Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi


Ta’lim olayotgan shaxsga psixologik-pedagogik ta’sir etish



Yüklə 41,07 Kb.
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,07 Kb.
#157315
1   2   3   4
Pedagogik faoliyatda muloqot.

.Ta’lim olayotgan shaxsga psixologik-pedagogik ta’sir etish.
Pedagogik faoliyatda pedagoglarning psixologik-pedagogik bilimlari deyilganda, asosan, o`quv jarayonida hamda xizmat faoliyatida o`zining maxsus sohasiga xos bo`lgan psixologik va pedagogik bilimlarni egallashi ko`zda tutiladi. Shu bilan birgalikda pedagog shaxs va jamoa psixologiyasiga oid bilimlarni qay darajada egallaganligi, shuningdek, shaxs psixologiyasini o`rganishning metodlarini mukammal bilishlari
zarur. Muomala madaniyati pedagogni talabalar bilan muloqot o`rnatishida etnik qoidalarga rioya qilishini talab etadi va pedagogik aloqa o`rnatish uchun imkoniyat yaratib beradi.
Pedagogik aloqa esa o`z navbatida pedagogning talabalar bilan
bevosita aloqa o`rnatishi quyidagi sifatlarda namoyon bo`ladi;
— talabalar fikrini eshita bilish;
— talabalar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida o‘zida kamtarlik hissini namoyon qilish;
— muloqot jarayonida muomala madaniyatiga qat’iyan rioya qilish;
— muloqot jarayoni davomida suhbatdosh shaxsiyatiga tegmaslik;
— talabalarga samimiy tarzda maslahatlar berish.
Shu nuqtai nazardan pedagogik faoliyatda muloqot madaniyati bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ta’sir qilish xususiyati bo‘lib, uning mazmunida o‘zaro fikr almashish, kerakli bo‘lgan axborotlarni olish va jamlangan axborotlarni yetkazib berish holati o‘z aksini topgan. Shu bilan birga shaxslarga psixologik-pedagogik ta’sir qilish uchun kommunikativ vositalar yordamida o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda profilaktik va pedagogik aloqani rivojlantirish uchun qulaylik yaratishga imkon beradi. Muloqot jarayonida ular muayyan qiyinchiliklarga duch kelishlari ham mumkin. Shu ma’noda yuzaga keladigan bu qiyinchiliklarni pedagogik muomala madaniyatisiz hal qilib bo`lmaydi. Pedagoglarning muloqot jarayonida odob-axloq normalariga qat’iyan rioya qilishlari, shuningdek ular shaxs psixologiyasini, uning psixologik xususiyatlarini va psixik holatlarini yaxshi bilishlari zarur.
T a’lim sohasida mutaxassisning pedagogik faoliyatida pedagogik
muloqot texnikasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Psixotexnika (shaxsning o ‘z xatti-harakatlari, xulqi va psixologiyasiga o‘zgartirish kirita olishi) — psixik holatlaming o‘zgarishi
nazarda tutiladi.
2, Kasb, san’at va ijodiyot uyg‘unligi (turli vaziyatlardan ustalik
bilan chiqa olish);
3. M uloqotda shaxs xususiyatlarini inobatga olish.
Pedagogning pedagogik faoliyatida pedagogik muloqot asosan uch
bosqichdan iborat bo‘lib, bular:
— kommunikativ tayyoigarlik;
— pedagogik aloqa o ‘rnatish;
— pedagogik muloqotni boshqarishdir.
Ayrim mutaxassislar to ‘rtinchi bosqichni — bo‘Iib o‘tgan muloqot
tahlili va b o ‘lg‘usi muloqotni modellashtirish (rejalashtirish) bosqichini
ham ajratadilar. Pedagogning pedagogik muloqot madaniyati quyidagi
jarayonlar orqali amalga oshiriladi;
m uloqot madaniyatini bilish;
— m uloqot madaniyatini xizm at faoliyati davomida o ‘rganish;
— boshqa xodimJar m uomalasida muloqot madaniyatini kuzatish;
— kommunikativ ta’sir etishi jarayoni va boshqalar.
Pedagogik muloqot madaniyatini bilish va uni faoliyat davomida
o ‘rganish pedagogik aloqa bilan bogliq holda bo‘lib, tarbiyaviy-profilaktik
vazifalami hal qilishda eng qulay va eng optimal variant hisoblanadi.
Pedagogik aloqa o‘m atishda esa, pedagog bilan ta ’lim olayotgan
shaxs o ‘rtasida o‘zaro tushunish, bir-biri bilan ijobiy emosional
m unosabatda bo'lish xususiyatlarining namoyon bo‘lishi ham da o‘zaro
ishonch munosabatlarining o‘m atilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik aloqa o ‘matishning asosiy usullariga esa quyidagilami
kiritish mumkin:
— pedagogning namuna ko‘rsatishi;
— pedagogning pedagogik m uloqotga jalb qila bilishi;
— auditoriyani qiziqtira olishi;
— tinglovchilarda ijobiy emosional holatni hosil qila bilishi.
Kommunikativ ta ’sir etish texnikasi
Kom m unikativ ta’sir etish texnikasi pedagogik m uloqot jarayonida m uhim ahamiyat kasb etadi. U pedagogik aloqa o ‘rnatish
bosqichida va m a’ruza jarayonida muloqotning amalga oshishi vaqtida yuzaga keladi. Bizga ma’lumki, muomalaning nutqli va nutqsiz vositalari mavjud bo‘lib, bular shaxslararo bo‘ladigan munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.
Nutqli ta’sir etish texnikasining elementlariga quyidagilar kiradi:
— ovoz vositalariga ega bo‘lish, ya’ni talaffuz va pauza saqlash
hamda nutqning mazmuniga e’tibor berish;
— ichki yashirin dialogik nutq usuli orqali fikr yuritish;
nutqni mantiqiy tuzish usuli;
— nutqning mantiqiy mazmuniga diqqatni qaratish usuli;
— nutqning obrazliligi;
— nutqning ifodali ravishda aks ettirilishi;
— savollar qo`yish, ishontirish, asoslash texnikasi;
— o‘rinli hazil-mutoyiba ishlatish.
Nutqsiz ta’sir etish texnikasi:
— qarash;
— mimika;
— imo-ishoralar;
shaxslarning tana harakatlari;
— kommunikativ fazoni dars jarayonida idrok qilish usuli;
— pedagogik muomala tarzini o‘zgartirish usuli:
Pedagogning pedagogik madaniyati bilan bir qatorda, uning
intellektual potensiallari (imkoniyatlari) ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki, pedagogik faoliyati jarayonida kompleks ishlarni amalga oshirishda pedagogning aqliy qobiliyati vazifaning qay darajada bajarilishini belgilab beradi.

Xulosa:
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. O‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolishni, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko`rsatib o‘tishi lozim. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda ko‘pincha noto‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi. O`qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali bo`lishini ta’minlaydi. O`quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar. O‘tkazilgan tajribalar o‘quvchilar hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. O`qituvchi o`quv jarayonining emotsional tomoni haqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirishi lozim. Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https/fayllar.org/pedagogic faoliyatda muloqot
2. “Psixologiya” B.M.Umarov
“voris-nashriyot” Toshkent-2012
3. https:/uz.wikipediya.org-pedagogik faoliyatda muloqot
4. Internet ma’lumotlari
Yüklə 41,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə