Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi


Pedagogik jamoadagi o`zaro munosabatlar psixologiyasi



Yüklə 41,07 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,07 Kb.
#157315
1   2   3   4
Pedagogik faoliyatda muloqot.

Pedagogik jamoadagi o`zaro munosabatlar psixologiyasi.
Psixologlar pedagogik jamoa ruhiy muhitining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagi ko'rsatkichlami ajratib ko‘rsatadi!ar:
• jamoa a’zolarining o 'zaro munosabatlaridan, mehnat jarayonidan, rahbarlikdan qanoatlanganligi;
• qanday kayfiyatning ustunligi;
• rahbar va ular qo‘l ostidagilaming bir-birini o‘zaro tushunishi;
• jamoani boshqarish va o‘zini o‘zi boshqarishda jamoa a’zolarining ishtirok etish darajasi;
• uyushqoqlik, ongli intizom, ishning unumdorligi. Bu har qanday jamoaga, shu jumladan pedagogik jamoaga ham taalluqlidir. To‘g‘ri, bolalar jamoalarining ruhiy muhiti o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Pedagogik jamoaning asosiy belgilari:
• Ichki, ishonchli xotiijam likning nomoyon bo‘lishi, doimiy tetiklik, harakat qilishga tayyorlik. Jamoa har bir a’zosida o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usining mavjudligi, o‘z jamoasi bilan faxrlanish.
• Jamoaning birligi, uning a’zolarining do‘stona birlashishi. Ichki munosabatlarda ayrim tarbiyalanuvchilami tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin bunday ta ’sir ko‘rsatishning maxsus shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho berish, uni begonalar
oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor yetkazmaslik.
• Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi. H ar bir tarbiyalanuvchi, u qanchalik zaif, kuchsiz bo‘lmasin, o‘zining yakkaligi yoki himoyasizligini his etmasligi kerak.
• Jamoa barcha a’zolarining oqilona va foydali faolligi.
• Harakatlarda va so'zlarda o‘zini tuta bilish.
Pedagogik jamoaning shaxsga ta ’siri samaradorligi shaxsning jamoadagi kayfiyati bilan belgilanadi. Bunga quyidagilar kiradi: shaxsning faoliyat, o‘zaro munosabatlar, rahbarlikdan qoniqish, shaxsning mazkur jamoadagi himoyalanganligi, uning ichki xotirjamligi. Bularning
hammasi hissiy behbudlik atamasi bilan ta’riflanadi va u bola shaxsi rivojlanishining uni hayotidagi ilk bosqichlaridanoq majburiy sharti hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, ruhiy muhitning mohiyati shundan iboratki, jamoada tarkib topgan o‘zaro munosabatlar jamoa a’zolarining qadriyatlari, axloq normalari va manfaatlari bilan belgilanadigan alohida hissiy-ruhiy tusga ega bo‘ladi. Har bir shaxs faolligi darajasi jamoaning shaxsga ta ’siri singari shaxs ushbu jamoada hissiy behbudlikni qanchalik boshidan kechirishi bilan belagilanadi. Demak, har bir shaxs kamolotining va butun jamoaning yuqori ishchanlik qobiliyatini rag‘batlantiruvchi ruhiy muhitni tashkil etayotganda, guruh a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlarni va unda hukmron bo'lgan qadriyatlami tartibga solishdan boshlash kerak. Pedagogik jamoada o‘zaro munosabatlarning rasmiy va norasmiy tuzilishlari ajratilib ko‘rsatiladi. Bu yerda har ikki tuzilish shaxs jamoada egallashi mumkin bo‘lgan nuqtai nazardangina qarab chiqiladi. Munosabatlarning rasmiy tuzilmasi — bu tashqaridan, jamiyat
tomonidan berilgan va ushbu jamoa faoliyat ko‘rsatishi zarur bo‘lgan holatlar (pozisiya) sistemasidir. Norasmiy shaxslararo munosabatlar sistemasida holatlar har bir o‘quvchining o‘ziga xosligi va ushbu sinfning xususiyatlari bilan belgilanadi. Boshlang‘ich o‘quv maskanidayoq bolalaming sinf jamoasida muayyan, ularni jalb etuvchi holat (pozisiya)ni, ya’ni yetakchi, eng yaxshi o‘quvchi, eng yaxshi sportchi va hokazo holatlarni egallashga
intilish kuzatiladi. Ijtimoiy holat ikki o‘lchov: shaxsning ijtimoiy xulq-atvori va atrofdagilarning ijtimoiy umidi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy xulq-atvor — bu real xatti-harakatlar bo‘lib, ular tufayli odam o‘zini istalgan rolda qaror toptiradi. Ijtimoiy umidlar — bu atrofdagilaming ushbu odam holatiga munosabatidir. Agar kimdir o‘zini mazkur holatda qaror toptirgan bo‘lsa, atrofdagilar uni bu holatga „bog‘lab qo‘ygandek“ bo ‘ladilar. O‘quvchilar yuqori sinfga o‘tgani sayin o‘z ijtimoiy holatlarini odatda bilibgina qolmasdan, shu bilan birga ko‘pincha ulami o‘zgartirishga ham intiladilar. To‘g‘ri, tarkib topgan ijtimoiy umidlar bunga xalaqit beradi. Ijtimoiy umidlar barqaror bo‘lganligi uchun o‘smir vaqtini o‘tkazib yuborgan holatni o'quvchining o‘zi o‘zgartirishi qiyin bo'ladi, bu yerda pedagogning yordami kerak. Pedagogik jamoa ichki holatlari orasida peshqadam, yetakchining holati alohida o‘rin turadi. Bu guruh oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi bilan bog‘liqdir. Aynan peshqadamlar jamoaning normalari va qadriyatlarini belgilaydi. Peshqadam o‘z holatining obro‘ligi bilan o‘z fikrini o‘tkazish uchun katta imkoniyatlarga ega. Bolalar peshqadam o‘quvchilarga ishonganlari uchun ham ularga taqlid qiladilar. Jamoadagi psixologik muhit ko‘p jihatdan kim peshqadamligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayondagi nizolar va uni oldini olishning psixologik masalalari.
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish pedagogik jamoadagi psixologik muhitni emosional yaxshilashga qaratilganligi, hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirishni ta’minlash garovi ekanligi hech kimga sir emas. Shu boisdan pedagogik faoliyatdagi, va
umuman, nizolar haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi. Nizolami buzg‘unchilik oqibatlarini muvaffaqiyatli hal etish ularni atroflicha o‘rganishni talab etadi. Bunga esa jamoani yuqori darajada rivojlanganligi va iliq ijtimoiy psixologik muhitga ega bo‘lishi orqali erishiladi. Dastlabki nizo haqidagi konsepsiyalar XIX-XX asrlarda vujudga kelib, asosiy nizo va uning yechimlarini topish yo‘llari bo‘yicha qo‘yilgan
qadamlar o‘tgan asrning oxirlarida salmoqli o‘rin tutadi. Bugungi kunda psixologiya va ijtimoiy psixologiyada V.O. Ageev (1990), A.A. Bodalev (1983), V.I. Juravlev (1983), N .N. Obozov (1979), I.A. Kon (1997), Ya.A. Ansupov, A.I. Shipilov (2000), F.M .Borodkin (1989), A.K. Zaysev (1992, 1993), A.G. Zdravomislov (1995) va shu kabi boshqalarning tadqiqotlarida nizoning nazariy asoslari yoritiladi. Nizo (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ,,to‘qnashish“) — maqsad, qiziqish, pozitsiyalar, fikrlar, qarashlar, kishilarning o'zaro ta’sirlashuvidagi qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha to ‘qnashishlardan iborat. Jamoadagi nizoning tabiatini yoritishdan oldin uning ikkita xarakterli jihatini inobatga olishimizga to‘g‘ri keladi. Birinchisi — nizo va ikkinchisi nizoli vaziyatdir. Ko‘pgina adabiyotlar tahlili asosida nizo bilan nizoli vaziyat ajratib turuvchi quyidagi formulani e’tiborga olish
muhim deb hisoblaymiz:
Nizo + Muammo + Nizoli vaziyat + Nizo ishtirokchilari + Insident. Bundan ko‘rinayaptiki, nizo — nizoli vaziyat va u bilan bog‘liq boshqa bir qator ahamiyatga ega elementlarni birlashtirishining guvohi bo‘lish mumkin. Pedagogik jamoadagi nizolarni tahlil etish va ularni hal etish zarurati tug‘ilganda nizo tarkibidagi har bir elementni aniq baholashga to ‘g‘ri keladi. Nizolarni vujudga kelishi va uni oldini olishda yuqorida taqdim qilingan formulaga alohida e ’tibor qaratish ma’qul. Psixologik muhit guruhiy manfaatlarni qondirish, shaxslararo va guruhiy nizolarni hal etishdagi amalga oshirilayotgan muloqotda vujudga
keladi va namoyon bo‘ladi. Shu bois ushbu munosabatlar tafovutli xarakterga egaki, ular
ba’zan do‘stona, hamkorlik, musobaqa yoki raqobat, hamjihatli yoki uyaltirib qo'yish, qo‘pollik yoki ongli tartib-intizom tarzida gavdalanadi. Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, ta ’lim oluvchilaming o‘zaro ta’sirlashuvi ko‘pchilik holatlarda to‘rtta asosiy ta’sir ko‘rsatish usuli orqali amalga oshiriladi: e’tiqod, taqlid,
ta’sir, majburlash. Ta’kidlab o'tilgan usullardan ham ma’lumki, pedagogik jamoadagi
o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv formalarida ham ular o‘z aksini topishi tabiiy. Chunki, ba’zi holatlarda, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan topshiriq va vazifalarning berilishi ta ’lim oluvchilaming dunyoqarashiga mos kelish va kelmasligiga qarab nizoli holatlami vujudga kelishi tabiiydir. Agar o‘qituvchi shaxsi pedagogik jamaoda yetarlicha mavqeiga ega bo‘lgan sharoitda beriladigan vazifa va topshiriqlarning bajarilish tartibi ta’sir ko‘rsatishning e’tiqod darajasini namoyon qilishi mumkin. Ishonch va nufuzning yo‘qolishi, yetkazilayotgan ma’lumotlarning to‘laqonligi va aniqligi, muloqot jarayonlarida shubhaning paydo bo‘lishi va boshqalar ham aynan nizoli vaziyatlarni jamoada kechishiga zamin hozirlaydi. Nizo to‘g‘risidagi odatiy tasavvurlar ma’lum maxsus tadqiqotlar
tomonidan salbiy ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. M .Doychning ishlarida nizolar nazariy jihatdan tahlil qilinib, ular ikkita turga ajratiladi: destruktiv va produktiv.
Destruktiv nizoni aniqlash kundalik tasavvurlar bilan mos keladi. Aynan bu tipdagi nizo o‘zaro ta’sirlashuvda xilma-xillikni va fikrlarning toptalishiga olib keladi. Destruktiv nizo ko'pincha sababga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsning stressga tushishiga olib keladi. Uning uchun o‘ziga xos belgilar nizo sodir bo‘lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning nizoli harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy ustanovkaga egaliklari va bildirilayotgan fikrlarning keskinligi belgilaydi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda opponentning sifat va xislatlarini, o‘zaro ta’sirlashuv vaziyatlarini noto‘g‘ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o‘ta ortib ketishi nazarda tutiladi. Bu tipdagi nizolarni hal etish ancha murakkab bo‘lib, yagona yo‘li ancha qiyinchilik bilan erishiladigan murosa (kompromiss) hisoblanadi.
Produktiv nizoni muammo va uning yechish yuzasidan nuqtai nazarlardagi tafovutlar va shaxslar o‘rtasidagi hamjihatlikning yo‘qligi keltirib chiqaradi. Bunday holda nizo muammoni atroflicha tushunishni, sheriklar motivasiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini taqozo etadi. Nizo o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir. Nizo bu keng ma’noda va tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’noda nizo — bu jamiyatdagi yangi va eski qarashlar o‘rtasidagi kurash deb qaraladi. Tor ma’nodagi nizo — bu bir muammoni yechishdagi har bir shaxsning o‘z fikrini qattiq turib himoya qilishida yuzaga keladi.
Nizo ijtimoiy psixologiyada qanday tushuniladi? Muomalaning buzilishi yoki psixologik jihatdan ichki ruhiy kelishmovchilikdir. Buni olimlar har sohada har xil tushunishadi. Masalan: G. Kovalev nizoga shunday ta’rif beradi: „Nizo insonlar o ‘rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalami yechishda vujudga keladigan holat, lekin har qanday qarshilik bu nizo bo‘lavermaydi. Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi va o‘zaro bahslashishi mumkin, har biri o‘z fikrida qoladi, lekin baribir kelishib ishlashga ko'p hollarda majbur bo‘ladi, qarama-qarshilik, ba’zan yoqtirmaslik, emotsiya, tushunmaslik, ko‘ra bilmaslik
va boshqa sabablar nizoning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Nizo nafaqat qarama-qarshilik, shuningdek, o‘ziga xos kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham bunday holatda o‘zlarini haq deb bilishadi va o‘zaro kurashadi. Nizo bu qarama-qarshi dunyoqarashlar negizida yuzaga keladi. Nizoni albatta yechish kerak, chunki bu siz hayot me’yorida davom etmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimizni tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan biz shunday ta ’rif beramiz: „N izo — bu shaxslardagi qarashlar, qiziqishlar o‘rtasida qarama-qarshilik natijasida yuzaga kelgan psixologik holat bo‘lib, bu faqat shaxslarning bir-biri bilan hamkorlik jarayonida yuzaga keladi“ .


Yüklə 41,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə