Chirchiq davlat pedagogika universitei gumanitarfanlari fakulteti manbashunoslik fanidan ma


Amaliy manbashunoslik (yо‘nalishi)



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə7/49
tarix30.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#165447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
manbashunoslik fanidan maruzalar

Amaliy manbashunoslik (yо‘nalishi)

Amaliy manbashunoslik yо‘nalishi bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan о‘rganish, izlab topish, tavsif etish va о‘zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli ma’lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi.
Amaliy manbashunoslikda tadqiqotchi о‘zi uchun tanlab olgan biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning har birini tashqi yoki moddiy –texnik belgilari va ichki mazmuniga kо‘ra guruhlarga ajratib ilmiy tahlil etishi lozim. Manbalarni tashqi belgilari moddiy-texnik ma’lumotlariga qarab tahlil etish. Manbalarni tashqi belgilari yoki moddiy-texnik ma’lumotlari deganda qо‘lyozma kitob yohud hujjat bitilgan qog‘ozning о‘lchami, qog‘ozi, varaqlar soni, muqovasi,matn о‘lchami, xati, siyohi, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi kabi ma’lumotlar nazarda tutiladi. Bu ma’lumotlar asar yozilish sabablari, uning yozilgan joyi va о‘sha vaqtdagi texnik taraqqiyot va ijtimoiy-sisiy muhitni о‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni aniqlamay turib, asarda bayon etilgan voqealar haqida, umuman asar haqida tо‘g‘ri va tо‘la tasavvurga ega bо‘lish, uning xususida fikr bildirish mumkin emas. Qо‘lyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vaqti va joyini aniqlash qiyin. Chunki qadimgi qо‘lyozmalarda bugungi kundagi kitoblardagi kabi muqovaning о‘zidayoq asar nomi, muallif nomi, kitob boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy ma’lumotlar keltirilmagan. Ba’zi hollarda asar oxiri-xotimada uning kо‘chirilgan vaqti va joyi hamda kotibning nomi qayd etiladi, xalos. Ma’lumotlar keltirilmagan taqdirda, asarning matni, yozilish va kitobati tarixi, qog‘ozi, xati hamda tili va til uslubiga qarab tahminan aniqlanadi. Bunday ma’lumotlarni aniqlash tadqiqotchidan katta hayotiy tajriba va yuksak malakani talab qiladi va bu ancha qiyin va mas’uliyatli ishdir. Bunday masalalarni mashhur kitob bilimdoni Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali mutaxassislargina bir necha yozma manbalarni solishtirish, qiyoslash asosida hal qilishi mumkin. Asar muallifi va uning shaxsini aniqlash qо‘lyozma kitobning ilmiy tahlil etishda katta ahamiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab bо‘lgan ijtimoiy-siyosiy muhitni aniqlab olish uchun ham zururdir.Odatda, qadimgi qо‘lyozma asarlarda kо‘p hollarda muallifning ismi ma’lum va kо‘zga tashlanadigan joyda, masalan, asarning boshi yoki oxirida qayd etilmaydi. Ba’zan u muqaddima qismida, yoki asar о‘rtasida, voqealar bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Kо‘p hollarda esa muallif о‘zining haqiqiy ismini aytmay, “faqiru haqir”, “ojiz va xoksor”, “bu g‘arib banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday hollarda asar varaqma-varaq, satrma-satr, alohida e’tibor va sinchkovlik bilan о‘rganilishi lozim. Shunday ham bо‘ladiki, asarning biron yerida muallif о‘zi, otasi yoki yaqinlari haqida bir-ikki kalima aytib о‘tadi. Yoki bayon etilayotgan vlqeaga о‘zining munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga о‘tirgan vaqtda kamina Hofizi Tanish ibn Mir Muhammad 33 yoshda edim”) bildiradi. Asar muallifining shaxsi, ya’ni uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi, uning dunyoqarashini aniqlash uchun asarning umumiy g‘oyaviy yо‘nalishini tо‘g‘ri belgilab olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy asarning asl nusxa, original bо‘lishi yoki kompilyativ – ya’ni boshqalar ma’lumotlarni terib yoki aynan keltirishi, tо‘la va noqisligi, qisqaligi, voqealarning qay tarzda bayon etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotlarda original va mо‘tabar qо‘lyozmalarga tayanib ish olib borish har bir dalil va ma’lumot, raqamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan ma’lumotlardan saqdanish lozim. О‘tmish jamiyat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari kо‘pincha о‘zlari keltirayotgan dalillardan tо‘g‘ri xulosa chiqarmaydilar, ularning fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshilik ham uchraydi. Bu tabiiy hol, albatta chunki ular yashab ijod etgan muhitning о‘zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi. Yozma manbalarda qarama-qarshi fikrlar bilan bir qatorda xolisona mulohazalar ham uchraydi. Bunday paytlarda muallif kо‘pincha о‘z fikr va mulohazalarini pardozli iboralar va istiorali sо‘zlar orasiga yashiradi, goroskop – odam tug‘ilganda uning taqdirini yoki biron ulug‘ shaxs ishtirokida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan muhim voqeaning natijasini sayyoralarning о‘sha paytdagi holati va о‘rniga qarab maxsus jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, kо‘p asr avval bо‘lib о‘tgan va aynan muallif bayon qilmoqchi bо‘lgan voqeaga о‘xshash faktlarni misol tariqasida keltirish yо‘li bilan bayon etganlar. “Abdullanoma” asarining muallifi Hofiz Tanish Buxoriy (XVI asr) mashhur Juyboriy xojalardan biri xoja Muhammad Islom (taxm.1493-1563) va uning “Yetti iqlimning chaqqon hisobchilari” bir bо‘lganda ham yuzdan birini ham hisoblay ola olmaydigan behisob boyliklariga bо‘lgan о‘zining salbiy munosabatini Tafsir va Hadis kitoblariga tayanib, mana shunday sо‘zlar bilan ifodalagan: “Tafsirat ul-mubtadin” ning uchinchi misbohida (bobida) aytilganki, jahon ayonlari bо‘lganliklari uchungina emas, (balki) unga tegishli bо‘lishlari va mol-dunyoga hirs qо‘yishlan о‘zini tiymaganliklari uchun yomondir. Shu bois hazrat risolat panoh (Muhammad payg‘ambar)... bu ma’nidan xabar berdi (va dediki) “Mol-dunyoni dо‘st tutish har qanday gunohning boshidir.”

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə