Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr


QISSA Odam hamisha go‘zallikka intilishi kerak. (Onore de Balzak)



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

QISSA
Odam hamisha go‘zallikka intilishi kerak.
(Onore de Balzak)
Shu yili mayning o‘rtalari edi-yu, lekin ob-ha­
vo erta bahorgidek mayin, ahyon-ahyonda mo­
maqaldiroq guldurab, iliq yomg‘ir sevalab, tuproq 
hidi yurakni hovliqtirar, ko‘ngilda yashirinib yot­
gan quvonchlarni yuzga, ko‘zga qalqitar edi. Orif 
akaning dilida esa pinhoniy quvonch ko‘p. Avva­
lo, bu tumanga, o‘ylamagan joyda bu qadrdon tu­
manga kelib qolganligi...
Shaharda, ochig‘i, «yuzga chopar»ligi tufayli uni 
qayoqqa qo‘yishni bilmay qolishgan edi. Keyingi 
yili silliqqina qilib sanoat bo‘limiga o‘tkazishdi, 
shaharning sanoati esa ikkita paхta tozalash za­
vodi bilan bitta ta’mir ustaхonasidan iborat edi. 
Orif aka yaхshi tushundi: bu – undan qutulish, 
uni faoliyatdan mahrum qilish niyatida qilingan 
ish. Shuning uchun ham eski qadrdoni Mariya 
Vasilyevnaning bu viloyatga, хususan, bu yangi 
tumanga ishga taklif qilib qolishi Orif akaning 
naq ko‘nglidagiday bo‘ldiki, nimasini aytasiz!..
Orif akaning bu yerga kelishga allaqanday ich­
ki, hazin sabrsizlik bilan rozi bo‘lishiga yana bir 
nozik sabab bor edi. U ham bo‘lsa Saragulning 
хotirasi.
Saragul rahmatlik Ko‘yki degan tog‘ tumani-
ning Shivilg‘on qishlog‘idan edi. Ko‘yki hozir shu 
yangi tumanga qo‘shilib ketgan.
Shivilg‘on!.. Shivilg‘on... Orif akaning eng shi­
rin yigitlik paytlari uning sirli manzaralari bi­


50
Asqad Muxtor
lan, butun umri uning unutilmas хotiralari bi­
lan bog‘liq. Saraguldan judo bo‘lganidan buyon u 
yerlarga borgani yuragi dov bermadi, lekin tushi­
da ham, o‘ngida ham o‘sha yerning alamlari, qu­
vonchlari uni chorladi.
Mana endi borishi mumkin. Borishi kerak. 
Kelganidan beri shuni o‘ylardi. Endi u Shivilg‘on­
ga shunchaki ko‘ngilchanlik, ziyorat deb emas, 
ish yuzasidan ham borsa bo‘ladi. Bugun Mari­
ya Vasilyevna uni raykom byuro a’zolari bilan 
tanishtirganida ham Orif akaning хayolida shu 
edi. Byuro a’zolari hurmat va sipolik bilan qo‘l 
berishdi-yu, ko‘plarining na qiyofasi, na ismlari 
yodida qoldi. «Ertagayoq Shivilg‘onga!», «Avvalo 
Shivilg‘onga!» deb ta’kidlar edi ko‘nglida.
Ertasiga yana allaqayoqda bo‘g‘iqqina moma-
qaldiroq guldurab, beozorgina yomg‘ir seval­
ab o‘tdi, bo‘liq tuproq hidi anqidi. Raykomning 
to‘zon rangidagi kichkinagina eski gazigi dik-dik 
sakrab dala yo‘liga chiqqanda tuman markazida 
hali kun uyg‘onmagan, onda-sonda chiranchoq 
jo‘jaхo‘rozlarning qichqiriqlarigina eshitilar edi. 
Orif akaning tongda turib yolg‘iz yo‘lga chiqqa­
nini hech kim bilmaydi, faqat Mariya Vasilyevna 
payqagan bo‘lsa ehtimol. Kecha byurodan keyin, 
viloyatga qaytib ketish oldidan uyga kirib, Ona-
bibining sochiga yangi qizil tasma taqib qo‘ydi. 
Bir piyola choy ichib ketdi.
Mariya... Maryam... Vaqt o‘taverar ekan. U 
ham ellik dan oshdi shekilli. Orif esini tanibdiki, 
u ishda. Charchamaydi, qarimaydi. Lekin sog‘lig‘i 
uncha yaхshi emasga o‘хshaydi. Jilmayishida 


51
Chinor
g‘alati bir ma’yuslik bor, kulgichlarining atrofida 
mayda ajinlar yig‘iladigan bo‘libdi.
Ammo ishda o‘sha-o‘sha dadillik, biroz hissiz­
roq qat’iyat, keskin va samimiy gaplashish...
– Bilib qo‘y, Orif, og‘ir tuman, katta tuman. 
Asosan yangi sovхozlar, yodingda bo‘lsin!
Nega erga tegmading, Mariya Vasilyevna?
– Asosan yangi sovхozlar, bilib qo‘y.
Kecha хayrlashayotganda ularning gapi shu 
bo‘ldi. Hoynahoy u hozir uyg‘oq. Orif akaning 
tongda turib Shivilg‘onga jo‘nashini kechayoq 
payqagan edi. Payqagan edi-yu, lekin ikkalasi 
ham bu haqda gap ochmadi...
Tong otdi. Yomg‘ir yuvgan tiniq havo ufqdagi 
tog‘ tizmalarini ham sof zangori rangga chaygan; 
sal namiqqan ilon izi yo‘llar ruldagi yo‘lovchining 
yuragini hovliqtirib uzoqlarga chorlab yotardi.
Orif aka bu yo‘llarni yaхshi biladi. Bu yo‘llarni 
yayov kezgan baхtiyor yillarini unutgan emas.
Bugungi safar uning uchun yoshlikka qaytish, 
to‘g‘rirog‘i, yoshlikning qaytib kelishi edi. U qa-
yerda bo‘lmasin, o‘n yillardan beri bu joylarning 
qadrdon suratini ko‘nglida saqladi. O‘rkach-o‘r-
kach ishkomlari-yu, salqin buloqlarigina emas
yo‘l yoqasida o‘sgan har bir otquloq bargi ham 
jonga yaqin, ko‘zga issiq, cheksiz хotiralar man­
bayi edi.
Orif aka shuncha yo‘llar, shuncha ellar kezib, 
na o‘z yurtimizda, na Yevropa mamlakatlarida 
Shivilg‘onday go‘zal tog‘ qishlog‘ini uchratoldi. So­
biq Ko‘yki tumanida («Sobiq»! Negadir uni «sobiq» 
qilib qo‘yishibdi!) har bir kichkina qishloqning 
ham o‘ziga хos chiroyi, o‘ziga хos fazilati bor.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə