Chizmachilik lotin 2019. indd


K I R I S H http://eduportal.uz



Yüklə 5,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/58
tarix23.05.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#112278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
chizmachilik 9 uzb

K I R I S H
http://eduportal.uz


4
koni tug‘iladi. 9-sinfda ba’zi chizmalarni kompyuterdagi uskunalar majmuasi 
yordamida chizishni mashq qilasizlar.
Lekin kompyuterda standart talabidagi muhandislik chizmalarini baja-
rishda «grafi k savodxonlik» iste’dod mavjud bo‘lishi lozim. Yuksak savi-
yali muhandis yuqori aniqlikdagi grafi k ishlar, mashinasozlik chizmalarni
bajarishi mumkin.
O‘quvchilar! Chizmachilik fanidan olayotgan bilimlaringizni hozirda yur-
timizga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning chizmala-
rini ilmiy tadqiq qilib, bobokalon alloma olimlarimiz kashf etgan ilmlar 
VII–X asrda Yevropa fani rivojlanishiga turtki bo‘lgani kabi, sizlar ham 
loyihalash va konstruksiyalash asoslarini zabt etib, yuqori milliy texnika va 
texnologiyalarni yarating.
l-§. 8-SINFDA CHIZMACHILIKDAN OLINGAN
BILIMLARNI QISQACHA TAKRORLASH VA
UMUMLASHTIRISH
Detalning tasvirini chizishda uning ko‘rinishlari sonini kamaytirish maq-
sadida barcha shartlilik va soddalashtirishlardan foydalaniladi.
Quyida 8-sinfda o‘tilgan ba’zi mavzularni qisqacha takrorlash maqsadida 
mashqlar berilgan. Ushbu berilgan mashq (yoki shunga o‘xshash) model-
lardan birortasining eskizini (1.1-chizma), chapdan ko‘rinishini (1.2-chizma) 
va texnik rasmini hamda detal qanday geometrik jismlardan tashkil topgan-
ligini (1.3-chizma) tahlil qilishni takrorlagandan keyin, o‘quvchilar o‘zlari 
o‘qituvchi nazoratida istagan variantni mustaqil bajarishlari lozim.
1. Detalning asli (yaqqol tasviri)ga qarab uning kerakli ko‘rinishlarini chizing va 
boshqa detalning eskizini bajaring (1.1-chizma).
2. Detalning berilgan ko‘rinishlarini ko‘chirib chizing va chapdan ko‘ri 
nishini 
aniqlang va texnik rasmini bajaring(1.2-chizma).
3. Detal qanday geometrik jismlardan tuzilganligini tahlil qiling va har bir jismni 
turli ranglarga bo‘yab chiqing (1.3-chizma).
Mashqlar bajarilgandan keyin 8-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalar umum-
lashtiriladi. O‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar 
chizib ko‘rsatiladi hamda ko‘rgazmali qurollar yordamida tushuntiriladi.
9-sinfda bunday xatolar takrorlanmasligi uchun o‘quvchilar bilan savol-
javob orqali o‘tilgan mavzularni mustahkamlab borish lozim.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə