Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi


Pedagogik faoliyatda rag`batlantirish va jazolash usullari



Yüklə 41,07 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,07 Kb.
#157315
1   2   3   4
Pedagogik faoliyatda muloqot.

Pedagogik faoliyatda rag`batlantirish va jazolash usullari.
Rag‘batlantirish psixikaning ijobiy sifatlari va xususiyatlarini shakllanishini stimullashtiradi, jazolash usuli esa salbiylarining yuzaga kelishini oldini oladi. Agar amaliyotda faqatgina rag‘batlantirish qo‘llanilib, jazolash inkor etilsa bolalar shaxsida ijobiy sifatlar bilan
birgalikda salbiy xususiyatlar ham yuzaga kelishi va shakllanishi mumkin. Agarda ta’lim-tarbiyaviy jarayon jazolashga asoslangan holda olib borilsa, unda bolada ayrim salbiy xususiyatlaming yuzaga kelishini oldini olishga olib keladi, ammo, shu bilan birga muhim ijobiy sifatlaming yetarli ravishda shakllanmasligiga sabab bo‘ladi. Rag'batlantirish va jazolash usullarining anglangan tarzda birgalikda qo‘llanilishi optimal motivasiyani ta’minlagan holda bir tomondan ijobiy xususiyatlarning rivojlanishi uchun imkon yaratib beradi, ikkinchi tomondan salbiylarining yuzaga kelishiga to'sqinlik qiladi. Bolaning psixologik rivojlanishi uchun rag‘batlanishi va jazolanishi bir xil me’yorda stimul sifatida muhimdir: rag‘batlantirish ijobiy sifatlarning rivojlanishiga xizmat qilsa, jazolanish salbiy xususiyatlami korreksiyasiga yoki tuzatishga qaratiladi. Amaliyotda mos holatda har
ikkalovining qo‘llanilishi ta ’lim va tarbiya vazifalaridan kelib chiqqan tarzda o‘zgarishi lozim. Agar o‘quv-tarbiyaviy ishlard a shaxsning ijobiy sifatlarini shakllantirishga, yangi bilim , ko'nikma va malakalami egallashga qaratilgan kuch-quvvatni safarbar etish zarurati bo‘lsa, unda rag‘batlantirish usulini qo‘llash kerak bo‘ladi. Agar vazifa mavjud
kamchiliklarni tuzatish bilan bog‘liq bo‘lsa, ayniqsa, bola o‘z xulq-atvorini tuzatishga intilmasa yoki anglamasa, umuman bunga qarshilik ko‘rsatsa, jazolash usullarining bunday holda qo‘llanilishi o‘rinli bo‘ladi. Ammo, bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usi bo‘lsa, o‘z-o‘zini past baholashda hamda muvaffaqiyatga ishonchsizlikda rag‘batlantirish ustunlik qilishi kerak. O‘z-o‘zini baholash holati yuqori bo‘lganda, juda o'ziga ishongan taqdirda aksincha, jazolash usuli qo‘llaniladi. Ular o ‘rtasidagi moslik darajasi yosh bilan, bolani mustaqillikka intilishidagi e’tirozga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Qanchalik
e’tirozlar ko‘p bo‘lsa, bolaning o‘z xohish irodasi va istagida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklariga shunchalik qat’iy jazo qo‘llanilishi lozim. Vaholanki, bolalardagi mustaqillikka intilishdagi e’tirozlar o ‘smirlik davrida keskin namoyon bo‘la boshlar ekan, bu yoshda ularga bo‘lgan
munosabat qattiqqo‘llik bilan ifodalanishi kuzatiladi. Bolalarni tarbiyalash jarayonida rag‘batlantirish va jazolash usullarinin g xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi baholash pedagogik stimul bo‘lib xizmat qiladi: yaxshi baho rag‘batlantirishni bildiradi, yomon baho
esa jazolashni o‘taydi. Shuni inobatga olish kerakki, baholashning yuqori va past ko‘rsatkichlari har doim ham o‘rta ko‘rsatkichlar singari stimullashtiruvchi kuchga ega bo'lavermaydi. Masalan, muvaffaqiyatga erishuvchi stimul sifatida 5, 3 yoki 2, 1 baholar emas, balki ko‘pincha 4 baho bo‘ladi. Shuning uchun bola besh baho olgandan so‘ng,
qisman o‘z o‘qishini davom ettirish mohiyatini yo‘qotadi, chunki besh balli baholash tizimida beshdan yuqorisi bo‘lmaydi. Agar o ‘quvchi 4 baho oigan bo‘lsa, unda yanada yuqori baho, mazkur holda 5 bahoni olishga imkon va sharoit topadi. Juda ham past, 1 baho bolaning o‘z natijalarini yaxshilashga intilishini yo‘qotadi, sababi, bunday bahoni
ijobiy tomonga o ‘zgartirish m urakkab bo‘ladi. Odatda, o‘qituvchilar yuqori baholarni ,,qoniqarsiz“ga o ‘qigan o ‘quvchilarga qo‘ymaydilar. Uch baho sub’ektiv baho tarzida qabul qilinib, harakat qilingan taqdirda uni o‘zgartirish mum kin bo‘ladi. Optimal holat bo‘lib, besh
balli tizim sharoitida mazkur predmet bo‘yicha bolaning olgan bahosi bir ballga kam yoki yuqori ekanligi bo‘la oladi. Agarda u, asosan, uch yoki to ‘rt baho olayotgan bo‘lsa , unda uning uchun stimullashtiruvchi kuch sifatida 4 va 5 baholar b o ‘ladi, eng salbiy kuch bo‘lib esa, xavotir va his-hayajonni keltirib chiqaradigan hamda yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘riIash maqsadidagi 2 va 3 baholar hisoblanadi. Bolalarni stimullashtirish tizimida reaksiyalarning susayishi holati kuzatiladi, zero uning mohiyati ham isha ijobiy va salbiy stimullarni qo‘llanilishi bilan ulaming motivlashtiruvchi rolini yo'qotishida izohlanadi. Masalan,
bolalarni yuqori baholar shaklida doimiy rag‘batlantirish vaqt o‘tishi bilan ta ’sirchanlik xususiyati oldingidek ta’sir etmay qoladi. Ikkinchi tomondan, doimo past baholarni olish natijasida unga nisbatan kishida kam emosional xavotirlanish hissini oldingiga nisbatan yuzaga keltiradi va o‘zining motivlashtiruvchi ta’sirini yo‘qotadi. Vaqti-vaqti bilan ijobiy va salbiy stimullar xarakterini o‘zgartirib turish hamda ularga nisbatan to‘g‘ri ta’sir kuchini saqlay bilish kerak. Bolalaming o‘quv va tarbiyaviy faoliyatini stimullashtirish kompleks
xarakterga ega bo‘lishi kerak bo‘lib, mazkur vaqt davomida qanday qiziqish va ehtiyojlaming muhimligiga qarab ba’zan yoki qisman qo‘llaniladigan turli xil kuzgatuvchilar sistemasini o‘z ichiga olish lozim. Stimullashtirishning kompleksliligi bir vaqtning o‘zida turli xil: organik, moddiy, axloqiy, individual va ijtimoiy-psixologik stimullarni
qo‘llashni anglatadi. Organik stimullar bolalaming organik ehtiyojlarini qondirish bilan ifodalanadi. Moddiy stimullar bolalarga qiziqarli tuyulgan va o‘ziga jalb etuvchi
narsalarni o‘zi uchun qo‘lga kiritishda ifodalanadi. Axloqiy stimullar bolaning his-tuyg‘ulari hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog 'liq bo ‘lmaydi. Ular qatoriga topshirilgan mas’uliyatni bajarganligidan, boshqa kishilarga ko‘maklashganligidan, axloqiy
maqsad va qadriyatlarga m os tarzda amalga oshirgan xulq-atvoridan qoniqish hissini kiritish mumkin. Ijtimoiy-psixologik stimullarda shunday motivlar borki, ular bevosita insoniy munosabatlar tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularga, insonga nisbatan e’tiborning kuchliligiga, hurmat-izzatga yo‘naltirilgan, motivlar misol bo‘la oladi. Individual stimullar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini anglatadigan, uning uchun ahamiyat kasb etadigan,
shaxsiy manfaatni o ‘z ichiga olgan motivlar tashkil etadi. Turli xil stimullar ta’siri kishining xulq-atvoriga, vaziyatga asoslangan holda yuz beradi. Vaziyatga bog‘liq holdagi ta ’sir deganda, kishi tomonidan u yoki bu stimullarni qanday sharoitda sodir bo‘layotganligiga qarab, idrok etish va baholash tushuniladi. Bir stimulning o‘zi, masalan, yuqori yoki past baho muvaffaqiyatga erishish yo‘lida kishi uchun ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligiga
qarab, turlicha ta ’sir ko‘rsatadi. Agar inson hayotidagi biror-bir muhim voqealar yuqori baho olish bilan asoslansa demak, bunday baho muvaffaqiyatga undovchi kuchli stimul bo'lib qoladi. Agar bolaning hayoti va faoliyati unga bog'liq bo‘lmasa, baho uning uchun faoliyatga
undaydigan kuch sifatida bo‘la olmaydi.


Yüklə 41,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə