘zlar: 
adabiyot, asar,ayol obrazi, muhabbat, voqelik,zamonaviy adabiyot
 
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. 
Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor 
vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib 
yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga 
hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi 
anglaymiz.Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini 
xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo 
adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, 
zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega. 
Mamlakatimiz hududida asrlar davomida yaratilgan badiiy adabiyot durdonalari har bir 
avlod ijodkorlari tomonidan yangilanib, boyitilib, badiiy jihatdan yanada takomillashtirilib 
kelingan. Hozirgi davrda adiblarimiz ijodini o‘rganish va ular yaratgan o‘lmas asarlar bilan 
o‘quvchilarni tanishtirish , ularga o‘rgatish adabiyotshunoslikning eng muhim 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.O‘ziga xos poetik uslubga ega bo‘lgan adib Chingiz 
Aytmatov ijodi butun dunyo ahlini o‘zining haroratli so‘zi ila hayratga soldi. Yozuvchi 
ijodining originalligi, xalq og‘zaki ijodining badiiy unsurlaridan unumli foydalanib, insonlarni 
ezgulikka, bashariyatni esa ogohlikka da’vat etishi bilan xarakterlanadi. 
Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 -dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar 
ovulida tug‘ilgan. Uning otasi Torekul Aytmatov (1903—1938) avvaliga faol dehqon, so‘ngra 
sovet hamda partiya ishchisi, Qirg‘iz SSSR Davlat arbobi bo‘lgan, lekin 1937 yil hibsga 
olinib, 1938 yil otib tashlangan. Onasi - Nagima Xamziyeva Abduvaliyeva (1904 - 1971), 
millati - tatar, armiya siyosiy ishchisi, keyinchalik jamoat arbobi bo‘lgan. Chingiz, uning 
akalari va singillari otasining qistovi bilan uning o‘limidan oldin Shekerga ko‘chib kelishgan 



Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə