Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

XVIII asrda Angliya.
 
XVIII asrda hokimiyat to‘laligicha ikki pala-
ta – lordlar palatasi va jamoa palatasidan iborat parlament qo‘li-
da edi.
1707-yili
parlament Angliya bilan Shotlandiya o‘rtasidagi uniya
(ittifoq)ni qonuniylashtirdi. Endi mamlakat 
Buyuk Britaniya
deb atala
boshlandi.
1714-yili
Angliya taxtida turgan oranyelar sulolasining oxirgi
vakili vafot etdi. 1701-yili qabul qilingan «Taxt vorisligi to‘g‘risida
bill»ga asoslanib, parlament gannoverlik nemis knyazlari sulolasidan,
Yakov I ning ajdodi Georg I ni Angliya taxtiga taklif qiladi. Ganno-
verliklar protestantlar edi va ingliz taxtini XVIII asrdan e’tiboran, to
XIX asr boshlarigacha egallab turdilar. Butun XVIII asr davomida
Buyuk Britaniya Fransiya bilan bo‘lgan shiddatli kurashlar jarayonida
Shimoliy Amerikani, Hindistonni, Afrikadagi ko‘plab hududlarni
egallab oldi va shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik im-
periyasiga asos soldi. Angliya «dengizlar hukmroni»ga aylandi.
Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa
boshladi. Angliya burjua inqilobi va uning g‘oyalari boshqa Yevropa
mamlakatlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob e’lon qilgan
siyosiy tamoyillar va o‘rnatgan iqtisodiy tartib yangi industrial si-
vilizatsiyaga asos soldi.
Absolutizm 
– bu davlatni boshqarish shakli. Unda monarx hokimiyati mutlaqo
cheklanmagan.
Puritanlar
– XVI asrning ikkinchi yarmida kalvinizm asosida Angliyada
shakllangan xristian dini mazhablaridan biri.
Lordlar palatasi 
– Angliya parlamentining yuqori palatasi.
Kromvel protektorati
– (
protektor
– homiy, himoyachi) Angliya burjua inqilo-
bining yakunlovchi bosqichi. Bu davrda Angliya, Shotlandiya va Irlandiya hukmdori –
protektori Oliver Kromvel bo‘lgan.
1. Absolutizm Angliya tarixida qaysi asrda shakllandi?
2. Angliya tarixida tyudorlar sulolasi vakillari qanday ishlarni amalga oshirdilar?
3. Angliya burjua inqilobi boshlanishining asosiy sabablari nimalardan iborat?
4. Angliya tarixida O. Kromvel qanday o‘rin tutadi?

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə