Chirchiq davlat pedagogika universiteti


KIRISH Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 116,99 Kb.
səhifə2/18
tarix29.11.2023
ölçüsü116,99 Kb.
#139603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Olmoshning morfologik belgi xususiyati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ham o‘zining “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarida yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida urg‘u berib, shunday deb yozadi: “Eng muhimi, zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib keloyatgani barchamizni quvontiradi.1
Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi.
Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, so‘z turkumlari tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va va nafaqat olmosh so‘z turkumi balki morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ona tilini o‘qitish sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan M.Asqarova, A.G’ulomov, Y.Abdullaev,
M.Omilxonova, K.Qosimova, H.Zahirov, A.Po‘latov, A.Mirzaev, O.Roziqov,
Mazkur ishlardagi tavsiyalardan bugungi kunda ham maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili darslarini tashkil etishda zaruriy dasturulamal sifatida unumli qo‘llanilmoqda. Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida olmosh so‘z turkumini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Ular tomonidan yaratilgan dissertatsiyalarda, monografiyalarda, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarda, davriy nashrlarda chop etilgan maqola va tezislarda bu masalaga juda ko‘p marotaba qo‘l urilgan. Ularni o‘rganish va tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu bo‘lim mavzularini o‘qitish masalasiga nafaqat bugungi kunda, balki uzoq davrlardan buyon dolzarb mavzu sifatida e’tibor qaratilib kelinayotganligini guvohi bo‘lamiz, chunki bu bo‘limni o‘rganishda grammatik bilim berishgina emas, balki tilimizning so‘z boyliklari orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ularda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin va ravon bayon qila olish malakalarini shakllantirish muammolari birinchi planga chiqadi. Ana shunday mazmundagi ishlarga A.G‘ulomov va B.Qobilovaning “Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari: O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma” kitobini2, Sh.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’anaviy usullar va komputerdan foydalanish)” mavzusidagi nomzodlik34 va “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari”5 mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini, B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadovalarning “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini,6 M.Saidovning “O‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi”gi nomzodlik dissertatsiyasini7, M.Omilxonova, Y.Abdullayev, R.Abdulahatova, R.Inog‘omova, A.Orifjonovlarning “5- va 6sinf-da ona tili darslari” metodik qo‘llanmasini,8 T.Mirzaqulovning “Grammatika o‘qitishning lingvistik asoslari” kitobini,9 N.Yo‘ldoshevaning “Umumo‘rta ta’lim maktablarida sinonimlarni yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini,10 T.Ziyodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini,11 A.Bobomurodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘yintopishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini12 asos sifatida keltirish mumkin.
Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy tadqiqotlardan biri bu Sh.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)”13 nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “Aqliy hujum” metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tilgan darslardan namunalar va ularni tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Sh.Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari”14 nomli doktorlik dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarga falsafiy fikrlashga o‘rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlashga emas, balki amaliyotda o‘rgatish, nostandart tafakkur qilish, rang-barang fikrlar berishga odatlantirish emas, uni ta’limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydi. Metodist o‘z ishida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan bo’lib, o‘quvchi tafakkurini o‘stirishda
“Aqliy hujum”, “Bu bizniki” metodlarini qo‘llash yaxshi samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘yin darslaridir. Ona tili darslarida o‘yin turlaridan foydalanish masalasi metodist A.Bobomurodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan.15 U o‘z ishida ona tilining har bir bo‘limini o‘rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’limiy (didaktik) o‘yintopshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi va buning yo‘llarini ko‘rsatgan. O‘yin usulida darsni yoki darsning ma’lum bir bosqichini tashkil etish, albatta, o‘z-o‘zidan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga undaydigan ta’lim usuli hisoblanadi. A.Bobomurodova ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘yinlarning kamchilik tomoni borligini eslatadi: «Qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlar o‘quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish o‘quvchiga katta murakkablik tug‘dirmaydi, oldin o‘rganilgan mavzular va muayyan bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin»16. Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, ko‘nikma va malakalar yaxshi egallangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchi o‘zi unutgan narsalarini xotiraga tushirish haqida o‘ylashi, biror yo‘l bilan o‘qib olishi, sinfdoshlaridan eshitib bo‘lsa ham, bila borishi darkor.
Kurs ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va Adabiyoti Universiteti “O‘zbek tili va uni o‘qitish ” “2017–2018-yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki” istiqbolli rejasi asosida amalga oshirildi.

Yüklə 116,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə