Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Inqilobning yakunlanishi. Angliyaning konstitutsion monarxiyaga



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Inqilobning yakunlanishi. Angliyaning konstitutsion monarxiyaga
aylanishi.
Parlamentning qarori bilan Angliyada qirollik hokimiyati va
lordlar palatasi bekor qilindi. 
1649-yili 19-may
kuni Angliya Res-
publika deb e’lon qilindi.
Bu paytga kelib, O. Kromvel boshchiligidagi inqilobiy armiya
Irlandiyani bo‘ysundirish uchun bu yerga bostirib kirdi. Bosqin jara-
yonida Irlandiya aholisining katta qismi halok bo‘ldi. O. Kromvelning
inqilobiy armiyasi shu tarzda bosqinchi armiyaga aylandi. Bu armiya
Irlandiyadan so‘ng Shotlandiyaga ham bostirib kirdi. Shiddatli jang-
lardan so‘ng mag‘lub bo‘lgan Shotlandiyaning mustaqilligi tugatildi.
Shundan so‘ng eski parlament tarqatib yuborildi. Mamlakatda
O. Kromvel protektorati (
protektor
– homiy, himoyachi) o‘rnatildi.
Ijro hokimiyati to‘liq protektor qo‘liga o‘tdi.
1688-yilgi «Sharafli inqilob».
Kromvelning o‘limidan so‘ng
1660-yili taxtga kelgan Karl II mutlaq hukmronlikka bo‘lgan da’vo-
sidan voz kechmadi. Uning vorisi Yakov II esa katolik dinini qayta
tiklash uchun harakat boshladi. Shundan so‘ng 1688-yili parlament
Yakov II ni taxtdan mahrum qildi va Angliya taxtiga Gollandiya
hukmdori shahzoda Villem van Oranyeni taklif etdi. U parlament
qo‘ygan talablar asosida taxtga o‘tirdi. Shu davrdan boshlab, eng mu-
him masalalarni qirol emas, parlament hal qiladigan bo‘ldi. Qirol
hokimiyati parlament tomonidan cheklandi. Shu tariqa Angliyada
cheklangan yoki konstitutsion monarxiya
o‘rnatildi. Bu Angliya ta-
rixida 
«Sharafli inqilob»
nomini oldi.

1643-yilning oxiri ...

Jon Lilbern faoliyati ...

1649-yili 19-may ...

1688-yili ...
Angliya burjua inqilobining natijalari va tarixiy ahamiyati.
Angliya
burjua inqilobi absolutizmni yo‘q qildi. Inqilob feodal mulkchilikka
zarba berdi, ammo tugallanmay qoldi, chunki dehqonlarni yerning
to‘liq egalariga aylantirmadi va ularni feodal qaramlikdan ozod
qilmadi.
Shunday bo‘lsa-da, inqilob Angliyada kapitalistik munosabatlar-
ning keyingi rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inqilob
natijasida qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar tez rivoj-
lana boshladi, sanoat to‘ntarishi boshlandi.
Jamiyatda ham o‘zgarish ro‘y berdi – sanoat burjuaziyasi va ish-
chilar sinfi rivojlana bordi.
http://eduportal.uz


33

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə