Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

1795-yilgi xalq qo‘zg‘oloni.
Òermidorchilar (fransuz kalendaridagi
termidor oyining 9-kuni hokimiyatga kelganlar shunday ataldi) mulk
va erkin tadbirkorlikni himoya qiladigan respublika tarafdori edi. Ular
savdodagi cheklashlarni bekor qildi. Savdo erkinligi boshlandi, narxlar
bir necha bor ko‘tarilib ketdi, pul keskin qadrsizlandi.
Fransiya qaysi asrdan boshlab yagona markaziy hokimiyatga bo‘ysundirildi?
Mehnatkash xalq och qolayotgan bo‘lsa, «yangi boylar» o‘tayotgan
vaqtni boy bermaslikka va hayot zavqini surishga oshiqardi. Burjua
jamiyatining yuqori qatlamida asilzodalar axloqi qayta tug‘ila bosh-
ladi.
Inqilobiy o‘zgarishlar davri tugadi.
 
Konvent deputatlarini endi
xalqning ahvoli qiziqtirmas edi. Parijliklar Konvent ishiga ta’sir ko‘r-
satishga urinib ko‘rdi. Parij atrofida norozilik kuchayib bordi. Aholi
orasida «Xalq, uyg‘on! Payt keldi!», degan shiorlar tarqaldi.
Shu tariqa 
1795-yil aprelda
qo‘zg‘olon boshlandi. Minglab qurolsiz
kishilar Konvent tomon kelishdi. Kechga borib, Milliy gvardiya Kon-
ventni o‘rab olib, xalqni quvib yubordi. Parij qamal holatida deb e’lon
qilindi. May oyida bu voqealar takrorlanib, qo‘zg‘olonchilar Kon-
ventni egallab oldi. Odamlar oqimi barcha binolarni to‘ldirib yubordi.
Ikki kun davomida g‘azab alangasi avj oldi. Ikkinchi kun oxiriga kelib,
qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi va qurolsizlantirildi, ularning yo‘l-
boshchilari – so‘nggi yakobinchilar gilotinada qatl qilindi. Ko‘plar
qamoqqa tashlandi, surgun qilindi. Bu qo‘zg‘olon Buyuk fransuz inqi-
lobi davrida aholining so‘nggi ommaviy chiqishi edi.
1795-yilgi Konstitutsiya va Direktoriya.
1795-yilning avgustida
Konvent yangi Konstitutsiyani qabul qildi, u Fransiyada Respublika
tuzumini mustahkamladi, lekin umumiy saylov huquqini bekor qildi.
Endi qonunchilik hokimiyati ikki palatadan – Besh yuzlar kengashi
va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik palatasiga
http://eduportal.uz


43
berildi. Ijro hokimiyati Oqsoqollar kengashi tayinlaydigan besh kishi-
dan iborat Direktoriyaga topshirildi. Shu bilan birga, 1795-yilgi
Konstitutsiya inqilobning barcha antifeodal yutuqlarining qonuniy-
ligini tasdiqladi.

1795-yil aprelda ...

1795-yilning avgustida ...

«Xalq, uyg‘on! Payt keldi!» – ...
Yangi Konstitutsiya monarxiya tarafdorlarini kuchaytirib yubordi.
Ular Konventga qarshi isyon ko‘tardi. Artilleriya yordamida isyon-
chilarni tor-mor qilgan general Napoleon Bonapart Konventning xa-
loskoriga aylandi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə