Chirchiq davlat pedagogika universitei gumanitarfanlari fakulteti manbashunoslik fanidan ma


Mavzu bо‘yicha qо‘shimcha material



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/49
tarix30.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#165447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
manbashunoslik fanidan maruzalar

Mavzu bо‘yicha qо‘shimcha material:
Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari – paleografiya, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya qо‘dga kiritgan yutuqlariga tayanadi.
Paleografiya (yunon. Paleo - qadimiy, grapxo – yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qо‘lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan qog‘oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni о‘rganish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Geraldika (yunon. Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg‘alari) о‘rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis –muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog‘och va boshqa qattiq buyumlar ustiga о‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni о‘rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis –pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron -о‘lchov, logos – tushuncha – bilim; о‘lchovlar haqida tushuncha) о‘tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bо‘lgan og‘irlik, masofa va sath о‘lchovlarini о‘rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronosvaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bо‘lgan yil hisobi va taqvimni о‘rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni о‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur.
Ma’ruza materialini mustahkamlash uchun beriladigan savollar:

  1. Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat?

  2. Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat?

  3. Qanday manba turlarini bilasiz?

  4. Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiyotlarni bilasiz?


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə